- ishga qabul qilishni qonunga xilof ravishda rad etishdan va mehnat shartnomasini
g‘ayriqonuniy ravishda bekor qilishdan himoyalanishini;
- maqbul keladigan ish tanlash va ishga joylashishga bepul yordam berishni;
- har kim kasbga va ishga ega bo‘lishda, mehnat qilish va ish bilan ta’minlanish shart-
sharoitlarida, mehnatga haq olishda, xizmat pog‘onasidan yuqorilab borishda teng
imkoniyatlar yaratishni;
- yangi kasbga (mutaxassislikka) bepul o‘qitishni, Bandlikka ko‘maklashish markazlarida
yoki ularning yo‘llanmasi bilan boshqa o‘quv yurtlarida stipendiya to‘lab malakasini
oshirishni;
- boshqa joydagi ishga qabul qilinganda moddiy xarajatlar uchun qonun hujjatlariga
muvofiq kompensatsiya to‘lashni;
- haq to‘lanadigan jamoat ishlarida qatnashish uchun muddatli mehnat shartnomasi tuzish
imkoniyatlarini kafolatlaydi.
Ish bilan ta’minlashning huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy shartlari hamda mehnat qilish
huquqini amalga oshirishning kafolatlari O‘zbekiston Respublikasining mehnat
to‘g‘risidagi qonunlari va boshqa normativ hujjatlarida belgilab qo‘yilgan. Uzbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasining 37-moddasida “Har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb
tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda ko‘rsatilgan tartibda ishsizlikdan
himoyalanish huquqiga egadir”1, deb kafolatlangan.
Ana shundan kelib chiqqan holda har bir xodim:
- muddatlari chegarasi belgilangan ish vaqtini o‘rnatish, bir qator kasblar va ishlar uchun ish
kunini qisqartirish, har haftalik dam olish kunlari, bayram kunlari, shuningdek yillik ta’tillar
berish orqali ta’minlanadigan dam olish;
- o‘zining mehnat huquqlarini himoya qilish, shu jumladan sud orqali himoya qilish va
malakali yuridik yordam olish;
- jamoalarga doir mehnat nizolarida o‘z manfaatlarini himoyalash
huquqiga egadir.
Dostları ilə paylaş: