№4 2022
180
FE’LNI O‘RGANISH METODIKASI
Abdukodirova Zilolaxon Tulkunovna
Qo‘qon shahar 31-maktab Boshlang’ich sinf o‘qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.7249347
Annotatsiya:
Boshlang’ich sinf o‘quvchilariga fe’l turkumiga oid so‘zlarni
o‘qitish usullari bilan tanishish. Maqollar orqali so‘zlarni mazmunini tushuntirish.
Boshlang’ich sinf darsliklaridagi fe’lga oid mashlarni tahlil etish.
Kalit so‘zlar:
So‘z, gap, fe’l, vosita, vazifa, so‘roq, bilim, ko‘nikma, malaka, til,
xalq, asar, tahlil, izoh, ibora.
Fe’l
ustida ishlashda izchillik, bo'limlar orasidagi bog'lanish, dastur
materialining hajmi, uni har bir sinfda o'rganish usullari va vositalari shu so'z
turkumini o'rganish
vazifasi, uning lingvistik xususiyatlari va kichik yoshdagi
o'quvchilaming bilish imkoniyatlariga qarab belgilanadi.
18
,,Fe’l“ mavzusini o'rganishda asosiy vazifalar: so'z turkumi sifatida fe’l haqida
dastlabki tushunchani shakllantirish, o'quvchilar nutqini fe’llar bilan boyitish hamda
og'zaki va yozma nutqda fe’ldan to'g'ri foydalanish ko'nikmasini o'stirish,
o'quvchilaming aqliy
faoliyatini rivojlantirish, grammatik mavzu bilan bog'liq holda
ayrim imloviy qoidalarni o'zlashtirish hisoblanadi. Bu vazifalar bir-biri bilan bog'liq
holda hal etiladi.
19
O‘quvchi so‘zlarni ma’nosini tushunmasa ham nutqida qo‘llay
oladilar.
Fe’lning lingvistik
xususiyatlari xiyla murakkab, shuning uchun boshlang'ich
sinf o'quvchilari faqat uning muhim nazariyalari bilan tanishtiriladi. Material
tanlashda shu materialning nutq va imloga oid vazifalarni
hal qilishda qanchalik
zarurligi hisobga olinadi.
20
Fe’lni o'rganishda izchillik. 1-sinfda fe’l ustida ishlash. Fe’l ustida ishlashga
tayyorgarlik savodga o'rgatish davrida boshlanadi. Bu davrda o'quvchilaming diqqati
fe’lning leksik ma’nosiga
qaratiladi; fe’l uchun tipik hisoblangan leksik ma’nosiga
qaratiladi; fe’l uchun tipik hisoblangan leksik-grammatik ma’noni, ya’ni predmetning
harakatini bildirishni umumlashtirish imkonini beradigan aniq material yig'iladi.
21
18
K. Qosimova|, S.M atchonov, X. G'ulom ova, Sh. Yo'ldosheva, Sh. Sariyev. Ona tili o‘qitish metodikasi — Т.:
«NOSHIR», - 2009. 267 b.
19
K. Qosimova|, S.M atchonov, X. G'ulom ova, Sh. Yo'ldosheva, Sh. Sariyev. Ona tili o‘qitish metodikasi — Т.:
«NOSHIR», - 2009. 267 b.
20
O’sha asar 268 b.
21
K. Qosimova|, S.M atchonov, X. G'ulom ova, Sh. Yo'ldosheva, Sh. Sariyev. Ona tili o‘qitish metodikasi — Т.:
«NOSHIR», - 2009. 267 b.