Fanning ishlab chiqarishdagi o‗rni Oliy tibbiy bilimgohlarda o‗qitiladigan fanlar ichida fiziologiya bilan anatomiya
asoslari fani ma‘lum ahamiyatga ega. U organizmning tuzilishini, unda kechadigan
hayotiy jarayonlarni idora etish mexanizmlarini o‗rganadi. Fiziologiya, anatomiya asoslari
fani tibbiyotning barcha sohalarida tajribaga asoslangan ma‘lumotlardan keng foydalanadi.
Fiziologiya sohasida to‗plangan bilimlar turli tibbiyot sohasidagi mutaxasislar uchun, shu
jumladan farmatsevtika instituti talabalari uchun ham nihoyatda zarurdir. CHunki
organizmning tuzilishi, unda kechadigan fiziologik jarayonlarni bilish, kasal organizmda
ro‗y beradigan o‗zgarishlarni hamda dori moddalarini ta‘sir etish mexanizmini
tushunishga katta yordam beradi.