Fermer xo‘jaliklarida serviz xizmatlarini rivojlantirish imkoniyatlari. Reja



Yüklə 54,36 Kb.
səhifə1/8
tarix22.05.2023
ölçüsü54,36 Kb.
#119616
  1   2   3   4   5   6   7   8
Fermer xo‘jaliklarida serviz xizmatlarini rivojlantirish imkoniyatlari.111


Fermer xo‘jaliklarida serviz xizmatlarini rivojlantirish imkoniyatlari.
Reja:
Kirish
1. Qishloq xo‘jaligini rivojlantirishda olib borilayotgan
islohotlarning mohiyati
2. Xalq xo‘jaligi iqtisodiyotida fermer xo‘jaliklarining o‘rni va vazifalari

  1. Fanning maqsadi, vazifasi, predmeti, fanlar bilan aloqasi vausullari

  2. Fermer xo‘jaligini rivojlantirish yo‘llari

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati


Kirish
Mustaqillik sharofati bilan O‘zbekiston Respublikasi xalq xo‘jaligining asosiy tarmog‘i bo‘lgan agrar sohani rivojlantirishda qator iqtisodiy islohotlar olib borildi. Qishloq xo‘jaligida mulkchilikka asoslangan
erkin tovar ishlab chiqaruvchi subyektlar shakllandi. Agrar sohadagi xo‘jalik yuritishning bu turli shakllari kooperativ(shirkat), fermer, dehqon xo‘jaliklari bo‘lib, respublika qonunchilik organlari tomonidan ularning huquqiy asoslari yaratilib, xalq muhokamasidan so‘ng qonuniy asos sifatida amaliyotda o‘z ijobiy natijalarini bermoqda.
Muhtaram Prezidentimiz I. Karimov tomonidan ishlab chiqilgan davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi dasturlarining asosi bo‘lgan bozor va bozor munosabatlari asosida har bir tarmoqni rivojlantirish orqali yuqori samarali natijalarga erishish ko‘zda tutilgan. Ayniqsa, agrar tarmoqni rivojlantirishda bu dasturning bajarilishi o‘z samarasini berib kelmoqda. Avvalo, dehqonning ishlab chiqarishga va mulkka egalik hissining ortishi, erkin iqtisodiy faoliyat yuritishi, daromad olishi, uni o‘z imkoniyatlarida erkin taqsimlashi hamda tasarruf etish imkoniyati yaratildi. Respublika agrar sohasida faoliyat yuritayotgan fermer xo‘jaliklari boshqa subyektlarga nisbatan, amaliyotda o‘zining bir qancha ijobiy hamda iqtisodiy ustunliklarini ko‘rsatdi. Bu esa bozor munosabatlarida qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirishni ko‘paytirish va uning samaradorligini oshirishdagi afzalliklari bilan bugungi istiqbolli xalq xo‘jalik yo‘nalishiga mos kelishini inobatga olib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 24-martdagi «Qishloq xo‘jaligida islohotlarni chuqurlashtirishning asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida»gi PF3226-sonli Farmoni qabul qilinib, unda fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish ustuvor yo‘nalish qilib belgilandi. Farmonni amaliyotga tatbiq qilish bo‘yicha fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish ko‘zda tutildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 27-oktabrdagi PF-3342-sonli «2004-2006- yillarda fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish konsepsiyasi to‘g‘risida»gi Farmoniga asosan, Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 30-oktabrdagi 476-sonli «2004-2006- yillarda fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish konsepsiyasinini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi va 2004-yil 24-dekabrdagi 607-sonli «20052007- yillarda fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarorlari qabul qilindi. Ushbu qarorlar bilan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarning asosiy shakli sifatida fermer xo‘jaliklarini tashkil etish va ularning faoliyati uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, qishloqda bozor infratuzilmasini kompleks rivojlantirish asosiy masala qilib belgilandi.
Fermer xo‘jaliklarini rivojlantirishning aniq chora-tadbirlari ishlab chiqilib, uni bosqichma-bosqich amalga oshirish to‘g‘risida istiqbolli yo‘nalishlar ishlab chiqildi. Mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda fermer xo‘jaliklarining mahsulot ishlab chiqarish faoliyatini tashkil etish, unga huquqiy asos yaratish, tayyorlov, ta’minot va servis xizmati ko‘rsatuvchi korxonalar o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni yaxshilash ishlari amalga oshirilmoqda. Sir emaski, ayrim tayyorlov, ta’minot va servis xizmatlari korxonalari oldiga qo‘ygan vazifalarni yetarli darajada bajara olmay kelmoqda. Endilikda ushbu infratuzilmalarni rivojlantirish orqali fermer xo‘jaliklari faoliyatini yaxshilash asosiy vazifamiz bo‘lib qoldi. O‘zbekiston Respublikasi agrar sohasida 2005-yilda 3646 ming gektar ekin maydoniga dehqonchilik qilingan bo‘lsa, unda fermerlar hissasi 2139,7 ming gektarni yoki 58,7 % ni tashkil etdi. Fermer xo‘jaliklarining salmog‘i ortib borayotganligi bois, ularning iqtisodchi kadrlarini o‘qitish va malakasini muntazam oshirib borishda ushbu o‘quv qo‘llanma samarali xizmat qiladi. Ma’lumki, fermer xo‘jaliklari tashkil etishning huquqiy-iqtisodiy asoslari, ishlab chiqarish infratuzilmalari bilan shartnoma munosabatlari, yerdan foydalanish va ekinlarni joylashtirish, suv va melioratsiya ishlari, mol-mulk, mehnat resurslaridan foydalanish, xo‘jalikni boshqarishda marketing va menejment, xo‘jalikning iqtisodiy faoliyatini tashkil etish, investitsiyalash, ta’minot va servis xizmatlari, infratuzilma, investitsiya, mahsulot yetishtirish va uni sotish mexanizmlari, kooperatsiyalashuv jarayonlarini tashkil etish, fermer daromadini ko‘paytirish hisobiga ish o‘rinlarini ochish, yangi zamonaviy texnologiyalar kiritish hamda dehqonchilikda ilg‘or agrotexnologiyalardan foydalanishda yetarli bilimga ega bo‘lish orqali xo‘jalikni barqaror rivojlantirish mumkin.
Ushbu o‘quv qo‘llanma orqali aynan fermer xo‘jaligini tashkil etish bilan bog‘liq masalalar iqtisodiyotini hamda istiqbolli ishlab chiqarish faoliyatini tashkil etishning ustuvor yo‘nalishlarini o‘rganish mumkin.


Yüklə 54,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin