Farmatsevtika xizmatini nazorat-ruxsatnoma tizimi reja


Yangi tibbiy texnika qo‘mitasi –



Yüklə 60,59 Kb.
səhifə4/12
tarix05.05.2023
ölçüsü60,59 Kb.
#108167
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Farmatsevtika xizmatini nazorat-ruxsatnoma tizimi

Yangi tibbiy texnika qo‘mitasi – Respublikaga olib kirilayotgan va Respublikada yaratilgan yangi tibbiy texnikani tahlil ishlarini amalga oshirib, qayd etish ruxsatnomasini tayyorlaydi, bu qo‘mita ishida tibbiy texnika jihozlari va mahsulotlari sifatini nazorat qilish laboratoriyasi yordam beradi.
YAngi tibbiy texnika qo‘mitasi Sog‘liqni saqlash vazirligi “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartizatsiyasi davlat markazi” davlat unitar korxonasining tarkibiy qismi bo‘lib, u O‘zbekiston Respublikasi xududida tibbiyot amaliyotida qo‘llaniladigan tibbiy texnika, tibbiy ashyolar, hamda tashxis vositalarining samaradorligi va xavfsizligini ta’minlash maqsadida ularning ekspertizasi, standartlash, qayd etish va qayta qayd etish faoliyatini olib boradi.
Ilmiy uslubiy va axborot bo‘limi – Respublikada farmatsevtika sohasi bo‘yicha ilmiy – amaliy yangiliklarni mazkur soha mutaxassislariga va aholiga etkazish bilan shug‘ullanadi. Ushbu vazifalar “O‘zbekiston farmatsevtika xabarnomasi” va har yili bir marta chiqariladigan “Tibbiyot amaliyotida qo‘llanilishiga ruxsat etilgan Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika Davlat Reestri”ni tayyorlash va chop etish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Sertifikatlashtirish sektori tibbiyot buyumlari va dori vositalariga muvofiqlik sertifikatini beradi.
Farmatsevtik nazorat bo‘limining asosiy vazifasi – dori vositalari va tibbiy buyumlari bo‘yicha sifat standartlari talablarini bajarilishini, shu jumladan sertifikatlangan dori vositalarini ishlab chiqarish, tayyorlash, sifatini nazorat qilish, saqlash, tashish, sotish va qo‘llash jarayonida nazoratni amalga oshiradi. Ho‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan farmatsevtika va tibbiy mahsulotlarga qo‘yiladigan davlat va tarmoq standartlarining (farmakopeya maqolalari, texnik shartlar, ishlab chiqarish reglamentlari, texnologik yo‘riqnomalar va boshqa texnik va me’yoriy hujjatlar) talablariga rioya etilishini nazorat qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi farmatsevtika bozorini sifatli dori vositalari bilan ta’minovchi farmatsevtik sektorni boshqarish tuzilmasi

Yüklə 60,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin