Farmatsevtika tarmog'ini rivojlantirish agentligi



Yüklə 404,13 Kb.
tarix20.04.2022
ölçüsü404,13 Kb.
#55806
13 mavzu fitq


Farmatsevtika tarmog'ini rivojlantirish agentligi

Prezident farmoni bilan Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining asosiy vazifalari belgilandi



O‘zbekiston Prezidentining “2019-2021 yillarda respublikaning farmatsevtika tarmog‘ini yanada jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.

Hujjatga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining “O'zmedimpeks” Davlat unitar korxonasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tuzilmasiga o‘tkazildi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligiga Sog‘liqni saqlash vazirligining dori vositalari va tibbiyot buyumlarini ishlab chiqarish, tayyorlash va ularning ulgurji savdosi ustidan nazoratni amalga oshirish, shuningdek farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash bo‘yicha funksiyalari berildi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan farmatsevtika faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun avval berilgan litsenziyalar amal qilish muddati tugagunga qadar amalda bo‘lishi belgilab qo‘yildi.

Agentlikning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:

farmatsevtika tarmog‘ini, jumladan uni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish yo‘li bilan barqaror rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish;

farmatsevtika bozori kon'yunkturasini o‘rganishni tashkillashtirish, aholi va Sog‘liqni saqlash muassasalarining farmatsevtika mahsulotlari bilan ta'minlanganlik holatini tizimli tahlil qilish va uning asosida ichki bozorni yanada to‘ldirish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish;

tarmoq korxonalariga yetakchi xorijiy farmatsevtika korxonalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishda, farmatsevtika mahsulotlarining ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardosh, yuqori sifatli yangi turlarini ishlab chiqarishni o‘zlashtirishda ko‘maklashish;

farmatsevtika tarmog‘ini, shu jumladan farmatsevtika mahsulotlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, shuningdek, farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash (dori vositalari va tibbiyot buyumlarini chakana sotish bundan mustasno) yo‘li bilan davlat tomonidan boshqarish;

farmatsevtika tarmog‘iga ilg‘or xorijiy amaliyot va xalqaro standartlarni tatbiq etish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish;

import qilinayotgan va respublika hududida ishlab chiqarilayotgan farmatsevtika mahsulotlari to‘grisida to‘liq axborot yig‘ishni ta'minlovchi Farmatsevtika mahsulotlari harakatini nazorat qilish va hisobga olish axborot tizimini joriy qilishda ishtirok etish.

Farmon bilan shunday tartib o‘rnatildiki, unga muvofiq:

import qilishda O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 211-moddasi 6-bandida nazarda tutilgan qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha imtiyoz joriy etilmaydigan dori vositalari va tibbiyot buyumlari ro‘yxati Agentlik tomonidan shakllantiriladi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlanadi. Bunda mazkur ro‘yxatga kiritilgan dori vositalari va tibbiyot buyumlari nomlari tayyor mahsulotga ham, “in bulk” mahsulot shaklida import qilinadigan dori vositalari va tibbiyot buyumlariga ham joriy etiladi;

dori vositalari va tibbiyot buyumlarini sanoatda ishlab chiqarish va dorixonada tayyorlash uchun mo‘ljallangan, import qilishda qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinadigan xomashyolar ro‘yxati Agentlik tomonidan belgilangan tartibda shakllantiriladi va tasdiqlanadi, shuningdek, bir yilda kamida ikki marta yangilab borilishi va Agentlik hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining rasmiy veb-saytlariga joylashtirilishi shart;

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi dori vositalari va tibbiyot buyumlari milliy ishlab chiqaruvchilariga tijorat banklari kreditlari bo‘yicha kredit summasining 50 foizigacha, ammo 10 milliard so‘mdan oshmaydigan miqdordagi mablag‘ga kafillik beradi;

“in bulk” mahsuloti asosida ishlab chiqariladigan dori preparatlari va (yoki) tibbiyot buyumlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish muddatini uzaytirish, shuningdek, ularni qayta davlat ro‘yxatidan o‘tkazish mazkur analogik milliy mahsulotni ichki bozor ehtiyojini ta'minlaydigan hajmda ishlab chiqaruvchi bo‘lmagan taqdirda amalga oshiriladi;

2019 yil 1 iyuldan 2020 yil 31 dekabrga qadar, sinov tariqasida, dori preparatlari va tibbiyot buyumlarini davlat tomonidan xarid qilishni amalga oshirishda ikki va undan ortiq ishtirokchilar - analogik mahsulotni (xalqaro patentlanmagan nomi bo‘yicha) milliy ishlab chiqaruvchilari mavjud bo‘lgan taqdirda davlat buyurtmachisi import dori preparatlari va tibbiyot buyumlarini yetkazib berish taklifi mavjud barcha buyurtmalarni rad etadi;



2019 yil 1 iyuldan boshlab import dori vositalari (dori substansiyalari bundan mustasno) va tibbiyot buyumlarini “erkin muomalaga chiqarish (import)” bojxona rejimiga rasmiylashtirishda bojxona qiymatining 1,2 foizi miqdorida bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘im undiriladi.




Yüklə 404,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin