Ferment preparatlari qandolatchlik Sohasida qo’llanilishi. Hozirgi kunda oziq-ovqat sanoatining turli sohalarida, turli bosqichlarida ferment Preparatlaridan juda keng foydalanilmoqda. Ferment preparatlari qandolatchlik Sohasida ham qo’llaniladi. Unchalik ko’p miqdorda bo’lmasa ham ularning rolini Baholash juda qiyin. Turli xil texnologik effektlarning muvaffaqiyatli chiqishida, Ishlab chiqarishning iqtisodiy yuksalishida va tayyor mahsulotlarga istalgan Moddalarni qo’shishda juda katta ahamiyatga ega[2]. Vafli ishlab chiqarish sanoatida vafli xamirining teng miqdorda bo’linishi, Shishlar bo’lmasligi, va tayyor mahsulot sifatining yaxshilanishi uchun, xamir Chiqimini tejamliligi uchun xamir tarkibidagi moddalarning teng miqdorda Taqsimlanishi va yopishqoqligi kam bo’lishi kerak. Ko’p miqdorda kleykovina Saqlovchi undan foydalanganda vafli ishlab chiqarishda xamir bo’rtib qoladi, Kleykovina ba’zan seperatordan o’tkaziladi. Shungacha bu muammoni hal qilishda AB Enzymes kompaniyasi eng yaxshi yechim – proteaza va gemisellulozadan Iborat Veron® W mahsus ferment preparati kompleksini ishlab chiqmaguncha turli Xil proteazalardan foydalanilgan. Proteaza komponenti sababli xamir birmuncha Yopishqoqroq, gemiselluloza sababli esa yanada kamroq yopishqoq va bir jinsliligiga Olib keldi. Ikkala preparat komponentlarining birgalikda qo’llanilishi natijasida xamir Tarkibidagi suvning miqdorini 15%gacha pasaytirish mumkin. 100g unga Veron® W preparatning tavsiya etiladigan miqdori Ukrainada 20-50g ni tashkil etadi. Emulsiyaga uning tayyorlanish davrida solinadi[2]. Vafli tayyorlash texnologiyasi esa O’zgarmasdan qoladi. Turli xil ko’rinishdagi pechenye va krekerlar uchun kamroq miqdorda Kleykovina saqlovchi undan foydalangan eng yaxshi variant hisoblanadi. Bunday Undan tayyorlangan xamir mahsulotlari pishish davrida Deformatsiyalanmaydi. Proteazalarning qo’shilishi natijasida esa kuchliroq undan Foydalanish mumkin, tayyor mahsulotlar yuzasi silliq, g’ichirlashi yoqimli, va bir xil Rangli bo’lib chiqadi. Bunday tekis qirrali, bir xil o’lchamli va massali mahsulotlar O’ramli mahsulot ishlab chiqarish uchun zaruriy shart hisoblanadi. Bunday proteazalar O’tkir zaharlilik xususiyatiga egaligi uchun allaqachon ko’pchilik mamlakatlarda Foydalanish taqiqlab qo’yilgan natriy metabisulfat o’rnini olishlari mumkin.Invertaza fermenti pomadkali, pralinli, kremli, likerli nachinkalardan Tayyorlangan shokoladli konfetlar va marsipanlarning uzoq vaqt sifatinini Yo’qolmasligini ta’minlaydi. Konfetning ustki qismi quyilgandan keyin keyingi qayta Ishlash va silliqlash ishlarini yaxshiroq o’tkazish uchun yetarli darajada qattiq bo’lishi Kerak. Shunga qaramay, savdo tizimida sotish uchun eng avvalo xaridorlarning E’tiborini jalb qiladigan, konfetning ustki qismi yumshoq, yarim suyuq yoki suyuq Holda bo’lishi zarur. Drojjali invertaza ning pog’onali uzun inversion protsessi Natijasida talab etilayotgan korpusni to saqlash muddatigacha ushlab turish mukin. Bu Preparatning qo’llanilishi natijasida marsipananing turlarini, turli xil pomadkali Kremli, pralinli nachinka( qiyom)larni vaflili konfetlarni yumshoq holda saqlashga, Tortlar va ruletlarni qatlamlashga imkon yaratildi. Marsipan va pomadkali konfetlar Uchun 100g quruq moddaga nisbatan 15-30g ni tashkil qiladi[2]. Fermetlar oziq-ovqat sanoatida muhim ahamiyatga ega bo’lib, turli sohalarda Qo’llanishini ko’rishimiz mumkin. Donlarni qayta ishlash sohasida. Un chiqishining Ko’payishi, kleykovina sifatining yaxshilanishida, don-dukkakli ekinlardan olinadigan Modifikatsiyalangan un ishlab chiqarishda. Un chiqimini kamaytirishda, xamirni Yaxshilashda, mahsulotlarning suvsizlanib qotib qolishini sekinlatishda, non qirralari Rangini yaxshilashda, sovutilgan va muzlatilgan xamir ishlab chiqarishda. Filtrlashni Yaxshilashda, kam kaloriyali pivo ishlab chiqarishda, pivoni stabilizatsiyalashda.Sutni Koagulyatsiyalash, pishloq ishlab chiqarishda tarkibida shirdon suvi bo’lgan fermentni Almashtirish, sut oqsilini modifikatsiyalashda keng qo’llaniladi.
[2]Zikryaev A., Mirxamidova P. Biologik kimyo va molekulyar biologiya. Darslik. T.: Tafakkur bo‟stoni. 2013. -223 b
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
Davronov Q., Xojamshukurov N.A. Umumiy va texnik mikrobiologiya. T.: O„zbekiston ensiklopediyasi. 2004. -279 b. Ilm ziyo. 2014. -335 b.qism). Tafakkur Bo„stoni. 2013. – 224 b.
Zikryaev A., Mirxamidova P. Biologik kimyo va molekulyar biologiya. Darslik. T.: Tafakkur bo‟stoni. 2013. -223 b