Феъл сыз туркуми


 O'TGAN ZAMON RAVISHDOSHI



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/39
tarix05.01.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#78522
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   39
Феъл сыз туркуми

1. O'TGAN ZAMON RAVISHDOSHI. 
1. –b (-ib) va –gach (-kach, -qach) qo'shimchalari bilan yasaladi. Yozib, 
eslab, yozgach, tukkach, yoqqach, chiqqach kabi. O'tgan zamon fe'lining 
ba'zi turlari shu ravishdoshdan hosil qilinadi. O'qibman, o'qib edim. –b, -ib 
bilan yasalgan ravishdoshlarga –roq qo'shimchasi qo'shilishi mumkin. Bunday 
gapda qiyoslash ma'nosi bo'lsa, harakat belgisining ortiqligi, qiyoslash ma'nosi 
bo'lmasa, kamligi ifodalanadi. Masalan: Turg'unboy bugun kechagidan 
nisbatan shoshilibroq javob berdi, - belgi ortiq. Odamlarga o'xshashroq 
semurg' boshladi so'roq (H.O.) – belgi kamroq. Bu ravishdoshning bo'lishsiz 
formasi bormab(man), bormay, bormasdan yoki o'qimab(man), o'qimay, 
o'qimasdan kabi.
2. Fe'l negiziga –gach (-kach, -qach) qo'shimchalarini qo'shish bilan 
asosiy fe'ldan anglashilgan harakatdan ilgari bo'lib, uning bajarilish sababini yoki 


29 
paytini anglatadigan tuslanmaydigan ravishdosh yasaladi: o'qimagach, 
tikmagach, kabi. ravishdoshning bu turi hozirgi adabiy tilda kam ishlatiladi. 
Uning gapdagi vazifasi ham chegaralangan yoki ajratilgan hol vazifasidagi 
ravishdosh ob'yekti bo'lib keladi. Tong otgach, karvon yo'lga tushdi. Toqqa 
juda yaqinlashgach, biz o'tirib, dam oldik. Birinchi gapda ergash gapning 
kesimi, ikkinchi gapda o'ziga qarashli so'zlar bilan ajratilgan hol vazifasida 
kelgan ob'yektdir.
2. HOZIRGI ZAMON RAVISHDOSHI. 
Fe'l negizidan so'ng –y yoki –a qo'shimchalarini qo'shish bilan yasaladi. 
Bunda shaxsli fe'l ifodalangan asosiy harakat bilan bir vaqtda bo'lgan harakatni 
anglatadigan ravishdosh yasaladi. Yakka holda ishlatilganda, ravishdosh 
anglatgan harakatdan shaxsli fe'l anglatgan harakatga tezlik bilan o'tganlikni 
bildiradi. Masalan: Sultonmurod kela solib o'qishga kirishdi (O). Bo'lishsiz 
formasi asosiy harakatning bajarilishi holatini, shartini anglatadi. Masalan: O'z 

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin