Biosensorlarni asosiy biotexnologik elementi sifatida ko’pincha turli xil fermentlardan foydalaniladi. Elektrokimyoviy, kolorometrik va optik biosensorlar ishlab chiqarishda xususan: glyukozosidaza, laktooksidaza, peroksidaza, uriaza, S sitoxrom fermentlari ishlatilmoqda. Gazli fazada biosensorlarda formaldegidgidrogenazalar (formaldegid juftini aniqlash uchun) va xolinesterazalardan (fosfororganik pestisidlarni aniqlash uchun) muvaffaqiyatli qo’llanilmoqda. Keyingi vaqtda biotexnologiyaning bu sohasida asosiy o’rinlardan birini biosensorlarning yangi avlodi immunosensorlar egallay boshladi.

Biosensorlarning - biologik reseptorlarning turli xil elektrodlar birikmalarini yaratish katta istiqbolli va yangi yo’nalishdir. Bozorda (sabzavot va mevalar tarkibidagi nitrat, nitrit va xilma xil yadoximikatlarni aniqlash uchun) biosensorlarga talab kundan kunga uzluksiz ortib bormoqda, bunga quyidagi ko’rsatkichlar guvohlik beradi: 1986 yilning o’zidagina AqSH da biosensorlar ishlab chiqarish umumiy miqdori 14,4 mln. dollarni tashkil etgan bo’lsa, 1991 yilga kelib esa 365 mln. dollarni tashkil etganligi qayd etilgan. Mutaxassislar ta’kidlashlaricha bu usuldan foydalanish Yaponiya va Evropa davlatlarida ham keng tarqalmoqda. Biosensorlarning - biologik reseptorlarning turli xil elektrodlar birikmalarini yaratish katta istiqbolli va yangi yo’nalishdir. Bozorda (sabzavot va mevalar tarkibidagi nitrat, nitrit va xilma xil yadoximikatlarni aniqlash uchun) biosensorlarga talab kundan kunga uzluksiz ortib bormoqda, bunga quyidagi ko’rsatkichlar guvohlik beradi: 1986 yilning o’zidagina AqSH da biosensorlar ishlab chiqarish umumiy miqdori 14,4 mln. dollarni tashkil etgan bo’lsa, 1991 yilga kelib esa 365 mln. dollarni tashkil etganligi qayd etilgan. Mutaxassislar ta’kidlashlaricha bu usuldan foydalanish Yaponiya va Evropa davlatlarida ham keng tarqalmoqda.