tinchi, boyi kabi.
9. –qir, illa qo'shimchalari taqlidiy so'zlardan o'sha ishni bajarish
ma'nosidagi fe'lni yasaydi. Masalan: hayqir, o'shqir, piqilla, vichilla, taqilla,
chirqilla, chirilla, guvilla kabi.
10. –ka affiksi ot negiziga qo'shilib, negizdan anglashilgan predmetni
sezish ma'nosidagi fe'lni yasaydi. Bu qo'shimcha unumsiz bo'lib, ayrim
so'zlargina yasaladi. Masalan: iska.
11. –sa qo'shimchasi ham –ka qo'shimchasi kabi negizdan anglashilgan
predmetni istash ma'nosidagi fe'lni yasaydi. Bu qo'shimcha ham unumsizdir.
Masalan: suvsa kabi.
12. –dan, -lash qo'shimchalari ayni bir vaqtda ham fe'l, ham fe'lning biror
nisbat formasini yasaydi. Bu qo'shimchalar asosan, ot, sifat, sondan fe'l yasaydi.
Masalan: otlan, jonlan, zavqlan, ajablan, lazzatlan, bahslash, gaplash,
birlash, ikkilan, shodlan kabilar.
3. Fe'llarning sintaktik usulda yasalishi.
Sintaktik usul bilan murakkab fe'l hosil qilinadi. Murakkab fe'llarning
ikkinchi qismi har vaqt fe'l bo'lib, birinchi qismi fe'l bo'lishi ham, fe'ldan boshqa
so'z turkumi, masalan, ot, sifat va boshqalar bo'lishi mumkin. Murakkab fe'llar
birinchi qismning fe'l yoki fe'ldan boshqa so'z turkumiga oid bo'lishiga ko'ra ikki
turga bo'linadi:
a) birinchi tip murakkab fe'llar;
b) ikkinchi tip murakkab fe'llar.
Birinchi tip murakkab fe'llar fe'l bo'lmagan so'zlarning fe'l bilan birikishidan
tuziladi. Masalan, himoya qilmoq, oh urmoq, qo'l qo'ymoq, hurmat qilmoq, qaror
qil, ado et kabi. Birinchi tip murakkab fe'llarni yasashda et, ayla, qil, bo'l,
ko'makchi fe'llari, shuningdek, ber, qo'y, sol, chek, sur, ur kabi fe'llar ishtirok
23
etadi. Masalan, javob ber, qo'l qo'y, yod ol, nazar sol, imzo chek, umr sur, oh ur
kabilar.
Ikkinchi tip murakkab fe'llar kamida ikki fe'lning birikish usuli bilan
yasaladi. Bunda birinchi qism
Dostları ilə paylaş: |