Farmoni jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘G‘risida



Yüklə 17,39 Kb.
səhifə4/4
tarix03.02.2022
ölçüsü17,39 Kb.
#52037
1   2   3   4
2 reja

Oldingi tahrirga qarang.

6. Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi Vazirlik bilan hamkorlikda yuqori malakali xorijiy sportchi, trener va boshqa mutaxassislarni olimpiya tayyorlash markazlari, sport federatsiya (uyushma)lari va boshqa sport tashkilotlarining o‘quv-mashg‘ulot jarayonlariga keng jalb qilinishini ta’minlaydi.



(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 26-avgustdagi PF-5787-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.08.2019-y., 06/19/5787/3650-son)

7. Quyidagilar tashkil etilsin:

Samarqand viloyati Samarqand tumanida universal olimpiya tayyorgarligi va xalqaro musobaqalar o‘tkazish markazi;

Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida joylashgan “Aziya-Chimgan” mehmonxonasi negizida milliy terma jamoalar uchun universal olimpiya tayyorgarligi markazi;

Jizzax viloyati Zomin tumanida “Aloqachi” sog‘lomlashtirish oromgohi negizida gimnastika sport turi bo‘yicha olimpiya tayyorgarligi markazi;

Namangan viloyati Chortoq tumanida serjantlar tayyorlash maktabi negizida sport o‘yinlari bo‘yicha olimpiya tayyorgarligi markazi;

Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida “Gulnora” sog‘lomlashtirish oromgohi negizida sport yakkakurashlari bo‘yicha olimpiya tayyorgarligi markazi tashkil etilsin.

O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tashkil etilayotgan markazlar tasarrufida bo‘lgan vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda ushbu obyektlarni barcha bino va inshoot majmualari bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Milliy olimpiya qo‘mitasi tasarrufiga beg‘araz o‘tkazilishini ta’minlasin.



Oldingi tahrirga qarang.

8. Belgilab qo‘yilsinki, sport tashkilotlari (idoralari) rahbarligi lavozimiga, avval shug‘ullangan professional faoliyat turidan qat’i nazar, oliy ma’lumotli hamda boshqaruv sohasida amaliy ko‘nikmaga ega bo‘lgan shaxslar tayinlanishi mumkin.



(8-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-iyuldagi PF-6261-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.07.2021-y., 06/21/6261/0667-son)

9. Olimpiya sport turlarini 2018 — 2021-yillarda keyinchalik rivojlantirish va ommalashtirish kompleks chora-tadbirlari dasturi ilovaga* muvofiq ma’qullansin.

* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.

Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarni o‘z vaqtida, sifatli va to‘liq amalga oshirish uchun vazirlik, muassasa va boshqa tashkilotlar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi belgilansin.

10. Vazirlik:

ikki oy muddatda jismoniy tarbiya o‘qituvchilari (instruktor, kafedra mudirlari) faoliyati samaradorligini baholashning reyting tizimi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlasin;

2018-yil 1-mayga qadar O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni uzoq muddatli istiqbolga rivojlantirish konsepsiyasi loyihasini xalqaro mutaxassislarni jalb qilgan holda ishlab chiqsin va kiritsin;

uch oy muddatda bolalar va o‘smirlar sport maktablari, shu jumladan ixtisoslashtirilgan maktablarning ishlash tartibini tashkil etish tizimini tanqidiy jihatdan o‘rganib chiqish va natijasi bo‘yicha ularning faoliyatini tartibga solish va takomillashtirish, tashkiliy-shtat tuzilmasini qayta ko‘rib chiqish hamda ularni moliyalashtirish tizimini tartibga solish yuzasidan hukumat qarori loyihasini kiritsin;

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan hamkorlikda uch oy muddatda sportchilar, jismoniy tarbiya o‘qituvchilari, yo‘riqchilari haqidagi ma’lumotlarni hamda ta’lim muassasalarida sport turlari bo‘yicha imtihon qilish tizimi tahlillari natijalarini o‘z ichiga olgan Yagona axborot tizimi yaratilishini ta’minlasin;

uch oy muddatda Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda olimpiya sport turlari bo‘yicha musobaqalar va o‘quv tayyorgarlik mashqlari davomida sportchilarni tibbiy ta’minlashni tashkil etish va kuzatib borish tartibini, shu jumladan sport tibbiyot muassasalari tarmoqlarini yaratishni o‘z ichiga olgan holda, tasdiqlash to‘g‘risidagi hukumat qarori loyihasini kiritsin;

uch oy muddatda Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Moliya vazirligi bilan hamkorlikda ta’lim muassasalari qoshida sport klublarini tashkil etish, faoliyat olib borishi hamda moliyalashtirilishi tartibini tasdiqlash to‘g‘risidagi hukumat qarori loyihasini kiritsin;

uch oy muddatda respublika hududida jismoniy tayyorgarlikni tashkil etishning yagona talablarini belgilashni ta’minlovchi, olimpiya sport turlari bo‘yicha tayyorgarlikning yagona me’yorlarini sport ta’limi muassasalari faoliyatiga tatbiq etishni ta’minlasin;

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi bilan hamkorlikda 2018-yil 1-iyunga qadar sportning qishki va o‘yin turlarining rivojlanishi va ommalashishining amaldagi holatini har tomonlama va tanqidiy tahlilini hisobga olgan holda O‘zbekiston Respublikasida sportning qishki va o‘yin turlarini yanada rivojlanishi yuzasidan takliflar tayyorlasin;

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi bilan hamkorlikda respublika olimpiya zaxiralari maktab-internatlari qoshida olimpiya zaxiralari markazlarini tashkil etish taklifini kiritsin.

11. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

bir hafta muddatda O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini kiritsin;

bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlasin;

bir oy muddatda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti faoliyatini tashkil etish bo‘yicha hukumat qarori qabul qilinsin;

ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni ilmiy-metodik ta’minlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi nizomini, shuningdek, jismoniy tarbiya va sport mutaxassislari kontingentini to‘liq qayta tayyorlash va malakasini oshirish imkoniyatini qamrab olgan holda ularning tashkiliy-shtat tuzilmasini tasdiqlasin;

ikki oy muddatda jismoniy tarbiya va sport sohasidagi barcha turdagi ta’lim muassasalarida ta’lim standartlari qayta ko‘rib chiqilsin, ta’limning har bir bosqichida umumiy ta’lim yuklamasidan oshmagan holda, dars soatlarini oshirish yordamida, sport tarmoqlari bo‘yicha baholash tizimini joriy qilish, natijalarni tizimli tahlil qilish ishlari olib borilsin;

ikki oy muddatda qurilish-montaj ishlari, zamonaviy sport jihozlari, texnikasi va inventarlar bilan ta’minlash, uzluksiz o‘quv-mashg‘ulot jarayoni va sportchilar, trener hamda boshqa mutaxassis va ishchilar yashashi uchun sharoit yaratishni inobatga olgan holda olimpiya tayyorgarlik markazlari faoliyatini tashkil qilish to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilinsin;

uch oy muddatda olimpiya zaxiralari maktab-internatlari qabul kvotalarini sport turlari bo‘yicha eng kam miqdorini hisobga olgan holda kerakli bo‘lgan samarali ta’lim tizimi tashkil etilsin;

uch oy muddatda trenerlik faoliyati bilan shug‘ullanish bo‘yicha attestatsiyadan o‘tish va ruxsatnoma olish tartibini soddalashtirishga yo‘naltirilgan hukumat qarori qabul qilinsin.

12. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari hamda boshqa tashkilotlarning sport infratuzilmasini tashkil etish va tizimli tarzda ishchilarni jismoniy tarbiya va sportga jalb qilish amaliyotini joriy etish choralarini ko‘rsin.

13. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi ikki oy muddatda Mudofaa vazirligining sport klubi, “Dinamo” jismoniy tarbiya va sport jamiyatlari faoliyatini takomillashtirish va kasaba uyushmalari federatsiyasi jismoniy tarbiya va sport jamiyatini tiklash, shuningdek, idoraviy sport bazalarini modernizatsiya qilish, ular qoshida yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga jalb etish uchun barchaning shug‘ullanishiga imkoni bo‘lgan seksiya va to‘garaklar tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilasin.

14. Vazirlik hamda Adliya vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

15. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-fevraldagi “Madaniyat va sport sohasida boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-4956-son Farmoni birinchi bandi uchinchi xatboshisi va uchinchi bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.

16. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Q.V. Akmalov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi R.S. Qosimov va O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokurori O.B. Murodov zimmasiga yuklansin.



O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,



2018-yil 5-mart,

PF-5368-son
Yüklə 17,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin