Krebs sikli - nafas olish zanjiri uchun vodorod generatori vazifasini bajaruvchi
asosiy fermentativ sistema Krebs sikli hisoblanadi. Angliya olimi Krebs o`zining
tajribalari va Sent-D‘yerdining ma‘lumotlari asosida hujayrada oksidlovchi siklik
reaktsiyalar sistemasi borligini taxmin qildi va uni siklning birinchi mahsuloti limon
kislota (sitrat) bo`lganligi uchun limon kislotali sikl deb atadi. Shuningdek, bu sikl
trikarbon kislotalar sikli deb ham ataladi.
Glikoliz - glyukozaning glikogen yoki glyukozadan boshlanib, ikki molekula
pirouzum kislota va ATF molekulalarining hosil bo`lishi bilan tugaydigan anaerob
parchalanishi. Glikoliz (yunoncha glykys – shirin va lyzis – parchalanish so`zlaridan
olingan.) hujayra metabolizmi jarayonlari orasida eng yaxshi o`rganilganidir. Glikoliz
aksari organizmlarda markaziy metabolik yo`llardan biridir.