«favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi» fanidan (MA’ruzalar to‘plami) toshkent


Ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlar



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə18/82
tarix03.06.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#124432
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   82
«favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi» fanidan (MA’ruzalar

Ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlar

1.Quruqlik (tuproq, yer osti)ning holati o‘zgarishi bilan bog‘lik vaziyatlar:


-halokatli ko‘chkilar – foydali qazilma konlarni qazib chiqarish chog‘ida yer ostiga ishlov berish va insonning boshqa faoliyati natijasida paydo bo‘luvchi yer yuzasining o‘pirilishi, siljishi;
-tuproq va yer ostining sanoat tufayli kelib chiqqan toksikantlar bilan ifloslanishi, og‘ir metallar, neft mahsulotlari, shuningdek iqtisodiyot tarmoqlaridagi ishlab chiqarishda odamlarning sog‘ligi uchun xavf soluvchi konsentratsiyalarda qo‘llanilgan pestitsidlar va boshqa zaharli ximikatlar mavjudligi.
2. Atmosfera (havo muhiti) tarkibi va xossalari o‘zgarishi bilan bog‘lik bo‘lgan vaziyatlar:
-havo muhitining quyidagi ingredientlar bilan ekstremal yuqori ifloslanishi:
-oltingugurt dioksid, dioksid va azotli oksid, uglerodli oksid, qurum, chang va odamlar sog‘ligiga xavf soluvchi konsentratsiyalarda antropogen tusdagi boshqa zaharli moddalar;
-katta ko‘lamda kislotali zonalar hosil bo‘lishi va ko‘p miqdorda kislota chiqindilari yog‘ilishi;
-radiatsiyaning yuqori darajada bo‘lishi.
3. Gidrosfera holatining o‘zgarishi bilan bog‘lik vaziyatlar:
-yer yuzasi va yer osti suvlarining sanoat qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi oqavalari: neft mahsulotlari, odamlarning zaharlanishiga olib kelgan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan tarkibida og‘ir metallar, har xil zaharli ximikatlar bor bo‘lgan chiqindilar va boshqa zaharli moddalar bilan ekstremal yuqori darajada ifloslanishi;
-binolar, muhandislik kommunikatsiyalari va uy-joylarning yemirilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan yoki olib kelgan sizot suvlar darajasining oshishi;
-suv manbalari va suv olish joylarining zaharli moddalar bilan ifloslanishi oqibatida ichimlik suvining keskin yetishmasligi.


Lokal, mahalliy, respublika a transchegarali favqulodda vaziyatlar
1.Lokal favqulodda vaziyatga vaziyat natijasida 10 dan ortiq bo‘lmagan odam jabrlangan, yoxud 100 dan ortiq bo‘lmagan odamning hayot faoliyati sharoiti buzilgan, yoxud moddiy zarar favqulodda vaziyat sodir bo‘lgan kunda eng kam ish haqi miqdorining 1 ming baravaridan ortiq bo‘lmaganni tashkil etadigan hamda favqulodda vaziyat zonasi ishlab chiqarish ob’ekti yoki ijtimoiy maqsadli ob’ekt hududi tashqarisiga chiqmaydigan favqulodda vaziyat tegishli bo‘ladi.
2. Mahalliy favqulodda vaziyatga favqulodda vaziyat natijasida 10 dan ortiq, biroq 500 dan ko‘p bo‘lmagan odam jabrlangan, yoxud 100 dan ortiq, biroq 500 dan ko‘p bo‘lmagan odamning hayot faoliyati sharoitlari buzilgan, yoxud moddiy zarar favqulodda vaziyat paydo bo‘lgan kunda eng kam ish haqi miqdorining 1 ming baravaridan ortiqni, biroq 0,5 million baravaridan ko‘p emas, tashkil etadigan favqulodda vaziyat zonasi aholi punkti, shahar, tuman, viloyat hududidan tashqariga chiqmaydigan favqulodda vaziyat tegishli bo‘ladi.
3. Respublika miqyosidagi favqulodda vaziyatga favqulodda vaziyat natijasida 500 dan ortiq odam jabrlangan, yoxud 500 dan ortiq odamning hayot faoliyati buzilgan, yoxud moddiy zarar eng kam ish haqi miqdorining 0,5 million baravaridan ortiqni tashkil etadigan hamda favqulodda vaziyat zonasi viloyat tashqarisiga chiqadigan favqulodda vaziyat tegishli bo‘ladi.
4. Transchegarali favqulodda vaziyatga oqibatlari mamlakat tashqarisiga chiqadigan, yoxud favqulodda vaziyat chet elda yuz bergan va O‘zbekiston hududiga daxl qiladigan favqulodda vaziyat tegishli bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasida asosan texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlardan-kimyoviy xavfli ob’ektlarda, energetika tizimlarida, gidrotexnika inshootlarida, sanoat va ishlab chiqarish korxonalarida, gaz sanoatlarida va transport vositalari bilan bog‘lik avriyalar hamda tabiiy turdagi favqulodda vaziyatlar-geologik xavfli hodisalar (zilzilalar, yer ko‘chishi, tog‘ jinslarining ko‘chishi, qor ko‘chishi) va gidrogeologik xavfli hodisalar (suv toshqinlari, suv to‘planishlari, sel)lar ko‘proq uchrab turadi (o‘quv qo‘llanmasining keyingi boblarida yuqorida qayd etilgan turdagi favqulodda vaziyatlarga kengroq to‘xtalib o‘tamiz).
Respublikamiz hududlarida uchraydigan tabiiy ofatlarning hosil bo‘lishida geofizik, geologik, gidrogeologik, atmosfera va boshqa omillar asosiy o‘rinni egallaydi. Ular oqibatida hayot xavfzligi buziladi, insonlar nobud bo‘ladi, iqtisodiyot ob’ektlariga turli darajada moddiy zarar yetkaziladi.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin