32
buloq, ko'rar (ko'zim), yurar (yo'l) kabi. Sifatdoshning
bu turi hozirgi tilda
ko'proq tuslangan holda ishlatiladi:
aytarman, aytarsan kabi.
Predmetning kelasi zamonda bajariladigan harakat
belgisi hozirgi tilda
asosan
–digan qo'shimchasi bilan ifodalanadi. Bu qo'shimcha ravishdoshning
–
a (-y) qo'shimchasi bilan yasalgan turiga qo'shiladi. Masalan:
boradigan,
yuradigan, o'tlaydigan kabi. sifatdoshning bu turi ham tuslanadi.
Yuradiganman, yuradigan kabi. Eski o'zbek tilida kelasi zamon sifatdoshi
–jak
(-ajak), -gay (-kay, -qay), -gu (-g'u) qo'shimchalari va egalik qo'shimchasi
–asi
qo'shimchasi bilan ham yasalgan. Masalan:
kelajak, kelasi, kelgusi kabi.
4. HARAKAT NOMI.
Harakat nomi ish-harakatning atamasi bo'lib,
gapda otga xos vazifalarni
bajarishga mos bo'lgan fe'l shaklidir. Masalan:
o'qish, bormoq, o'ynash kabi.
Harakat nomi.
Bir tomondan, fe'lga xos bo'lgan o'timli-o'timsizlikka,
nisbat
kategoriyasiga va boshqarish xususiyatlariga ega.
Bundan tashqari,
harakat
nomida hozirgi-kelasi zamon ottenkasi ham bor. Bu ottenka qulay sharoitda aniq
zamon ma'nosiga aylanadi. Masalan:
Kitob olmoq uchun keldim, g'o'zani
Dostları ilə paylaş: