Fermer xo’jaliklarida mehnat resurslaridan foydalanish. Mehnat unumdorligi tushunchasi, uning omillari va mehnat unumdorligini oshirishning rezevlari
Fermer xo’jaligida mehnat unumdorligini oshirish
Reja:
Kirish
Asosiy qism
1. Fermer xo’jaliklarida mehnat resurslaridan foydalanish.
2. Mehnat unumdorligi tushunchasi, uning omillari va mehnat unumdorligini oshirishning rezevlari.
3.Mehnat unumdorligining ko’rsatkichlari va uni oshirish yo’llari.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Mamlakatimizning qishloq xo‘jalik mahsulotlariga bo‘lgan barcha talablarini qondirishda jonli va buyumlashgan mehnatning ahamiyati ulkan. Chunki u qiymatni yaratadi, qolaversa, insonning ongli-maqsadga yo‘naltirilgan faoliyatidir. U bilan mehnat predmetlari hamda vositalari uyg‘unlashgan holda ish jarayoni amalga oshiriladi. Bu jarayonning mahsuli qiymat hisoblanadi. Demak, talabni qondira olish qobiliyatiga ega bo‘lgan mahsulotlarni etishtirish, xizmatlarni bajarish insonning jonli faoliyati (mehnati) bilan mehnat predmetlari va vositalarining maqsadga muvofiq bog‘lanishiga bog‘liq. Ya’ni, inson mehnati + yer + traktor + chigit (urug‘) + yoqilg‘ilar ijobiy bog‘lanishi natijasida paxta yoki bug‘doy va boshqa qishloq xo‘jalik mahsulotlari etishtiriladi. Ularning miqdori, sifati bevosita yuqoridagi omillarga bog‘liq. Lekin inson va uning ongli faoliyati bo‘lmasa hyech qanday mahsulot yaratilmaydi, ish yoki xizmat bajarilmaydi. Shunday ekan, faqat inson o‘zining ongli faoliyati bilan mahsulotlarni yaratadi, ishlarni, xizmatlarni bajaradi.
Insonning jismoniy va aqliy faoliyati mehnat hisoblanadi. Mehnat ongli faoliyat natijasidir. Ishlab chiqarishning samaradorligi ko’p jihatdan mehnatning holatiga bog’liq. Agarda qilinayotgan mehnat rozilik bilan, katta qoniqish bilan bajarilayotgan bo’lsa, uning unumdorligi ham yuqori bo’ladi. Har bir mamlakat aholisining mehnat qilish qobiliyatiga ega qismi, uning mehnat resurslarini tashkil etadi. O’zbekiston aholisining 51 foizga yaqini mehnat resurslarini tashkil etadi. Qishloq xo’jaligi korxonalari mehnat resurslari asosiy va yordamchi guruhlarga bo’linadi. Asosiy mehnat resurslariga 16 yoshdan 60 yoshgacha bo’lgan erkaklar kiradi. YOrdamchi mehnat resurslariga 14-16 yoshdagi o’smirlar va nafaqa yoshidagi ayol va erkaklar kiradi. Ulardan asosan qishloq xo’jaligi mavsumiy davrlarida foydalaniladi.
Fermer xo’jaligida a’zolar va yollanma ishchilarning mehnat qilishi O’zbekiston Respublikasining «Mehnat kodeksi», «Fuqarolik kodeksi» va «Fermer xo’jaligi to’g’risida»gi Qonun asosida tartibga solinadi. Fermer xo’jaligida ishlovchiga ham qonunda ko’rsatilgan huquq va majburiyatlar, imtiyozlar tadbik etiladi.
Fermer xo’jaligida mehnat munosabatlarining asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:
Fermer xo’jaligi va uning hodimlari o’rtasidagi mehnatga oid munosabatlar qonun hujjatlariga muvofiq mehnat shartnomasi (kontrakti) bilan tartibga solinadi.
Fermer xo’jaligidagi ish tartibi xo’jalik boshlig’i tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi. Fermer xo’jaligi hodimlarining mehnat faoliyati hisobini olib borish xo’jalik boshlig’i tomonidan tashkil etiladi.
Fermer xo’jaligi hodimlarining mehnatiga haq to’lash taraflarning kelishuviga ko’ra pul hamda natura tarzida qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqidan oz bo’lmagan miqdorda belgilanadi.
Fermer xo’jaligining boshlig’i va hodimlari davlat ijtimoiy sug’urtasidan o’tkaziladi. Ularga davlat ijtimoiy sug’urtasi bo’yicha nafaqalar va pensiyalar tayinlash hamda to’lash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va shartlar aossida amalga oshiriladi.
Fermer xo’jaligida mehnat munosabatlarining buzilishi holatlari:
-fermer a’zolariga ish haqini natura shaklida to’lab, buxgalteriya hisobotida ko’rsatmaslik;
-yollanma ishchi kuchidan shartnoma tuzmasdan foydalanish;
-hodimlarga qonun hujjatlarida ko’rsatilgan imtiyozlar (kasallik davrida ish haqi, dekret ta’tili uchun haq to’lanishi va x.k.) bermaslik kabi shakllarda yuz beradi.
Vazirlar Maxkamasining 476-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Fermer xo’jaligida hodimlarni yollash to’g’risida Namunaviy shartnoma» keltirilgan bulib, bunday shartnoma tuzishda amaldagi shart-sharoit va xususiyatlar hisobga olinishi lozim.
Fermer xo’jaligida hodimlar va yollanma ishchilarni ishlatishda quyidagilarga e’tibor beriladi:
-fermer xo’jaligida hodimlar va yollanma ishchilarni ishlatishda mehnat shartnomasi tuzilishi shart;
-hodimlar mehnatiga haq to’lash tomonlarning kelishuviga ko’ra pul yoki natura shaklida, lekin eng kam oylik ish haqidan kam bo’lmasligi lozim;
-hodimlarga nafaqa, pensiya tayinlash va boshqa imtiyozlar to’liq berilishi lozim.
«Fermer xo’jaligi to’g’risida»gi qonunning 23-moddasi «Fermer xo’jaligida mehnat» deb nomlanadi. Ushbu moddada mehnatga jalb qilish, haq to’lash, sug’urta badallarini to’lash kabi umumiy qoidalar belgilangan. Ularni qanday rasmiylashtirish va amalga oshirish bo’yicha Mehnat Kodeksidan hamda Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 30 oktyabrdagi 476-son qarori bilan «Fermer xo’jaligi hodimlarini yollash to’g’risidagi namunaviy shartnoma» tasdiqlangan hujjatdan foydalaniladi.
Bunda ish beruvchi (fermer) va hodimning huquq va majburiyatlari, ishning aniq ko’lami va unga to’lanadigan ish haqining turi va miqdori, ishning tartibi va boshqa kelishuvlar yoziladi hamda ikkala tomonning imzolari qo’yiladi.
Fermer xo’jaliklari oilaviy xo’jaliklar bo’lganligi sababli, ularda mehnat qilayotganlarning aksariyati oila a’zlari hisoblanadi. «Fermer xo’jaligi to’g’risida»gi qonunga muvofiq, fermer xo’jaligi boshlig’i 18 yoshga to’lgan, tegishli malaka va ish tajribasiga ega bo’lgan, muomalaga layoqatli, mazkur xo’jalik a’zolaridan biri bo’lishi mumkin. Xo’jalik faoliyatini yuritishda fermer qo’shimcha ish kuchini jalb etib, shartnoma asosida ishlaydigan ishchilar mehnatiga haq to’lash qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqidan oz bo’lmagan miqdorda, taraflarning kelishuviga binoan pul va natura shaklida amalga oshiriladi. SHu bilan birga yollanma ishchilar fermer xo’jaligi roziligi bilan pul yoki boshqa xil ulushini kiritishga ham qo’shgan ulushiga munosib ravishda xo’jalik daromadi (foyda) taqsimotida qatnashishi mumkin.
Fermer xo’jaligi a’zolari hamda shartnoma asosida ishlayotgan ishlovchilar Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligi huzuridagi «Nafaqa» jamg’armasiga badallar to’lagan taqdirda, mehnat daftarchasi belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan holda ularning ish vaqti mehnat stajiga qo’shiladi va pirovard natijada nafaqa olishlari mumkin.
Respublika qishloq xo’jaligida fermer xo’jaliklari ulushi ortishi munosabati bilan fermer xo’jaliklarida mehnatga qobiliyatli qishloq aholisining salmog’i ortib borishi kengaymoqda. Masalan, fermer xo’jaliklari soni 2003 yilda 87552 tabo’lgan bo’lsa, 2007 yilga kelib, 215 mingdan ortib ketdi. Unda ishlovchilar soni 603 ming kishidan 1,9 mln kishiga yetdi.
Mehnat unumdorligi tushunchasi, uning omillari va mehnat unumdorligini oshirishning rezevlari
Dostları ilə paylaş: |