Fayzieva mavluda xudayarovna shaxsda psixologik himoya mexanizmini shakllantirishning ijtimoiy-etnik asoslari


Tadqiqot natijalari asosida quyidagi tavsiyalar ishlab chiqildi



Yüklə 1,81 Mb.
səhifə68/79
tarix10.05.2023
ölçüsü1,81 Mb.
#110585
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   79
10.05.2023

Tadqiqot natijalari asosida quyidagi tavsiyalar ishlab chiqildi:
1. Har bir shaxsda muayyan darajada psixologik himoya tizimi shakllangan bo‘lib, – aynan shu subyektga ta’sir etuvchi ichki va tashqi mojarolar, bezovtalik, noqulaylik bilan bog‘liq bo‘lgan axborotlarni qabul qilmaslik va jarohatlovchi omillardan himoya qilishga qaratilgan shaxsning ongli psixologik munosabatlarini barqarorlashtirishning maxsus tizimi sifatida unga emotsional stressni bartaraf etish, tartibsiz xatti-harakatlarni oldini olish va qisqa vaqt ichida yangi ijtimoiy-psixologik sharoitlarga moslashish imkonini beradigan koping xulq-atvor (shaxsiy muammolarni hal qilish uchun yo‘naltirilgan ongli harakatlar) himoya mexanizmlari va strategiyalari bilan ta’minlashini e’tiborga olish zarur.
2. Tadqiqotimiz natijalarini tahlil qilish bizga psixolog mutaxassislar uchun psixologik himoyaning konstruktivlik xususiyatlari: jamiyatda qabul qilingan talablar, qoidalar va meyorlarga rioya qilish; faoliyat yuritishning asosi sifatida fikrlash va tasavvur jarayonlariga tayanish; faoliyat yuritishdan xabardorlik va refleks (aks ettirish) asosida o‘z hatti-harakatlarini nazorat qilish; psixologik himoya mexanizmlaridan o‘rinli foydalanish; tashqi ijtimoiy-psixologik moslashuvni ta’minlash va shaxsiy hayotiy muammolarni oqilona hal qilish mavjudligini taqozo etadi. Chunki, psixolog mutaxassislar faoliyati doirasidagi o‘zaro munosabatlarda konstruktiv psixologik himoyadan foydalanishlari insonlarni maqsadga muvofiq rivojlanishi va ijtimoiylashuvini ta’minlashga xizmat qiladi.
3. Psixologning faoliyati mutaxassisdan turli ijtimoiy guruhlar bilan professional muloqot qilish qobiliyatini, shuningdek, muayyan shaxsiy fazilatlarni va kasbiy bilimlarni talab qilishi bois, agar mutaxassis sodda va yaxshi shakllanmagan psixologik himoya mexanizmlaridan foydalanganda uning xotolarga yo‘l qo‘yishi, obro‘sizlanishiga olib keladi va bularning barchasi odamlar bilan muloqot qilishni qiyinlashtiradi. Shuning uchun psixologni kasbiy tayyorlash jarayonida ularda nafaqat professional bilim, ko‘nikma va qobiliyatlarni, balki konstruktiv psixologik himoya usullarini ham shakllantirishga zarurat mavjud.
4. Tadqiqotlarimiz tahlili talabalarda konstruktiv psixologik himoyani shakllantirishga yo‘naltirilgan “Shaxsning konstruktiv psixologik himoyasi muammolari” bo‘yicha kursni: ma’ruza, seminar, trening mashg‘ulotlari, individual va guruh maslahatlarini o‘tkazish zarurligini ko‘rsatdi. Talabalar ishini tashkil etishda quyidagi ish shakllari: talabalarning shaxsiy xususiyatlarini o‘rganish, psixologik himoya nazariyalari, xatti-harakatlarda psixologik himoyaning namoyon bo‘lishi va psixologik himoya mexanizmining konstruktiv usullariga tayanish maqsadga muvofiqligi asoslandi.
5. Tadqiqotimiz maqsadiga ko‘ra belgilangan psixologik va pedagogik sharoitlar:
- psixologik himoya tizimi haqida bilimlarni o‘rganish;
- shaxsning psixologik himoya tizimini shakllantirish;
- shaxs xususiyatlari va funksional jabhalarini tushunish bo‘lg‘usi psixologlarning konstruktiv psixologik himoyasini shakllantirishga samarali ta’sir qilganligi kuzatildi.
6. Psixolog mutaxassislar uchun “Shaxsning kasbiy faoliyat bilan bog‘liq o‘zaro munosabatlarida psixologik himoya mexanizmi diagnostikasi va korreksiyasi” nomli o‘quv – uslubiy qo‘llanma tayyorlab, oliy ta’lim tizimida ijtimoiy – gumanitar soha mutaxassislarini tayyorlashda foydalanish maqsadga muvofiqdir.



Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin