Filologiya fakulteti



Yüklə 1,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/12
tarix30.10.2019
ölçüsü1,01 Mb.
#29468
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
terminologiya va davlat tilida ish yuritish asoslari.


 

 

18 

 

II. Qo‘himcha adabiyotlar:  



 

17.  Abdullayev Y. Sovg’a. – T.: O’qituvchi, 1996. 

18.  Abdullayev Y. Hamrohim. – T.: O’qituvchi, 1996. 

5.  Abdumajidov  G.  «O’zbekiston  Respublikasining  Davlat  tili        haqida»gi 

Qonuniga sharhlar. – T.: Adolat, 1999. 

19. Aminov M., Madvaliyev A., Mahkamov N., Mahmudov N. Ish yuritish.    

20. Amaliy qo’llanma. – T.: O’zME, 2000. 

21. Bobur Zahiriddin Muhammad. Boburnoma. –T.: Yulduzcha, 1990. 

22. Boltayev M. Lotin yozuviga asoslangan yangi o‘zbek alifbosi va imlosi. – T.: 

O`qituvchi, 2003. 

23. Boltayev  M.  Lotin  yozuviga  asoslangan  yangi  o‘zbek  alifbosi  va  imlosi.  –T.: 

2006. Internetdagi manzili: www.samdu.uzG’filesG’webG’index.htm  

24. Davlat  tilida  ish  yuritish,  hujjatchilik  va  atamashunoslik.  Tuzuvchi  Boltayev 

M. –Samarqand, SamDU nashri, 2007. 

25. Yangi alifbo va imloni o’rganish dasturi. – T.: O’qituvchi, 1996. 

26. O’zbekiston  Respublikasining  Qonuni.  Davlat  tili  haqida  (yangi  tahrirda). 

«Xalq so’zi» gazetasi, 1995 yil 29 dekabr. 

27. O’zbekiston  Respublikasining  Qonuni.  Lotin  yozuviga  asoslangan  o’zbek 

alifbosini joriy etish to’g’risida. – T.: O’zbekiston, 1993. 

28. O’zbekiston  Respublikasining  Qonuni.  O’zbekiston  Respublikasining  «Lotin 

yozuviga  asoslangan  o’zbek  alifbosini  joriy  etish  to’grisida»gi  qonuniga 

o’zgartirish kiritish haqida. «Xalqso’zi» gazetasi, 1995 yil 6 iyul. 

29. O’zbek orfografiyasining asosiy qoidalari. – T.: Fan, 1956. 

30. O’zbek tilining asosiy imlo qoidalari. – T.: O’qituvchi, 1997. 

31. O‘zbek tilining imlo lug‘ati. – T.: O‘qituvchi, 1995. 

32. Hojiyev A., Rahmatullayev Sh. O‘zbek tilining imlo lug‘ati. – T.:   O‘qituvchi, 

1996.                              

    


 

“TERMINOLOGIYA VA  DAVLAT TILIDA ISH YURITISH ASOSLARI” 

FANIDAN MUSTAQIL ISH MAVZULARI 

 

1.  M.Аbdullayev  va  boshqalarning  “Mustaqillik”  izohli  ilmiy-ommabop 

lug‘atida berilgan ixtisosligiga doir atamalar va ular tahlili.  

2.  “Vasiqalar to‘plami”da qo‘llangan ixtisosligiga oid terminlar va ular tahlili. 

3.  M.Is’hoqovning  “Unutilgan  podsholikdan  xatlar”  kitobidagi  tarixiy 

matnlarda qo‘llangan  ixtisosligiga doir terminlar va ular tahlili. 

4.  Zahiriddin  Muhammad  Boburning  “Boburnoma”  asarida  qo‘llangan  

ixtisosligiga doir terminlar va ular tahlili. 

5.  Аlisher  Navoiyning  “Vaqfiya”  asarida  qo‘llangan    ixtisosligiga  doir 

terminlar va ular tahlili. 

6.  Tog‘ay  Murodning  “Otamdan  qolgan  dalalar”  romanida  qo‘llangan  

ixtisosligiga doir terminlar va ular tahlili. 

7.  “O‘zbek  tilining  izohli  lug‘ati”ning  birinchi  tomida  berilgan    ixtisosligiga 

doir terminlar va ular tahlili.  



19 

 

8.  “O‘zbek  tilining  izohli  lug‘ati”ning  ikkinchi  tomida  berilgan    ixtisosligiga 



doir terminlar va ular tahlili. 

9.  “O‘zbek  tilining  izohli  lug‘ati”ning  uchinchi  tomida  berilgan    ixtisosligiga 

doir terminlar va ular tahlili. 

10.  “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”ning to‘rtinchi tomida berilgan  ixtisosligiga 

doir terminlar va ular tahlili.  

11.  “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”ning beshinchi tomida berilgan  ixtisosligiga 

doir terminlar va ular tahlili. 

12.  ga doir izohli lug‘tlarda berilgan  terminlar va ular tahlili. 



Mustaqil ishning taxminiy rejasi  

Mavzu:  M.Аbdullayev  va  boshqalarning  “Mustaqillik”  izohli  ilmiy-ommabop 

lug‘atida berilgan ga oid terminlar va ular tahlili. 

Reja: 

Kirish: 

1.  Termin va ixtisoslik terminlari haqida umumiy tushuncha. 

2.  Terminologiya sohasida olib borilayotgan ishlar haqida. 

Asosiy qism: 

1.  M.Аbdullayev  va  boshqalarning  “Mustaqillik”  izohli  ilmiy-ommabop  lug‘ati 

haqida. 

2.  “Mustaqillik”  izohli  ilmiy-ommabop  lug‘atida  ning  turli  yo‘nalishlariga  doir 

terminlarning berilishi. 

HUJJATCHILIK  BO`YICHA MUSTAQIL ISH MAVZULARI 

1.  O‘zbek hujjatchiligi tarixi haqida. 

2.  Istiqlol va o‘zbek hujjatchiligi tarixida yangi davr. 

3.  “Davlat tili haqida”gi qonun va o‘zbek hujjatchiligi taraqqiyoti. 

4.  M.Aminov, 

A.Madvaliyev,  N.Mahkamov,  N.Mahmudovlarning  “Ish 

yuritish”dan amaliy qo‘llanmasi haqida. 

5.  “Vasiqalar to‘plami”da berilgan hujjatlar haqida. 

6.  M.Is’hoqovning “Unutilgan podsholikdan xatlar” kitobidagi hujjatlar haqida. 

7.  Yangi alifbo va imloda ish qog‘ozlari tayyorlash: tarjimayi hol. 

8.  Yangi alifbo va imloda ish qog‘ozlari tayyorlash: tavsifnoma. 

9.  Yangi alifbo va imloda ish qog‘ozlari tayyorlash: tavsiyanoma. 

10.  Yangi alifbo va imloda ish qog‘ozlari tayyorlash: tushuntirish xati. 

11.  Yangi alifbo va imloda ish qog‘ozlari tayyorlash: tilxat. 

12.  Yangi alifbo va imloda ish qog‘ozlari tayyorlash: ishonch xati. 

13.  Yangi alifbo va imloda ish qog‘ozlari tayyorlash: hisobot. 

14.  Yangi alifbo va imloda ish qog‘ozlari tayyorlash: ariza. 

15.  Yangi alifbo va imloda ish qog‘ozlari tayyorlash: buyruq. 

16.  Yangi alifbo va imloda ish qog‘ozlari tayyorlash: dalolatnoma. 

17.  Yangi alifbo va imloda ish qog‘ozlari tayyorlash: ma’lumotnoma. 

18.  Yangi alifbo va imloda ish qog‘ozlari tayyorlash: e’lon va reklamalar. 

19.  Yangi alifbo va imloda ish qog‘ozlari tayyorlash: shartnoma. 

20.  Yangi alifbo va imloda ish qog‘ozlari tayyorlash: majlis bayoni. 

21.  Yangi alifbo va imloda ish qog‘ozlari tayyorlash: bildirishnoma. 

22.  Yangi alifbo va imloda ish qog‘ozlari tayyorlash: rasmiy xatlar. 

23.  Yangi alifbo va imloda ish qog‘ozlari tayyorlash: ustav. 



20 

 

24.  Ish qog‘ozlari yuritishga doir atamalar xususida. 



25.  Ish qog‘ozlari yuritishga doir ruscha-o‘zbekcha atamalar xususida. 

26.  Yangi alifbo va imloda ish qog‘ozlari tayyorlash: shaxsiy va rasmiy xatlar. 

27.  Yangi alifbo va imloda ish qog‘ozlari tayyorlash: tavsifnoma va tavsiyanoma. 

28.  Yangi alifbo va imloda ish qog‘ozlari tayyorlash: ishonch xati va tilxat. 

29.  Yangi  alifbo  va  imloda  ish  qog‘ozlari  tayyorlash:  majlis  bayoni  va  undan 

ko`chirma tayyorlash. 

30.  Yangi  alifbo  va  imloda  ish  qog‘ozlari  tayyorlash:  tushuntirish  xati  va 

bildirishnoma. 



 

Mustaqil ishning taxminiy rejasi  

 

Mavzu: O‘zbek hujjatchiligi tarixi haqida. 

 

Reja: 

 

Kirish: 

Hujjatchilik,  uning  tarixi,  jamiyatda  tutgan  o‘ni  haqida  umumiy 

tushuncha. 

Asosiy qism: 

1.  O‘zbek hujjatchiligining shakllanish tarixi.  

2.  Qadimgi turkiy tilda yetib kelgan hujjatlar. 

3.  Sug‘d podsholigi, Samarqand qozisining bizgacha yetib kelgan hujjatlari. 

4.  Temuriylar davri hujjatchiligi. 

5.  Sho‘ro davri hujjatchiligi. 

6.  Mustaqillik davri hujjatchiligi. 

Xulosa. 

Adabiyotlar ro‘yxati. 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


21 

 

ТERMINOLOGIYA VA  DAVLAT TILIDA ISH YURITISH ASOSLARI”  



KURSINING  MAQSAD  VA VAZIFALARI  

 

ISH YURITISH TARIXI 

Oliy  o`quv  yurtlari  talabalari  uchun  mo`ljallangan  mazkur  kurs  ularga 

respublikamizda  faoliyat  ko`rsatayotgan  korxonalar,  tashkilotlar  va  muassasalarda 

yuritib  kelinayotgan  ish  qog`ozlari  turlari,  ularning  vazifasi,  ularda  aks  etadigan 

ma’lumotlar,  axborotlar,  fikr-mulohazalar,  hujjatlarning  zaruriy  qismlari,  ular  bilan 

bog`liq atamalar to`g`risida ma’lum tushunchalar beradi. 

Ma’lumki,  respublikamizda  1989-yil  29-oktabrda  o`zbek  tiliga  davlat  tili 

huquqi  berilgan,  1991-yil  31-avgustda  esa  mamlakatimiz  sobiq  sho`rolar 

hukmronligidan  qutilib,  mustaqillikka  erishgan  bo`lsa-da,  bir  qator    korxonalarda 

hujjatlar,  ish  qog`ozlarini  davlat  tilida  yangi  alifbo  va  imlo  qoidalari  asosida 

yuritishga o`tish biroz qiyinchilik bilan kechmoqda. Buning bir qancha sabablari bor, 

albatt.  Ulardan  biri  yangi  alifbo  va  imlo  qoidalari  asosida  davlat  tilida  ish  yuritish 

bo`yicha maxsus o`quv qo`llanmalari, uslubiy ishlarning kamligi bo`lsa, ikkinchidan, 

bu  sohada  ish  yurituvchi  mutaxassis-xodimlar  tayyorlashning  hali  keng  tus 

olmaganligidir. 

Ish  qog`ozlari  yuritish  bo`yicha  dastlabki  bilimlar  umumta’lim  maktablari, 

litsey va kasb-hunar kollejlarida berilmoqda. Chunki bu o`quv yurtlarini tugatgan har 

bir  yosh  tegishli  ma’lumotga  egaligi  to`g`risidagi  hujjatni  qo`lga  olgach,  mustaqil 

hayotga qadam qo`yadi. Ana shu davrdan boshlab ular ish qog`ozlari, hujjatlarga har 

qadamda  duch  kela  boshlaydilar.  Ishga  kirish  uchun, o`quv  yurtiga  hujjat  topshirish 

uchun, mehnat ta’tili olish yoki biror voqea tufayli o`z hisobidan mehnat ta’tili olishi 

uchun  ariza  yozishi,  mehnat  ta’tilidan  qaytganligi  yoki  betoblikdan  so`ng  ishga 

tushganligi  to`g`risida  bildirishnoma  yozishi,  yo`l  qo`yilgan  xato-kamchiliklar  yoki 

nojo`ya  xatti-harakatlar  uchun  tushuntirish  xati  yozishi,  bajarilgan  ishlar  yoki 

berilgan  topshiriqlar  yuzasidan,  xizmat  safari  bo`yicha  hisobot  yozishi,  yetkazilgan 

moddiy,  ma’naviy  yoki  jismoniy  zarar  uchun  da’vo  arizasi  yoxud  shikoyat  xati 

yozishiga  to`g`ri  keladi.  Ba’zan  mana  shunday  hujjatlarni  o`rta  yoki  o`rta-maxsus 

ma’lumotli  mutaxassisgina  emas,  balki  oliy  ma’lumotli  malakali  mutaxassislar ham 

to`g`ri  rasmiylashtira  olmaydilar.  Shunga  ko`ra  oliy  o`quv  yurtlari  talabalari  uchun 

“Davlat tilida ish yuritish, hujjatchilik va atamashunoslik” kursining kiritilishi hamda 

o`qitilishi  har  tomonlama  maqsadga  muvofiq  ish  bo`ldi.  Shuningdek,  bu  kurs 

akademik  litsey  va  kasb-hunar  kollejlarida  keyingi  yillarda  o`tila  boshlagan    “Nutq 

madaniyati  va  davlat  tilida  ish  yuritish”  fanining  mantiqiy  davomi  sifatida 

talabalarning bu sohadagi bilimlarini yanada chuqurlashtirish uchun xizmat qiladi. 

Mazkur  kurs  talabalarga  amaliyotda  qo`llanib  kelinayotgan  hujjatlar,  ularning 

xillari,  har  bir  hujjatda  qamrab  olinishi  lozim  bo`lgan  o`ziga  xos  dalillar, 

ma’lumotlar,  axborotlar,  fikr-mulohazalar,  ijtimoiy-iqtisodiy,  madaniy  hayotimizga 

oid,  o`z  mutaxassisliklariga  doir  hamda  hujjatlar  yuritishga  oid  atamalar,  ularni 

tanlash va qo`llashdagi o`ziga xos xususiyatlarni kengroq o`rganishlari uchun xizmat 

qiladi. 

Ma’lumki,  insoniyat  tarixida  yozuvning  ixtiro  qilinishi  bilan  bog`liq  ravishda 

yozma  nutqning  vujudga  kelishi  hamda  taraqqiy  eta  borishi  asosida  eng  qadimgi 


22 

 

zamonlardan  boshlab  kishilik  jamiyatida  insonlarning  o`zaro  turli-tuman 



munosabatlarini  aks  ettiruvchi  yozishmalar,  solnomalar,  hujjatlar,  badiiy,  ilmiy, 

tarixiy  asarlar  yaratib  kelingan.  Hujjatlar  kishilar,  jamoalar  o`rtasidagi  huquqiy 

munosabatlarni tartibga solish, davlat ichidagi hamda davlatlararo ijtimoiy, iqtisodiy, 

siyosiy,  madaniy,  ma’rifiy,  harbiy  sohalarda  aloqalar  o`rnatish,  hamkorlik  qilish, 

mavjud  aloqalarni  yanada  mustahkamlash  va  rivojlantira  borishlari  uchun  xizmat 

qilib kelgan. 

Tarixda  Bobil  shohi  Hammurapining  (mil.av.1792-1750-yy.)  va  shoh  Ur-

Nammuning (mil.av.2112-2094-yy.) qonunlar majmui eng qadimgi va nodir hujjatlar 

namunasi  sifatida  mashhurdir.  Davlatni  idora  qilish  tartib-qoidalari,  turli  mansab 

egalarining  vazifalari,  soliq  solish  va  uni  to`plash  tartibi, harbiy  yurishlar  o`tkazish, 

qo`zg`olonlarni bostirish qoidalari bayon etilgan turk hoqonlarining “Qonunnoma”si, 

Xondamirning  “Qonuni  Humoyun”i,  Ro`zbexoning  “Suluk  al-muluk”  kitobi  kabi 

noyob  manbalar  ham  turkiy  xalqlar  tarixida  hujjatchilik  an’analarining  qadimgi 

davrlardan  boshlanganligini  ko`rsatadi.  Qayd  etib  o`tilgan  tarixiy  manbalardan 

tashqari  hoqonliklar,  shohliklar,  xonliklar,  amirlik  va  bekliklarda  yuritilgan 

farmonlar,  bitimlar,  arznomalar,  yorliq,  tilxat,  qarznoma  va  guvohnomalar  kabi 

hujjatlarning  turli  yozuvlarda  tayyorlangan  nusxalari,  namunalari  bizgacha  yetib 

kelgan.  Davlatning  ichki  va  tashqi  siyosatida  muhim  o`rin  tutuvchi  yorliqlar  o`rta 

asrlarda alohida ahamiyatga ega bo`lgan. Bunga To`xtamishxonning 1393-yili polyak 

qiroli Yagayloga yo`llagan yorlig`i, Temur Qutlug`ning 1397-yilda berilgan yorlig`i, 

Umarshayxning  marg`ilonlik  Mir  Sayid  Ahmadga  1469-yili  taqdim  etgan  yorlig`i, 

Toshkent  hokimi  Yunusxonning  1797-yil  2-iyunda  Rusiya  podshosiga  yuborgan 

yorliqlari va  boshqa shu kabi hujjatlarni misol tariqasida keltirish  mumkin  (2, 3-12-

b., 6, 85-90-b.). 

Bizgacha yetib kelgan hujjatlar ichida eng muhimi va butun dunyoga tarqalib, 

shohlar  va  sarkardalar,  davlat  arboblari  uchun  dasturilamal  vazifasini  o`tab  kelgan 

noyob  manba  buyuk  bobokalonimiz  sohibqiron  Amir  Temurning  “Temur 

tuzuklari”dir. U o`rta asrlar davlatchiligining asosiy qonuni sifatida mashhur bo`lib, 

unda  davlatni  idora  qilishda  kimlarga  tayanish,  toj-u  taxt  egalarining  tutumi  va 

vazifalari, vazir va qo`shin boshliqlarini saylash, sipohiylarning maoshi, boj va soliq 

to`lash tartib-qoidalari, mamlakatlarni  boshqarish tartibi,  davlat  arboblari va qo`shin 

boshliqlarining  burch  va  vazifalari,  vazirlar  va  boshqa  mansabdorlarning  toj-u  taxt 

oldida  ko`rsatgan  alohida  xizmatlarini  qay  tarzda  taqdirlash  tartibi  va  boshqa  shu 

kabilar o`z  ifodasini topgan. 

Bizgacha  yetib  kelgan  manbalar  orasida  VII  asr  oxiri  va  VIII  asr  boshlarida 

Sug`d  podsholigi  davriga  tegishli  80  ga  yaqin  noyob  (Panjakent  yaqinidagi  Mug` 

tog`ida  joylashgan  qadimgi  qasr  xarobalaridan  topilgan  sug`dcha)  hujjatlar  Sug`d 

davlatida ish yuritishning ahvolidan darak bersa (3, 3-57-b.), 800 ga yaqin hujjatlarni 

qamrab  olgan  “Vasiqalar  to`plami”  1588-1591-yillarda  Samarqanddagi  tarixiy 

voqelikni, ijtimoiy-iqtisodiy turmush tarzini yaqqol aks ettiradi (4, 5-125-b.). 

“Sug`d  arxivi”dagi  sug`dcha  nikoh  guvohnomasi  710-yilning  25-martida 

yozilgan  bo`lib,  unda  turk  zodagoni  Uttakinning  sug`d  ayoli  Dug`dgunchaga 

uylanishi  rasmiylashtirilgan  hamda  kelin  bilan  kuyovning  vazifa,  burch  va 

majburiyatlari  bayon  etilgan.  Shuningdek,  yer  xarid  qilish,  tegirmonni  ijaraga  olish, 

xarajatnoma  va  o`zaro  yozishmalardan  iborat  bir  qator  nodir  hujjatlar  So`g`d 


23 

 

podsholigi  davrida  xalq  hayotining  qanday  bo`lganligini    o`rganish  uchun  muhim 



manba bo`ladi. 

“Vasiqalar  to`plami”dagi  hujjatlarda  esa  meros  mulkni  taqsimlash,  bolalarni 

hunar  o`rganish  uchun  shogirdlikka  berish,  korxonalar,  savdo  do`konlari,  yer-suv 

hamda  uy-joy,  mol-mulkni  sotish, sotib  olish  yoki  ijaraga  berish, qullar  mehnatidan 

foydalanish,  qullarni  ozod  etish,  taloq,  sulh  kabi  munosabatlar  o`sha  davr  huquqni 

nazorat etuvchi mutasaddilari – qozilar tomonidan tasdiqlangan. 

Amir  Temur  tuzgan  qudratli  davlat  o`rta  asrlar  ilm-fani,  adabiyoti  va  san’ati 

rivojiga katta yo`l ochgani barchaga ayon. Amir Temur va uning avlodlari tomonidan 

boshqarilgan yurtlarda davlat ishlari turkiy (o`zbek) tilda yuritilgan. Bunga, ayniqsa, 

Husayn  Boyqaro  hukmronligi  davrida  alohida  e’tibor  bilan  qaralgan.  Ularning  bu 

an’analari  keyingi  asrlarda  Buxoro,  Qo`qon,  Xiva  xonliklari  tomonidan 

takomillashtirilib,  rivojlantira  borildi.  Afsuski,  XIX  asrning  oxiri  XX  asrning 

boshlaridan  e’tiboran  ko`p  asrlar  davomida  shakllantirilib,  rivojlantirilgan  bu 

an’analar davom ettirilmay to`xtatib qo`yildi. 

Markaziy  Osiyo,  shu  jumladan,  O`rta  Osiyoning  chor  Rossiyasi  tomonidan 

bosib  olinishi  bilan  butun  mamlakatdagi  boshqaruv-nazorat  organlarida  barcha 

hujjatlar rus tilida yuritiladigan bo`ldi. Mustabid tuzumga qarshi qaratilgan 1917-yil 

oktabr  to`ntarishi  ham  bu  sohada  jiddiy  o`zgarishlar  bo`lishiga  olib  kelmadi.  1924-

yilga  kelib  sobiq  sho`rolar  davlati  tarkibida  O`zbekiston  Respublikasi  tashkil  topdi. 

Shu  yilning  31-dekabrida  O`zbekiston  Respublikasi  inqilobiy  komiteti  “Ishlarni 

o`zbek  tilida  yurgizish  hamda  O`zbekiston  jumhuriyatining  inqilobiy  komiteti 

huzurida  markaziy  yerlashtirish  hay’ati  va  mahallalarda  muzofot  yerlashtirish 

hay’atlari  tuzilishi  to`g`risida”  48-raqamli  qaror  qabul  qildi.  Unda  hukumat, 

kooperativ,  xo`jalik  idoralari,  muassasa,  tashkilot  va  korxonalarda  butun  yozuv 

ishlarini faqat o`zbek tilida yurgizishga majbur etish vazifasi qo`yilgan edi. 

1928-yilga  kelib  “Davlat  idoralarini  o`zbeklashtirish”  hamda  “O`zbekiston 

Respublikasida  idora,  korxona  va  tashkilotlari  ishchi  xodimlarini  o`zbek  tiliga 

majburiy  o`rgatish  to`g`risida”  ikkita  tarixiy  qaror  qabul  qilinadi.  Ularda  davlat 

idoralarini  o`zbeklashtirish  Markaziy  Komissiyasiga  idoralarda  ish  yuritish 

hujjatlarini  mahalliy  va  rus  tiliga  o`tkazish,  idoralarni  asta-sekin  ikki  tilni  biladigan 

xodimlar bilan to`ldirish, o`zbek tilini o`rganish uchun bir, ikki, uch yillik to`garaklar 

tashkil  etish  vazifasi  yuklatilgan  edi.  Idora  va  muassasalarga  1929-yil  1-oktabrdan 

boshlab  o`zbek  tilini  bilmaydigan  xodimlarni  ishga  olmaslik,  o`zbek  tilini 

mensimagan  yoki  unga  nisbatan  g`ayri  munosabatda  bo`ladiganlarni  o`zbek  tilini 

biladigan xodimlar bilan almashtirish huquqi berilgan edi. 

1931-yili  O`zR  Markaziy  Ijroiya  Qo`mitasi  va  Xalq  Komissarlari  Soveti 

tomonidan  idoralarni  o`zbeklashtirish  to`g`risida  yana  bir  qaror  qabul  qilinib,  unda 

1933-yil  1-aprelgacha  butun  O`zbekiston  bo`ylab  o`ta  muhim  bu  ishni  tugallash 

belgilangan  edi.  Ming  afsuski,  qisqa  muddat  ichida  ketma-ket  qabul  qilingan  bu 

qarorlarning  birortasi  ham  hayotga  tatbiq  etilmasdan  qog`ozlarda  qolib  ketdi. 

Mamlakatda  nafaqat  ziyolilar,  balki  ozgina  mustaqil  fikrlashi  mumkin  bo`lgan 

dehqon-u  ishchilarga  qarshi  qaratilib,  takror-takror  o`tkazilgan  qatag`on  qirg`inlari, 

mash’um  ikkinchi  jahon  urushi,  millionlab  begunoh  insonlar  yostig`ini  quritgan 

shaxsga  sig`inish  davri,  talon-tarojliklar  avjiga  chiqqan  turg`unlik  yillari  sobiq 

shurolar  davlati  tarkibida  bo`lgan,  nomigagina  teng  huquqli  hisoblangan 


24 

 

respublikalarning  milliy  tillariga  bo`lgan  eskicha  –  o`gay  munosabatlarni 



mustahkamlab  keldi,  xolos.  Hujjatlarning  “bepoyon  yurt”ning  barcha  nuqtalarida 

faqat  rus  tilida  yuritilishi,  qariyb  130  yil  davomida  hukm  surgan  mustamlakachilik 

munosabatlari  va  tazyiqlar  natijasida  o`zbeklar  yurtida  asrlar  davomida  shakllangan 

ish  yuritish  va  hujjatchilik  sohasida  uzilish  yuz  berishiga  olib  keldi.  Ish  yuritish 

borasidagi an’analar davom etmay qoldi. Eng achinarlisi, o`zbek tili o`z nomi bilan 

ataladigan  respublikada  bir  chekkaga  surib  qo`yildi.  Rus  tilini  bilish  baynalmilallik 

belgisi  qilib  qo`yilgani  holda  o`zbek  tilini  bilish,  unda  gapirishni  talab  etish  esa 

millatchilik deb hisoblanadigan darajaga yetdi. Natijada nafaqat og`zaki nutqimizda, 

hatto  adabiy  tilimizda  ham  spravka,  akt,  protokol,  instruksiya,  dogovor, 

avtobiografiya,  otchot,  raport,  xarakteristika,  rekomendatsiya,  retsenziya  kabi  ish 

yuritish  va  hujjatchilikka  oid  ko`plab  atamalarning  qo`llanishi  odatiy  holga  aylandi. 

Xayriyatki,  1989-yil  21-oktabrda  istiqlol  sari  tashlangan  dadil  qadam  sifatida 

O`zbekiston  Respublikasining  30  moddadan  iborat  “Davlat  tili  haqida”gi  tarixiy 

qonuni  qabul  qilindi.  O`zbekiston  Respublikasining  1991-yil  31-avgustda  mustaqil 

davlat deb e’lon qilinishi qaddimizni bukib kelgan barcha tahqir va tazyiqlardan ozod 

etdi. “Davlat tili haqida”gi qonun qabul qilingan kun – 21-oktabr o`zbek tili bayrami 

kuni deb e’lon qilindi va har yili boshqa bayramlar qatori yuqori ko`tarinkilik bilan 

nishonlanib kelinmoqda. 

Mazkur  tarixiy  qonun  qabul  qilingan  paytda  O`zbekiston  Respublikasi  hali 

sobiq  sho`rolar  davlati  tarkibida  bo`lib,  birgina  qonun  qabul  qilish  bilan  o`zbek 

tilining  mamlakat  ichida  va  undan  tashqaridagi  obro`-e’tibori,  xalqaro  mavqeyini 

tezdan  tiklash  qiyin  edi.  Shuningdek,  mazkur  qonunda  o`zbek  tili  bilan  bir  qatorda 

rus  tiliga  ham  millatlararo  muomala  tili  sifatida  bir  talay  imtiyozlar  ham  berilgan 

ediki,  bu  hol  ham  o`zbek  tilining  davlat  tili  sifatida  keng  miqyosda  qo`llanishiga 

biroz  bo`lsa-da,  soya  tashlar  edi.  Shuning  uchun  ham  istiqlolga  erishilgach,  qonun 

qayta ishlanib, davr talabidan ortda qolayotgan moddalar yangilari bilan almashtirildi

mustaqil  davlat  hayotiga  mos  keluvchi  yangi  tahrirda  1995-yil  21-dekabrda  qabul 

qilindi. Avvalgi qonun 30 moddadan iborat bo`lgan bo`lsa, yangi tahrirdan so`ng u 24 

moddaga  keltirildi.  Qonunning  1-moddasidayoq  “O`zbekiston  Respublikasining 

davlat  tili  o`zbek  tilidir”  deyilgan  (1,  8-b.).  Mazkur  moddaning  o`ziyoq 

respublikamizda  ish  yuritish  –  hujjatlar  bilan  bog`liq  barcha  ishlarning  davlat  tilida 

olib  borilishi  lozimligini  talab  etadi.  Bu  esa  O`zbekiston  Respublikasi 

Konstitutsiyasining  4-moddasi  bilan  hamohang  bo`lib,  unda  shunday  deyilgan: 

“O`zbekiston Respublikasining davlat tili o`zbek tilidir. O`zbekiston Respublikasi o`z 

hududida  istiqomat  qiluvchi  barcha  millat  va  elatlarning  tillari,  urf-odatlari  hurmat 

qilinishini ta’minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi” (5, 8-b.). 

O`zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  1996-yil  10-sentabrdagi 

311-sonli  qarori  bilan  “Davlat  tili  haqida”gi  O`zbekiston  Respublikasi  Qonunining 

amalga oshirilishini ta’minlash Davlat dasturi o`zgartirish va qo`shimchalar kiritilgan 

yangi tahrirda tasdiqlandi. Davlat dasturiga asoslanib O`zbekiston Respublikasi Oliy 

va o`rta maxsus ta’lim vazirligi 1996-yil 14-noyabrda O`zbekiston Respublikasining 

“Davlat  tili  haqida”  (yangi  tahrirda)gi  Qonunini  bajarish  tadbirlari  to`g`risida  267-

sonli  buyruq  chiqardi.  Unda  o`quv  yurtlarida  xodimlar  va  talabalar  uchun  “Davlat 

tilida  ish  yuritish,  hujjatchilik  va  atamashunoslik”  kurslarini  1997-yildan  e’tiboran 

doimiy ravishda tashkil etish qat’iy qilib qo`yildi. Shu yildan boshlab Davlat dasturi 


25 

 

hamda vazirlikning tegishli buyruqlari asosida oliy o`quv yurtlari talabalariga mazkur 



kursdan amaliy mashg`ulotlar o`tib kelinmoqda. 

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, Davlat dasturi, Oliy 

va  o`rta  maxsus  ta’lim  vazirligining  buyrug`i  asosida  o`quv  jarayoniga  tatbiq  etib 

kelinayotgan  mazkur  kurs  “Davlat  tili  haqida”gi  qonunning  quyidagi  moddalariga 

tayanadi: 

7-modda.  Davlat  tili  rasmiy  amal  qiladigan  doiralarda  o`zbek  adabiy  tilining 

amaldagi ilmiy qoidalari va normalariga rioya etiladi. 

Davlat  o`zbek  tilining  boyitilishi  va  takomillashtirilishini  ta’minlaydi,  shu 

jumladan unga hamma e’tirof qilgan ilmiy-texnikaviy va ijtimoiy-siyosiy atamalarni 

joriy etish hisobiga ta’minlaydi. 

Yangi  ilmiy  asoslangan  atamalar  jamoatchilik  muhokamasidan  keyin  va  Oliy 

Majlis tegishli qo`mitasining roziligi bilan o`zbek tiliga joriy etiladi. 

9-modda.  Davlat  hokimiyati  va  boshqaruv  organlarida  ish  davlat  tilida 

yuritiladi va zaruriyatga qarab boshqa tillarga tarjima qilinishi ta’minlanadi. 

10-modda. Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va jamoat birlashmalarida ish 

yuritish,  hisob-kitob,  statistika  va  moliya  hujjatlari  davlat  tilida  yuritiladi, 

ishlovchilarning ko`pchiligi o`zbek tilini bilmaydigan jamoalarda davlat tili bilan bir 

qatorda boshqa tillarda ham amalga oshirilishi mumkin (1, 16-22-b.). 

Ma’lumki, eng kichik, quyi, boshlang`ich tashkilotlardan tortib, davlatning oliy 

organlarigacha  hujjatlarga  tayanib,  ish  yuritadi.  Yaqin  vaqtlargacha  hujjatlar  asosan 

rus  tilida  rasmiylashtirilar  edi.  O`zbek  tilida  esa  ayrim  hujjatlargina  yuritilar,  ular 

ham  rus  tilidagi  hujjatlar  andozasiga  asoslangan  bo`lib,  milliylikdan  yiroq  edi. 

Endilikda  respublikamizdagi  barcha  korxonalar,  tashkilotlar,  muassasalarda 

yuritiladigan 

hujjatlar 

o`zbek 


tili 

qonun-qoidalariga 

mos 

ravishda 



rasmiylashtirilmoqda.  Oliy  o`quv  yurtlarini  bitirib  chiqayotgan  yosh  mutaxassislar 

o`zlari  ishga  boradigan  mehnat  jamoalarida  ish  qog`ozlari,  hujjatlarning  mantiqiy 

to`g`ri  yozilishi  yoki  to`g`ri  to`ldirilishi, ishoraviy,  imloviy,  uslubiy  xatolarsiz,  davr 

talabiga  javob  beradigan  tarzda  rasmiylashtirilishiga  yaqindan  ko`maklashishlari 

lozim.  Buning  uchun  esa  bitiruvchi  talabalarimiz  nafaqat  hujjatlar  bo`yicha,  balki 

yangi  alifbo  va  imlo  qoidalari  bo`yicha  ham  yetarlicha  tushunchaga  ega  bo`lishlari 

talab etiladi. 

TOPSHIRIQLAR  

1.  O`zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”, “Lotin yozuviga asoslangan 

o`zbek alifbosini joriy etish to`g`risida”gi qonunlarini o`qing. 

2.  “Davlat tili haqida”gi qonunning moddalari va ularning hayotga tatbiq etilishi 

bo`yicha fikrlaringizni yozma bayon eting. 

3.  O`zingiz  yashayotgan  hudud,  tahsil  olayotgan  o`quv  yurtingizda  ish  yuritish 

qay holatda ekanligi to`g`risidagi fikrlaringizni yozma bayon eting. 

 

ADABIYOTLAR 



1.  Абдумажидов  £.  “Ўзбекистон  Республикасининг  давлaт  тили  ҳақида”ги 

қонунига шарҳлар. – Тошкент: Адолат, 1999. 

2.  Аминов  М.,  Мадвалиев  А.,  Маҳкамов  Н.,  Маҳмудов  Н.  Иш  юритиш. 

Амалий қўлланма. – Тошкент: ЎзМЭ, 2000. 

3.  Исҳоқов М. Унутилган подшоликдан хатлар. – Тошкент: ФАН, 1992. 


26 

 

4.  Васиқалар  тўплами.  XVI  асрнинг  иккинчи  ярми  Самарқанд  областидаги 



юридик документлар. – Тошкент: ФАН, 1982. 

5.  Ўзбекистон  Республикасининг  Конституцияси.  –  Тошкент:  Ўзбекистон, 

1999. 

6.  Содиқов, Уйғур ёзуви тарихи. – Тошкент: Маънавият, 1997. 



Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin