2.Nazariy mashg`ulotlar mazmuni
Kirish
Inson organizmining tuzilish va funksiyasi boshqa barcha tirik mavjudotlarnikiga
nisbatan nihoyatda murakkab va yuksak darajada takomillashgandir. Ma‘lumki, inson
organizmining rivojlanishida uning yashash uchun kurashi, o‗ziga sharoit yaratishi, bir-biri
bilan munosabat zarurati muhim ahamiyat kasb etgan. Binobarin, odam bir necha
evalyusion rivojlanish jarayonida yuzaga kelgan biologik va ijtimoiy o‗zgarishlar
mahsulidir.
Odam organizmining barcha to‗qima va a‘zolari bir-biri bilan chambarchas bog‗liqdir.
SHuningdek, ular tevarak-atrof muhiti bilan xam doimiy aloqadadir. Bu ikkala bog‗lanish
asab va endokrin tizimlari orqali boshqariladi.
Dostları ilə paylaş: