Adabiyotlar tahlili.
[1] maqolada oliy o‘quv yurtlarida oliy matematika fanini o‘qitishda zamonaviy
ta’limning interfaol usullaridan biri bo‘lgan “Kichik guruhlarda ishlash
metodikasi”dan foydalanish bo‘yicha fikr-mulohazalar bayon etilgan. Bu metodning
tuzilishi va qo‘llanilishi “Matritsalar va ular ustida amallar” mavzusini o‘qitish
misolida bayon etilgan. Shuningdek, matritsalar nazariyasining ilmiy yangiligi ko‘rib
chiqilgan, bu mavzuning boshqa fanlar uchun dolzarbligini asoslash uchun ishlatilishi
ko‘rsatib berilgan. Usulni qo‘llashning afzalliklari va kamchiliklari ham muhokama
qilingan.
[2] maqola matematika darslarida buyuk allomalar merosidan foydalanish
muammolarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Zamonaviy maktablarda matematika
darslarining turli shakllarini tashkil etishda buyuk ajdodlarimizning boy merosidan
foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berilgan. Al-Xorazmiy, Umar Xayyom, Al-Farg‘oniy
asarlaridan misollar keltirilib, ular faoliyati haqida ma’lumotlar keltirilgan. Beruniy,
Umar Xayyom, At-Tusiy asarlaridan foydalanish va ularning hisoblash ishlaridan
geometriya fanini o‘qitishda foydalanish haqida ham ma’lumotlar berilgan.
[3] maqolada bir qator nazariy va mantiqiy asoslarni beradi, ularsiz ko‘rsatkichli
tenglamalar va tengsizliklarni to‘g‘ri yechish mumkin emasligi qayd qilingan.
Ko‘rsatkichli tenglamalar va tengsizliklarning tipik variantlari, shuningdek, bunday
muammolarni hal qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar berilgan. Bunday tenglamalar va
tengsizliklarni to‘g‘ri o‘zgartirish va hal qilish imkonini beradigan foydali uslubiy
maslahatlar bilan birga ko‘plab muammolarning yechimlari ko‘rsatilgan. Muayyan
tenglamani (tengsizlikni) yechish uchun zarur bo‘lgan minimal nazariy bilimlar
berilgan.
[4] maqolada kombinatorika chekli to’plam elementlaridan hosil qilish mumkin
bo‘lgan har xil turdagi birikmalar bilan shug‘ullanishi aytib o‘tilgan. Hayotimizda
ko‘pincha bir nechta turli xil yechimlarga ega bo‘lgan masalalar mavjud va bizning
oldimizda yechimlarning barcha mumkin bo‘lgan hollarini ko‘rib chiqish muammosi
turishi qayd qilingan. Bunda barcha mumkin bo‘lgan takrorlanmaydigan hollar ko‘rib
chiqiladi va masalani yechishning qulay usulini topish kerakligi eslatib o‘tilgan.
563
[5] matematika fanini o‘rganish davomida ta’lim oluvchilarda ijodiy aktivlikni
tarbiyalash jarayoni zamonaviy maktab matematika o‘qituvchilari oldida turgan
dolzarb muammolarni bartaraf etish masalalari ko‘rib chiqilgan. O‘quvchilarda tarbiya
va matematik qobiliyatlarni rivojlantirishda muhim vositalardan biri bu masalalar
ekanligini inobatga olib, maqolada matematika fani olimpiadalarida tayyorlash
bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar, darslarni interaktiv metodlar yordamida tashkil etishga
doir ba’zi namunalar keltirilgan.
[6] maqola 3 qismdan iborat bo‘lib, o‘rta arifmetik va o‘rta geometrik qiymatlar
bilan bog‘liq tengsizliklar muhokama qilingan. e sonining ta’rifi va u bilan bog‘liq
tengsizliklar keltirilgan. Bunda monoton o‘suvchi va chegaralangan ketma-
ketliklarning xossalaridan foydalanilgan. Shuningdek, limitlarni hisoblashda
tengsizliklarning ba’zi tatbiqlari bayon qilingan.
[7] maqolada algebraik ifodalarni qo‘shish, ayirish va ko‘paytirishni interfaol
usullarni qo‘llash orqali o‘rgatish usullari berilgan. Ikkinchi darajali tenglamalar va
ularni yechish metodlari, ularning geometrik tasviri, kvadrat tenglamalarga
keltiriladigan masalalarni yechish bayon etilgan. G‘iyosiddin Abulfath Umar ibn
Ibrohim Xayyomning fan sohasiga qo‘shgan hissasi haqida ma’lumotlar keltirilgan.
[8] maqolada to‘garakning doimiy a’zolari soni va to‘garak mashg‘ulotlari
tashkil qilish yo‘llari haqida tavsiyalar berilgan. Parallel sinf o‘quvchilari uchun
to‘garaklar tashkil etilishi natijalari, mashg‘ulotlar davomiyligi haqida fikrlar qayd
qilingan. Mashhur Eyler formulasining ajoyib tatbiqi bayon qilingan. Mukammal
sonlar va sonning butun qismi hamda uning xossalari haqida ma’lumotlar keltirilgan.
[9] maqolada matematika fanidan o‘quv mashg‘ulotlarini samarali tashkil etish
bo‘yicha ayrim metodik tavsiyalar keltirilgan. Funksional analiz fanining “Chiziqli
operatorning spektri va rezolventasi” mavzusini o‘qitishda ayrim interfaol usullarning
qo‘llanilishi tadqiq qilingan.
[10-50] maqolalar ta’lim muassasalarida matematika fanlarini interfaol usullar
va ta’lim texnologiyalaridan foydalanib o‘qitish metodikasiga bag‘ishlangan.
Qo‘llanilgan medodlarning tavsifi, ularning yutuq va kamchiliklari ochib berilgan
hamda mavzuga mos metodlarni tanlash orqali asoslab berilgan.
|