Feʼl
Fe'l so'z turkumi, harakat bildiruvchi so'zlar
Feʼl
— harakat bildiruvchi
soʻzlar turkumi
va shu turkumga oid har bir soʻz.
Grammatikada
"harakat" soʻzi keng
tushunchali boʻlib, nafaqat harakatni, balki
holat yoki hodisani ham bildiradi, mas:
yugurmoq, sakramoq, yigʻlamoq, uxlamoq,
oʻylamoq, sevmoq, tinchimoq, qurimoq
Feʼllar lugʻaviy maʼnoga ega yoki ega
emasligiga koʻra 2 turga boʻlinadi: mustaqil
Feʼllar, yordamchi Feʼllar. Mustaqil Feʼllar,
xuddi boshqa mustaqil soʻz turkumlariga
oid soʻzlar kabi, lugʻaviy maʼnoga ega
boʻladi, gapning mustaqil boʻlagi
vazifasida kela oladi va h.k. (qarang
Soʻz
turkumlari
). Yordamchi Feʼllar lugʻaviy
maʼnoga ega boʻlmaydi. Ular turli
yordamchi vazifalarda kelib, turli
qoʻshimcha maʼnolar ifodalash uchun
xizmat qiladi. Yordamchi Feʼllar oʻz
vazifasiga koʻra 3 asosiy turga boʻlinadi: 1)
feʼl yasash uchun xizmat qiluvchi
yordamchi Feʼllar: qil, et, ayla, boʻl (qabul
qilmoq, taklif etmoq, tamom boʻlmoq
kabi); 2) Feʼlning analitik shaklini yasash
uchun xizmat qiluvchi yordamchi Feʼllar
(bular, odatda, "koʻmakchi Feʼllar" deb
yuritiladi). Feʼlning bunday shakllari turli
grammatik
, modal va boshqa maʼnolarni
ifodalaydi: oʻqib boʻldi, koʻrib qoldi, qoʻrqib
ketdi va boshqa; 3) bogʻlama vazifasini
bajaruvchi yordamchi Feʼllar. Masalan, qil,
boʻl: sportchi boʻlmoq, oʻqituvchi boʻlmoq.
Hozirgi oʻzbek tilida yordamchi Feʼllardan
farklanuvchi "toʻliqsiz Feʼl" (lugʻaviy
maʼnosini tamomila yoʻqotgan, hozirgi
oʻzbek tilida maʼlum bir grammatik maʼno
va vazifalarda qoʻllanuvchi Feʼl)ning edi,
ekan, emish, esa shakllari ham qoʻllanadi.
Feʼl turkumi, boshqa soʻz turkumlari kabi,
oʻziga xos soʻz yasalishi va shakl yasalishi
tizimiga ega (qarang
Soʻz yasalishi
,
Shakl
yasalishi
). Yasama Feʼllar la, lan, lash,
lantir, lashtir affikslari hamda qil, et (ayla)
yordamchi Feʼllari bilan hosil qilinadi:
olqishlamoq, ruhlanmoq, birlashmoq, jabr
qilmoq, ruxsat etmoq.
Feʼllar oʻziga xos murakkab grammatik
kategoriyalar tizimiga ega. Xususiy
maʼnolari bilan oʻzaro farklanuvchi, bir
umumiy maʼnosiga koʻra birlashuvchi
shakllar tizimi Feʼlning grammatik
kategoriyalarini hosil qiladi.
Oʻzbek tilida
Feʼlning quyidagi
grammatik kategoriyalari
bor: nisbat kategoriyasi,
boʻlishliboʻlishsizlik kategoriyasi, mayl
kategoriyasi, zamon kategoriyasi,
shaxsson kategoriyasi.
Nisbat kategoriyasi — harakatning subʼyekt
va obyektga munosabatini koʻrsatuvchi
grammatik kategoriya. Harakatning
subʼyekt va obyektga munosabatini
koʻrsatishiga koʻra nisbat kategoriyasining
5 turi farklanadi: bosh nisbat; oʻzlik nisbati;
orttirma nisbat; majhul nisbat; birgalik
nisbati. Har bir nisbat shakli maxsus
qoʻshimcha yerdamida yasaladi. Faqat
bosh nisbat maxsus yasovchi
(koʻrsatkich)ga ega emas. Bosh nisbat
harakatning ega bilan ifodalangan shaxs
yoki predmet tomonidan bajarilishini
bildiradi: oldi, keldi, soʻrayapti va boshqa
Oʻzlik nisbati shakli (i)n, (i)l qoʻshimchalari
yerdamida yasaladi va harakatning
subʼyektning oʻziga obyekt sifatida
karatilganligini yoki subʼyektning oʻzi
doirasida yuzaga kelishini (bajarilishini)
bildiradi: maqtanmoq, koʻrinmoq, tugʻilmoq
va boshqa Orttirma nisbat shakli dir, ir, t
affikslari yerdamida yasaladi va obyektsiz
Feʼlni obyektiv Feʼlga aylantiradi, obyektli
Feʼldan yasalganda esa unga yana obyekt
qoʻshilganini bildiradi: keltir, kuldir, ichir,
oʻqit va boshqa Majhul nisbat shakli (i)l,
(i)n qoʻshimchalari bilan yasaladi va asosiy
eʼtiborni harakatning bajaruvchisiga emas,
balki obyekt bilan harakatning oʻziga
qaratilishini bildiradi: keltirildi, tozalandi.
Bu nisbat shakli obyektsiz (oʻtimsiz)
Feʼllardan yasalganda, shaxssizlik maʼnosi
ifodalanadi: (koʻprikdan) oʻtildi,
(mehmonga) borildi va boshqa Birgalik
nisbati sh affiksi yerdamida yasaladi va
harakatning birdan ortiq shaxs tomonidan,
birgalikda bajarilishini bildiradi: (yer)
haydashdi, (meva) terishdi va boshqa
Demak, nisbat shaklining oʻzgarishi bilan
harakatning subʼyekt yoki obyektga
munosabatida oʻzgarish boʻladi. Boʻlishli
boʻlishsizlik kategoriyasi — harakatning
tasdiq yoki inkori maʼnosini ifodalovchi
shakllar tizimi. Bu kategoriyaning oʻzaro
zidlik hosil qiluvchi 2 jihati bor: boʻlishlilik
va boʻlishsizlik. Boʻlishli Feʼlning maxsus
koʻrsatkichi yoʻq (nol koʻrsatkichli).
Boʻlishsiz Feʼl shakli esa ma affiksi
yerdamida yasaladi: keldi (boʻlishli shakl)
— kelmadi (boʻlishsiz shakl). Boʻlishsizlik
(inkor) maʼnosi "yoʻq" soʻzi va "emas"
toʻliqsiz Feʼli bilan ham ifodalanadi:
borgani yoʻq, borgan emas.
Mayl kategoriyasi — harakatning voqelikka
munosabatini soʻzlovchi nuqtai nazaridan
belgilovchi grammatik kategoriya. Oʻzbek
tilida maylning quyidagi turlari bor: 1)
buyruqistak mayli: ayt, aytgin, ayting kabi;
2) shart mayli. Bu mayl shakli sa affiksi
yerdamida yasaladi: borsam, borsang,
kursa kabi; 3) shartli mayl — bajarilishi
shart ergash gapdan anglashilgan
harakatning bajarilishiga bogʻliq boʻlgan
(shartlangan) harakatni bildiruvchi mayl.
Bu mayl shakli (a)r edi, maye edi
yerdamida yasaladi va bu shakldagi Feʼl
bosh gapning kesimi boʻlib keladi: Vaqting
boʻlsa, kinoga borar edi k. Imkoning boʻlsa,
bunday qiynalib yurmas eding; 4) maqsad
mayli. Bu mayl shakli moqchi affiksi
yerdamida yasaladi va harakatni
bajarishbajarmaslik maqsadini bildiradi:
soʻramoqchiman, oʻqimoqchiman,
aytmoqchi emasman; 5) ijro mayli —
harakatholatni uning bajarilishi (ijrosi)
bilan kar uch zamondan birida
ifodalaydigan mayl. Bu mayl turi zamon va
shaxsson koʻrsatkichlari orqali
shakllanadi: oʻqidim, oʻqiyapman,
oʻqiyman; koʻrganman, koʻrgansan,
koʻrgan.
Zamon kategoriyasi — harakatning nutq
paytiga munosabatini bildiruvchi
grammatik kategoriya. Harakatning nutq
paytiga munosabatiga koʻra Feʼlning 3
zamon turi farqlanadi: oʻtgan zamon —
keldi, oldim; hozirgi zamon • — kelyapman,
kelyapti; kelasi zamon — kelaman, olasan
va boshqa
Shaxsson kategoriyasi — harakatning 3
shaxs (soʻzlovchi, tinglovchi, oʻzga)dan
biriga oidligi maʼnosini bildiruvchi
grammatik turkum: keldi m (birinchi shaxs,
birlik), keldik (birinchi shaxs, koʻplik),
kelding (ikkinchi shaxs, birlik), keldingiz
(ikkinchi shaxs koʻplik).
Oʻzbek tilida Feʼlni maʼlum bir vazifaga
xoslovchi shakllar ham mavjud. Bular:
sifatdosh (qarang), ravishdosh (qarang),
harakat nomi (q) shakllaridir.
Bulardan tashqari Feʼlning turli modal
maʼno, takror maʼnosi va boshqa
maʼnolarni bildiruvchi shakllari ham bor.
Ular maxsus qoʻshimchalar, koʻmakchi
feʼllar yerdamida hosil qilinadi: keta qol,
ketib qoddi, keta koʻrmoq, turtkilamoq,
qoʻrqinqiramoq, kulimsiramoq va boshqa
Feʼllar qanday grammatik shaklda
qoʻllanishiga qarab gapning turli boʻlagi
vazifasida keladi. Mas, mayl, zamon,
shaxsson paradigmasiga mansub
shakllardan birida qoʻllanganda — kesim
vazifasida; sifatdosh, ravishdosh
shakllarida — anikdovchi, hol vazifasida;
harakat nomi shaklida esa ot turkumiga
oid soʻzlarga xos vazifalarda keladi.
Azim Hojiyev.
Dostları ilə paylaş: |