Elektr uskunani elektr tarmoqda ulash, ish joyini tayyorlashga va ishlashga ijozat berishga ruxsat etgan yoki uni o‘rnini almashtirgan shaxsning ruxsatini (farmoyishini) olgandan keyingina mumkin.
Elektr uskunani ulab ishga tushirish xaqidagi ruxsat (farmoyish) faqat ushbu elektr uskunasida ishlashga ijozat berilgan va ish joyini tayyorlashga va ishlashga ijozat berilgan ishboshchi va ishlashga ijozat beruvchilarning barchasidan ishni to‘liq tamomlanganligi, 4.9.5.-band talablari bajarilganligi va elektr uskunani ulash imkoni borligi to‘g‘risidagi xabar olingandan so‘nggina berilishi mumkin.
Xamma ish tugagandan so‘ng elektr uskunani elektr tarmoqda ulashga ruxsat (farmoyish) olgan navbatchidan yoki tezkor-ta’mirlash xodimidan tayinlangan shaxs ushbu elektr uskunani elektr tarmoqqa ulashdan oldin navbatchi yoki tezkor-ta’mirlash xodimi qo‘ygan vaqtinchalik to‘siq, shiorlar, erga ulagichlarni olib doimiy to‘siqni tiklashi kerak.
Tezkor-ta’mirlash xodimdan tayinlangan ishga ijozat beruvchi shaxsga elektr uskunada bajarilayotgan ish tamomlangandan so‘ng ish joyini tayyorlashga va ishlashga ijozat berishga ruxsat etgan yoki uni o‘rnini almashtirgan xodim ruxsatini (farmoyishini) olmasdan elektr uskunani elektr tarmoqqa ulash xuquqi berilishi mumkin.
Elektr uskunani bunday ulashga xuquq berilishi naryadning «Aloxida ko‘rsatmalar» satrida yozilgan bo‘lishi va ishlashga ijozat beruvchiga ish joyini tayyorlashga va ishlashga ijozat berishga ruxsat etish vaqtida tasdiqlanishi kerak.
Bunday tasdiq naryadda rasmiylashtirishni talab qilmaydi.
Bunday ulash xuquqi faqatgina ushbu uskunada yoki uning uchastkasida boshqa brigada ishlashiga ijozat berilmagan bo‘lsagina beriladi.
Avariya paytida ta’mirlashga chiqarilgan elektr uskunani navbatchi shaxs yoki ishlashga ijozat beruvchi ish bajarayotgan brigada yo‘qligida ish tamom qilingunga qadar, ishboshchi o‘z ish joyiga etib kelguncha yoki naryad ulardan qaytarib olinguncha ish joyiga ishboshchini, elektr uskuna ulanganligi va ishni boshlash man qilinishi xaqida ogoxlantiruvchi odamlar joy-joylarga qo‘yilishi sharti bilan ulashi mumkin.