Maishiy – hayotiy ertaklarning mazmuni bevosita real hayotga bog`liqdir. Ularda real ijtimoiy voqelik hayotiy uydirma asosida tasvirlanadi, hayotiy real kishilar bosh qahramon bo`lib keladi. Maishiy-hayotiy ertaklar taxayyulotdan deyarli xoli bo`lib, ayrim hollardagina fantastik detallar uchrashi mumkin.
Maishiy-hayotiy ertaklarda voqelik makoni aniq shahar yoki qishloqda kechadi, aniq qahramon ishtirokida hz beradi. Ular mazmun-mundarijasi va g`oyaviy yo`nalishi, obrazlariga ko`ra sehrli-fantastik va hayvonlar haqidagi ertaklardan farq qiladi. Ularda aniq shaxsning o`z aql kuchi, tadbirkorligi, chidam va matonati, hksak insoniy fazilatlari tufayli murod-maqsadiga etishuvi ko`rsatib beriladi. SHu sababli maishiy-hayotiy ertaklar shjetini ijtimoiy-maishiy mazmundagi voqelik tashkil etadi. Ularning aksariyatida jamiyatdagi ijtimoiy kamchiliklar, nosozliklar, mehnat ahlining hukmron tabaqa vakillaridan noroziligi umumlashma obrazlarda ochib beriladi. “Ertaklar hech vaqt bekorchi, ermak narsalar emas,- deb yozgandi ulug` adib Muxtor Avezov,- ular hamma vaqt zo`r ijtimoiy va tarixiy ahamiyatga egadirlar. Bahaybat maxluqlar haqida hikoya qiluvchi ertak va afsonalar hamda bu boy janrning boshqa turli ko`rinishlarida u yoki bu davrning ijtimoiy, hayotiy kurashlari, xalq manfaatlari badiiy ifodasini topgandir.” Ularda ajdodlarimizning yashash va kurash sabog`i ifodalangan.
Ertaklar xalqning necha-necha ming yilliklar davomidagi hayotiy tajribalarini umumlashtirgan holda uning ijtimoiy ongida, estetik didida, axloqiy qarashlarida e`tiqodida kechgan o`sish-o`zgarishlarning badiiy tarixi sifatida ayricha ahamiyat kasb etgan. SHu bois hozir ham miriqib tinglanadi, sevilib o`qiladi, eng muhimi, navqiron avlodning ma`naviy-axloqiy kamol topishida beqiyos ta`sir ko`rsatib kelmoqda.
Ertaklar xalq ijodining epik turiga kiradi. Uning o’ziga xos xususiyati – voqeabandligi, biror voqeani mukammal hikoya tarzida bayon qilishidir. ertaklar turmush voqeligini ajoyib va g’aroyib, jozibali qilib, kishilarda badiiy zavq uyg’otadigan holda aks ettiradi.
Ertak fol’klor asari. SHuning uchun ham xalq og’zaki ijodiga xos barcha sifatlar: kollektivning ijodiy mahsuli bo’lib, ko’pchilik tomonidan aytilishi, og’zaki yo’l bilan tarqalishi, an`anaviylik, ijodchisining noma`lumligi – anonimlik, bir syujetning xalq orasida bir qancha variantlarda ijro etilishi – ertaklarga ham xosdir.
Turli davrlarda ertaklar ham turlicha o’zgarishlarga uchrab kelganlar. SHu sababdan ertaklarning g’oyaviy yo’nalishi, qahramonlarining vazifalari o’zgarib, yangidan-yangi versiyalar yuzaga kelib turadi. Buning ustiga har bir ertak aytilganda ijrochining ijodiy qobiliyati, dunyoqarashi, turmush voqeligini aks ettira olishi, ertak an`analarini qay darajada bilishi, tajribasi, psixologik holatlariga qarab turib yangidan tug’iladiki, natijada bir ertakning o’zi bir necha variantlarda xalq orasida yashab yuradi. ertaklarning badiiy formasi va poetikasi o’ziga xos bo’ladi.
Ertakchilar xayoliy «uchar gilamlar»ni aeroplanlar ixtiro qilinmasdan necha asrlar ilgari, afsonaviy tez harakatlarni parovoz, gaz va elektromotorlar bunyodga kelmasdan birmuncha vaqt ilgari bilgan edi… Fikrimcha, insonning ajoyib xususiyatlaridan biri – … «faraz»ni ham fantaziya, «uydirma» vujudga keltirib tarbiyalagan.
Fantastika ertak mezoni, uning joni va qonidir. ertaklar fantastikaning tutgan o’rni, me`yori va funktsiyasiga qarab ikki guruhga bo’linadi. Birinchi guruhga fantastika elementlari ustun bo’lgan ertaklar, ikkinchisiga esa, fantastika elementlari kuchsiz, element shaklida keladigan yoki umuman bo’lmaydigan, hayotiy uydirmalar asosida yaratilgan ertaklar kiradi. Hayvonlar haqidagi ertaklar bilan sehrli ertaklar syujeti ko’proq fantastik voqealar asosiga qurilgan. Maishiy va hajviy ertaklar syujeti asosida esa, hayotiy voqealar yotadi. Birinchi guruhdagi ertaklar («YOriltosh», «CHo’loq bo’ri», «Oltin sandiq» va boshqalar) tom ma`nodagi ibtidoiy tushunchalar mazmunini aks ettiradi. Ikkinchi guruhdagi ertaklar («Malikai Husnobod», «Uch og’ayni botirlar», «Uch yolg’onda qirq yolg’on») esa, asosan ijtimoiy mazmunni ifoda etadi.
Ertaklarda voqealar asosan mo’`jizali tarzda ifodalanadi. Binobarin, mo’`jiza yoki fantaziya voqea va hodisalarni hayot bilan bog’lab, haqiqat, ozodlik, to’g’rilik, odamiylik kabi didaktik g’oyalarni tashviq etadi, syujet rivojiga kuch bag’ishlaydi, tinglovchi e`tiborini o’ziga jalb qilib, ajoyibotlar olamiga olib kiradi, shirin tuyg’ular dunyosiga g’arq etadi.
Ertak ijrochiligining xarakterli belgilaridan biri shundaki, hikoya qilinayotgan voqea va hodisalar aytuvchi va tinglovchi tomonidan «bo’lgan voqea» deb emas, balki «muqarrar bo’lmagan hodisalar», deb tushuniladi. SHuning uchun ham ertaklarda voqea va hodisalarning bo’lib o’tgan o’rni va zamoni noaniq, umumiy tarzda ifodalanadi. Bundan tashqari, ertaklarning zamon va makon e`tibori bilan yuzaga kelgan o’rni ham turlicha. Ularning tili va stili shakl va mazmuniga ko’ra o’zaro farq qiladi. U yoki bu ertakni qaysi turga taalluqli ekanini aniqlash uchun uning asosida bo’lgan uydirmaning davr e`tibori bilan tashkil topgan o’rnini aniqlash, hayot haqiqatiga bo’lgan munosabati va asosiy funktsiyasini belgilash lozim bo’ladi. Masalan, sehrli ertaklar hamda hayvonlar haqidagi ertaklar bilan ishqiy-sarguzasht tipidagi yoki hajviy ertaklarning mustaqil janr sifatida tashkil topishi ham turli xil davrlarga to’g’ri keladi. SHuning uchun ham har xil davrda yaratilgan va turli xil jamiyat qatlamlari ta`sirini o’zida saqlagan «Kenja botir», «Qilich qora», «Qiron aka», «Malikai Husnobod», «Bulbuligo’yo», «Ur to’qmoq», «CHol bilan kampir», «Bo’ri bilan tulki», «Qo’ng’iz bikach», «Baxtli kal» kabi ertaklarning syujet sostavi, xarakteri, obrazlar sistemasi, tili va hikoya qilish uslubida o’xshash va farqli tomonlar mavjud. Negaki, ertak o’zining taraqqiyoti davomida ba`zi bir motiv, obrazlarni yo’qotishi, yangi-yangi belgilarni qabul qilishi mumkin, ba`zan esa an`anaviy elementlar yangicha talqin etilgan bo’ladi. Xullas, har bir ertakning syujet tuzilishi, uning g’oyaviy mazmuni, badiiy vositalarning o’ziga xos tomonlari u yoki bu davrni hamda u yoki bu turga xos xususiyatni ko’rsatib turadi. «Zumrab bilan Qimmat» yoki «Oltin tarvuz» kabilar, asosan sehrli ertaklardir. Biroq asosiy qahramonlar qiyofasi, ularning xatti-harakatlari hajviy ertaklarning bosh qahramonlarini eslatadi. Lekin bu ertaklarda hajviy ertaklarda bo’lganidek, aql-idrok, tadbirkorlik ustun emas, aksincha, fantastik uydirmalar asar echimida hal qiluvchi vazifalarni o’taydi. Bu belgi ularni hajviy ertaklardan ajratib turadi. Demak, satira va yumorni faqat hajviy ertaklarga xos belgi deb qaramaslik kerak. CHunki satira va yumor sehrli va hayvonlar haqidagi ertaklarda ham mavjud. Faqat bularning u yoki bu ertaklardagi mazmun darajasi, ishlatilish o’rni, maqsad, vazifalarini e`tiborga olish kerak. SHundagina u ertak qaysi bir turga xos ekanligi ma`lum bo’ladi.
Turli xalqlar ijodida o’xshash syujetli ertaklarni ko’p uchratish mumkin. Bunday ertaklarning tema va obrazlar sistemasi o’ziga xos aynanlikka ega. Bularni ko’proq «sayyor syujetli ertaklar» deb yuritiladi. Biroq ular qanchalik o’xshash bo’lmasin, badiiy shakl, obrazlar talqini, til vositalari jihatidan o’zaro farq qiladi. Ularda har bir xalqqa xos an`ana, milliy kolorit, falsafiy-estetik qarashlar namoyon bo’ladi. Bu xildagi o’xshash syujetlar u yoki bu xalqning bir xildagi iqtisodiy, ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot yo’lini bosib o’tganligidan kelib chiqadi.
Ertaklar o’ziga xos tuzilishi bilan ajralib turadi. Ayniqsa, kirish qism, boshlama, tugallamalar alohida ko’zga tashlanadi.
Kirish qismi, avvalo, ertakchining mahoratini ko’rsatadi, qolaversa, tinglovchilar diqqatini jamlab, ertak eshitishga hozirlaydi.
Boshlama ertakning dastlabki qismini ta`riflaydi. ertaklarda an`anaviy boshlama voqeaning qayvaqt bo’lib o’tganini bildirmaydi, noaniq, umumiy tarzda ifodalaydi: «Sizga bog’ bo’lsin, bizga hayot, zamonlarning zamonida, qadimlar ayyomida, bir podshohi zolim bor ekan». Ba`zan boshlama qisqa bo’ladi. «bir bor ekan, bir yo’q ekan, bir podachi bor ekan». Ba`zan esa, u voqelik bilan qo’shilib ketadi. «O’tgan zamonda bir podshoh yakka o’zi ovga chiqib, ov qilib yurib, uzoqda bir narsa ko’ribdi».
Hayotiy-maishiy ertaklarda esa boshlama nihoyatda ixcham va sodda. Bunda ham voqelikning bo’lib o’tgan vaqti noaniq. Biroq sirlilik sezilmaydi, hayotiylik hukmron. Voqea bo’lib o’tgan joy va qahramon nomi aniq hamda to’liq beriladi. Bu syujet asosini tashkil etgan voqea va hodisalarning realligini, tabiiyligini ko’rsatadi. «Zomin yurtida bir boy bor ekan, u boyning xizmatkori bo’lar ekan». «Boltaboy akasi Teshaboyni ochlikdan o’ldirgan zolim boydan o’ch olish uchun boyning hovlisiga qarab to’g’ri yo’l olibdi». Ko’rinadiki, boshlama bayonida personajlarning Kim ekani, kasb, amal, laqablari ma`lum bo’ladi.
Demak, hayot haqiqati bilan bog’liq bo’lib, fantastik hamda hayotiy uydirmalar asosiga qurilgan, didaktik g’oya tashuvchi og’zaki hikoyalar ertak deb ataladi. ertaklar obrazlar talqini, g’oyaviy mazmuni va konflikti, syujet va kompozitsiyasi, fantastik uydirmaning o’rni va funktsiyasi hamda tili va stiliga ko’ra shartli ravishda hayvonlar haqidagi etaklar, sehrli ertaklar, hayotiy-maishiy ertaklarga bo’linadi.
Hayvonlar haqidagi ertaklar. Hayvonlar haqidagi ertaklar qadim zamonlarda vujudga kelgan bo’lib, unda ibtidoiy tuzum davridagi insonning hayoti, mehnati, dunyoqarashi, tabiat haqidagi tushunchalari ifodalangan. Keyinchalik hayvonlar haqidagi ertaklarning bir qismi o’z ma`nosini yo’qotib, ko’chma ma`no kasb etdi – majoziy ertaklarga aylandi, ya`ni ba`zi qo’y, buzoq va echki singari hayvonlar orqali tadbirkor kishilar, bo’ri, tulki orqali ochko’z, yovuz, aldamchi, makkor kishilar obrazlari berilla boshladi.
Sehrli ertaklar. Sehrli ertaklarning yuzaga kelishi qadimiy tarixga ega bo’lib, ildizi boshlang’ich jamiyatga borib etadi. Ma`lumki, ibtidoiy inson noma`lum bo’lib ko’ringan tabiat hodisalari oldida talvasaga tushgan. Har qadamda uchraydigan xavf-xatarlar uning ruhiga ta`sir etgan. Ana shular dunyo haqida yuzaki mulohaza yuritishga va g’ayri tabiiy bo’lib ko’ringan hodisalarni o’zicha izohlashga majbur qilgan.
Hayotiy-maishiy ertaklar. Ular real, hayotiy uydirmalar asosiga qurilgan bo’lib, fantastika elementlari yordamchi motivlar shaklida namoyon bo’ladi. Hayotiy-maishiy ertaklar sehrli ertaklar asosidagi an`analardan kelib chiqqan va ko’p jihatlari ularga o’xshab ketsa-da, biroq ulardan real hayot voqealari asosida qurilganligi bilan ajralib turadi.
Hajviy ertaklar. Ular xuddi hayotiy-maishiy ertaklardek, ijtimoiy hayotda real asoslari bo’lgan hayotiy uydirmalar zaminiga qurilgan bo’lib, o’tkir satira va xushchaqchaq yumor asosiy xususiyatini belgilaydi. Syujet tuzilishi ixcham, voqea va hodisalar lo’nda ifodalanadi. Nаql – o`zbеk хаlq оg`zаki ijоdidа аlоhidа, mustаqil, kеng tаrqаlgаn jаnrlаrdаn biri. Turmushdаgi turli nаrsа vа hоdisаlаrni izоhlаshgа qаrаtilgаn ахlоqiy-didаktik mаzmundаgi, rаmz vа mаjоzgа аsоslаnuvchi kichik оg`zаki hikоyalаr nаql dеb hritilаdi.
Dostları ilə paylaş: |