Farhod Musajonov — adib, nosir, dramaturg va kinossenarist. U 1932-yili Toshkentda tavallud topgan. 1956-yilga kelib, Toshkent Davlat dorilfununining sharq fakultetini tugatadi. Respublika radiosi, televideniyesi hamda „Oʻzbekiston madaniyati“ ro‘znomasi, „Gʻuncha“ va „Sharq yulduzi“ oynomalarida faoliyatda bo‘ladi. Hozirgi kunda esa „Oʻzbekfilm“ studiyasida ishlaydi.

Hozirgacha uning hikoya va qissalardan iborat 30 ga yaqin to‘plami nashr etilgan. Shulardan 10 ga yaqini hikoyalar, to‘rtta qissasi mavjud. Farhod Musajonov dramaturg sifatida oltita pʼesa, beshta kinossenariy muallifi hamdir. Yana qanchadan-qancha hajviy hikoya, intermediya, bolalar uchun rang-barang janrda asarlar ham yaratgan.
F. Musajonov adabiy ijodining boshlanishi 50-yillarning o‘rtalariga to‘g‘ri keladi. O‘z ijodini bolalarga she’r va hikoyalar yozishdan boshlaydi. “Daradagi qishloqda” deb nomlangan birinchi hikoyasi 1956-yilda chop qilingan. Uning “Oftobni quvalab”, “Bo‘sh kelma, Aliqulov!”, “Bir qultum buloq suvi” kabi qissalari va oltmishga yaqin hikoyalari mavjud.