Demon, ham koʻngli poku ham koʻzi pok,
Tili poku soʻzi poku oʻzi pok.
Muningdek tiynati pokiga loyiq,
Duosin aytibon poki xaloyiq.
Aning sori sovugʻ yel essa nogoh,
Chekib Chin mulkining xalqi sovugʻ oh.
Qilib el xonumon oning fidosi,
Ne xonumonki, jon oning fidosi.
Ato yuzlanmasun deb dardu ranje,
Yetib har kun boshigʻa sadqa ganje.
Vale bir zarra dard oʻlgʻoch radidor
Boʻlub ul ganjlar birla xaridor.
Asiri dard ichi-yu toshi oning
Ki, to oʻn toʻrt boʻldi yoshi oning.
Ketur, soqiy, sharobi dardrarvard
Ki, boʻldi koʻnglumiz rarvardai dard.
Boshimgʻa dard chekmastin burun tigʻ,
Bu dam bazmi nishoti aylagil bigʻ.
[XIV] Farhodning shabob gulshanidakim, tarab gulbunining nishot gullari ochmoq mahali durur, dard
xorlari koʻrguzmoki va bulbuldek shavq oʻti xorxoridin figʻon tuzmoki va xoqon bu ishtin
gʻunchadek diltang boʻlib, aning chorasi uchun toʻrt bogʻ tarhin solgʻoni va toʻrt qasr bino
qilgʻonikim, shoyad bu bogʻlardin maqsud guli torilgʻay va ul qasrlardin murod eshigi ochilgʻay.
Muhandiskim bu qasr obod qildi,
Bu yangligʻ tarhini bunyod qildi.
Ki chun xoqongʻa ul kom oʻldi hosil,
Tarab bazmida orom oʻldi hosil.
Shabistonida ul sham’ oʻldi ravshan
Ki, bazmi gullaridin boʻldi gulshan.
Necha ul sham’ bor erdi dilafroʻz.
Vale koʻp shu’la tortar erdi jonsoʻz.
Oʻti gohi chekar erdi zabona,
Boʻlub gohi sirishkim yuzda dona.
Yuziga ishq har dam deb nihoni
Ki, qilgʻumdur bu gulni za’faroniy.
Qadigʻa gʻam yuki deb roz har dam
Ki, qilgʻum bu «alif»ni «dol»dek xam.
Koʻziga aytibon afsona qaygʻu
Ki, bir kun ikisidin olgʻum uyqu.
Boqib koʻngligau tahdid etib dard
Ki, bu evdin chiqorgʻum oqibat gard.
Ne ishkim charx etar izhorin oning,
Burunroq koʻrguzur osorin oning.
Isitmoq chun sharorat zohir aylar,
Badanda ul harorat zohir aylar.
Chu yafrogʻni toʻkar bodi xazoniy
Burun rangini aylar za’faroniy.
Angakim bir balo yetkursa taqdir,
Yetar avvalroq ahvoligʻa tagʻyir.