Farmakologiya fanining boshqa fanlar bilan bog‘liqligi



Yüklə 18,33 Kb.
tarix20.09.2023
ölçüsü18,33 Kb.
#145760
1 ФЯ (1)



1-Mavzu: Farmakologiya tarixi, ahamiyati. Dori vositalari xaqida tushuncha. Dorilarning boshqa omillar bilan uzaro munosabati. Dorilarni dozalash.
Reja:
1.1 Farmakologiya fanining boshqa fanlar bilan bog‘liqligi.
1.2.Dori vositalari xaqida tushuncha. Dorilarning boshqa omillar bilan uzaro munosabati.
1.3.Dorilarni dozalash.
Tayanch iboralar: Farmakologiya,dori vositalari, doza

1.1Farmakologiya fanining boshqa fanlar bilan bog‘liqligi.


Farmakologiya tibbiy-biologik fan bo`lib, tibbiyot va farmatsiya bo`yicha mutaxassislarni tayyorlashda asosiy fanlardan biri xisoblanadi.
Farmakologiya lotincha so`zlardan olingan bo`lib, (pharmacon-dori, logos-ta'limot, fan) dorilar to`g`risidagi ta'limot, fan ma'nosini beradi. Lekin xozirgi zamon farmakologiyasining bunday ta'riflanishi mutlaqo etarli emas, chunki uning tub zamirida keng ko`lamli maqsad, vazifalar va tushunchalar yotadi. Ular asosan quyidagilardan iborat:
farmakologiya turli kimyoviy va boshqa moddalarning, shu jumladan dori vositalarining ham tirik hayvonlar va odam organizmiga ta'sirini, shu tufayli ular organizmida sodir bo`ladigan o`zgarishlarni tadbiq etadi, o`rganadi;
-ushbu o`zgarishlarning kelib chiqish sabablarini yoki kimyoviy moddalar ta'sirining mexanizmini aniqlaydi va ilmiy tomondan tushuntiradi;
- yangi dori moddalarini yaratish, tekshirishdan o`tkazish, o`rganish va ularni tibbiyot amaliyotiga joriy etish bilan shug`ullanadi;
- dori vositalari yordamida bemorlarni davolash va kasalliklarni oldini olish bilan bog`liq bo`lgan turli masalalarni (dozasi, yuborish yo`li va boshqalar) xal qiladi.

1.2. Dori vositalari xaqida tushuncha. Dorilarning boshqa omillar bilan uzaro munosabati.


Dori vositalarining tanaga ta'siri turli tashqi va ichki omillarga ko`p tomondan bog`liq.
Tashqi omillarga dori moddasining kimyoviy tuzilishi, fizik-kimyoviy va farmakologik xossalari, shakli, dozasi, yuborish yo`li, ovqat bilan munosabati va xakozolar kiradi. Ichki omillarga esa odamning yoshi, jinsi, fiziologik yoki patologik xolati  va boshqalar misol bo`la oladi. Ushbu omillarning ayrimlari to`g`risida so`z yuritiladi, chunki ularning bir qismiga (doza, yuborish yo`li, ovqat bilan munosabati va b.) kitobning oldingi bandlarida to`xtab o`tilgan.
Dori vositalari ta'sirining namoyon bo`lishida yoshning axamiyati katta. Yosh bolalarning tanasi ko`pchilik dori vositalariga o`ta sezuvchandir. Ayniqsa, markaziy nerv tizimiga ta'sir etuvchi dorilarning kuchi yuqori bo`ladi. Ayrim dori vositalari (yurak glikozidlari, atropin va b.) samarasi esa yaxshi bilinmaydi. Bunday xolatlar bolalarning ichki a'zolari va tizimlari to`la darajada shakllanmagani bilan tushuntiriladi. Bu masalalarni o`rganish va taxlil etish bilan farmakologiya fanining tarmog`i bo`lgan pediatriya farmakologiyasi shug`ullanadi. Bolalar uchun dori vositalarini dozalanishi, ularning yoshga qarab berilishi va farmakoterapiyaning boshqa tomonlarini ushbu fan yo`nalishi o`rganadi.
Perinatal farmakologiya esa homilaning 24 xaftadan to tug`ilguncha, shuningdek, 4 haftagacha bo`lgan chaqaloqlik davrida dori vositalarining ta'sir xususiyatlarini o`rganadi. Chunki xomiladorlikning oxirgi trimestri va bir oygacha bo`lgan chaqaloqlarda dorilarga sezuvchanlik boshqalardan keskin farq qiladi.
Katta yoshdagilarda (60 yoshdan yuqori) ham turli dori vositalariga  sezuvchanlik o`zgaradi. Chunki ularning tanasida modda almashinuvi, ichki a'zolar (jumladan, jigarning ham) faoliyati va boshqa fiziologik jarayonlar zaiflashgan bo`ladi. Ayniqsa, uxlatuvchi, antigipertenziv, qustiruvchi dori preparatlarining ta'siri ancha  kuchayadi va turli oqibatlarni keltirib chiqaradi. Bu yoshdagi shaxslarni dori vositalari bilan davolash va boshqa masalalar bilan geriatrik farmakologiya shug`ullanadi.  Bu masalalarga dorilarni dozalanishi, katta yoshlilarga tavsiya etilishi yoki monelik qiluvchi xolatlar, dorilarning asoratlari, uning oldini olish va bartaraf etish kabilar kiradi.
Ayrim dori vositalarining ta'sir etish samarasi ayollar organizmida boshqacharoq tus olishi aniqlangan. Umuman olganda ayollar bir qator dori vositalariga (masalan, strixnin, nikotin, etil spirti va boshqalar) nisbatan yuqoriroq sezuvchanlikka ega. Bunday xolat dorilar metabolizmining sustroq bo`lishi bilan bog`liq deb taxmin qilinadi.
Yuqorida qayd etilganlardan tashqari, ichki a'zolar va tizimlarning fiziologik yoki patologik xolatlari ham dori vositalari samarasini namoyon bo`lishida ahamiyatlidir. Shunday dori vositalari borki, ularning farmakologik ta'siri fiziologik faoliyati-qo`zg`aluvchanligi susaygandagina aniq yuzaga chiqadi. Masalan, kofeinning markaziy nerv tizimiga, chunonchi nafas markaziga rag`batlantiruvchi ta'siri bu tizim yoki markaz faoliyati susayganda kuchliroq namoyon bo`ladi.
Bir qator dori vositalarining farmakologik ta'siri ko`proq patologik xolatlardagina yuzaga chiqadi. Masalan, yurak glikozidlarining kardiotonik ta'siri yurak faoliyatining etishmovchiligida, dekompensatsiya davrida (gemodinamikaning yomonlashishi, shishlar paydo bo`lishi va b.) aniqroq bilinadi. Aspirinning isitmani tushiruvchi ta'siri ham tana xarorati ko`tarilgandagina namoyon bo`ladi.
Ayrim dorilarning ta'siri irsiy omillarga ham bog`liq. Masalan, tanada irsiy kamchilik-xolinesteraza fermentining etishmasligi tufayli antixolinesteraz preparatlarning kor etishi kuzatilmaydi (prozerin, galantamin va b.), miorelaksant (tana mushaklarini bo`shashtiradigan) ditilinning ta'siri esa uzayadi. Muayyan irsiy kamchiliklarda ayrim dorilarning ta'siri boshqacha tus olib, kutilmagan reaktsiyalar kuzatiladi (idiosinkraziya). Masalan, bezgakda ishlatiladigan 8-aminoxinolin unumlari irsiy enzimopatiyalari bo`lgan odamlarda eritrotsitlar gemolizini chaqirishi mumkin (glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza fermentining etishmasligi gemolitk ta'sirga ega xinonni xosil bo`lishiga sabab bo`ladi). Dori moddalariga sezgirlikning irsiy omillarga bog`liqligini farmakogenetika o`rganadi.
1.3. Dorilarni dozalash.

Yangi dori vositalarini yaratishda farmakologik moddalarni tajriba sharoitida tekshirish jarayonida hamda tibbiyot amaliyotida davo uchun ishlatishda ular ma'lum bir miqdorda-dozada olinadi. Chunki dori vositalarining ta'siri, naf qilishi har tomondan ishlatilgan dozaga bog`liqdir. Olingan dozaga qarab dori vositalarining ta'sir kuchi, muddati, samarasi va ta'sir turi namoyon bo`ladi. Masalan, doza ortishi bilan uning ta'sir latent davri (dori qabul qilingan daqiqadan boshlab birinchi belgilar paydo bo`lgan vaqt oralig`i) ham qisqaradi.

Dori vositalari  og`irlik (gramm-g, milligramm-mg, mikrogramm-mkg), hajm (millilitr-ml, osh qoshiq-15 ml, desert qoshiq-10 ml, choy qoshiq-5 ml, ryumka-50 ml, stakan-200 ml), ta'sir birliklari (TB, XTB) bilan belgilanadi. Ayrim suyuq dori vositalari esa tomchilar bilan dozalanadi (1 tomchi suv 0, 05 ml ga teng). Ba'zilari esa tana vazniga (mg/kg), satxiga (mg/m2) qarab o`lchanadi.

Tajribalar va klinika sharoitida quyidagi doza turlari farqlanadi: o`ldiruvchi (letal), zaharli va terapevtik (davolovchi) dozalar.

Yangi dori vositalarini yaratish maqsadida turli kimyoviy moddalarning o`ldiruvchi dozalari (LD) laboratoriya hayvonlarida aniqlanadi. Letal dozaning asosan ikki turi ma'lum:LD100 -tekshirilayotgan moddaning shunday eng kichik miqdoriki, u hayvonlarga yuborilganida 24 soat mobaynida ularning 100 % nobud bo`lishiga olib keladi. LD50 -deb 50 % hayvonlarni nobud etadigan miqdoriga aytiladi. Ushbu doza turlari tekshirilayotgan kimyoviy yoki dori moddaning biologik faolligini ko`rsatkichlari  hisoblanadi va ular asosida dori vositalarining terapevtik (davolash) yoki samarali (effektiv) dozasi topiladi. Ko`pincha farmakologik moddaning samarali dozasi o`rtacha o`lim dozasining (LD50) 1:10, 1:20 qismini tashkil etadi (3-jadval).

Kimyoviy moddaning yoki dori vositasining zaharli dozasi o`ldiradigan dozadan kam bo`lib, organizmga yuborilganida noxush va nojo`ya o`zgarishlarga sabab bo`ladi, uni zaharlaydi. Bu xolat tibbiyot amaliyotida uchrab turadi. Ayniqsa, dori vositasini dozasiga e'tiborsizlik bilan qabul etish, o`ziga yoki o`zgalar joniga qasd qilish, tibbiyot xodimlarining xatosi tufayli yoki organizmning doriga bo`lgan sezuvchanligining oshishi sababli zaharlanish yuz berishi mumkin. Masalan, streptomitsin preparatini noto`g`ri ishlatish natijasida eshitishning yomonlashuvi, buyrak va jigar faoliyatining izdan chiqishii va b.


Nazorat savollari

  1. Zaharli doza deb nimaga aytiladi?

  2. Perinatal farmakologiya deb nimaga aytiladi?

  3. Dori vositalarining tanaga ta'sir turlarini aytib berin?

Yüklə 18,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin