Kukunli birikmalar yonayotgan gazlar, yengil alangalanuvchan, yonuvchan suyuqliklar, kuchlanish ostida bo‘lgan elektr uskunalarini o‘chirishda ishlatiladi. Ular arzonligi tufayli tobora ko‘proq qo‘llanilmoqda. Asosiy qismi natriy karbonatdan iboratdir. Metalloorganiq birikmalarni o‘chirishda SI-2 kukuni ishlatiladi. Uning asosiy qismini freon (114 B2) bilan tindirilgan selikogen zarrachalari tashkil etadi. Yong‘inga tushgach kukun zarrachalaridan alangaga kuchli tormozlovchi (ingibitor) sifatida ta’sir qiluvchi freon ajralib chiqadi.
Ko‘pik yonayotgan yuzaga tushgach, uni qoplab olib, kislorod kirishidan to‘sadi va ajralib chiqayotgan suyuqlik yonayotgan yuzani sovitadi. Ko‘pik asosan qattiq moddalar va yonuvchan suyuqliklarni o‘chirishda ishlatiladi. U paydo bo‘lishiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi: ko‘pik hosil qiluvchi qorishmani havo oqimi bilan mexaniq aralashtiruv orqali olinadigan havomexaniq va ishqor eritmasi bilan kislotaning aralashishi natijasida paydo bo‘ladigan kimyoviy ko‘pik. Ma’lumki, yong‘in paytida yonayotgan yuzalarni qoplash uchun ko‘plab miqdorda ko‘pi hosil qilish kerak bo‘ladi. Buning uchun ko‘pik hosil qiluvchi modda (penoobrazovatel)larni kuchli bosimdagi suv yoki havo bilan aralashtiriladi. Bu jarayon maxsus uzluksiz ishlovchi apparatlar – ko‘pik generatorlari yordamida amalga oshiriladi. Ko‘pik hosil qiluvchi moddalar kukun holida bo‘lib, odatda bironbir kislotaning (ko‘pincha oltingugurt kislotasining) tuzidan va ishqoriy qismi esa natriy bikarbonatning aralashmasidan tashkil topadi.
Ko‘pik generatorlari ikki turli bo‘lib (PG-50M va PG-100), yonuvchi hamda yengil alangalanuvchan suyuqliklarni o‘chirishda ishlatiladi va faqat o‘lchamlari bilan farqlanadi. Masalan, 16.1-rasmda PG-100 ning sxemasi tasvirlangan. Generator bosim ostidagi suv tarmog‘iga ulash uchun mo‘ljallangan shtutser (1), uchlik (2), vakuum kamerasi (4)da suvning oqimi tufayli kerakli siyraklanish hosil bo‘lishi uchun diffuzor (3), kukunni elash uchun metalldan yasalgan to‘r (6), ta’minlovchi bunker (5), ko‘pik chiqaruvchi shtutser (7), sharsimon klapan (8), manometr (9) dan iborat. Diffuzor ustki va ta’minlovchi bunkerning quyi qismida suv berish vaqtincha yoki butunlay to‘xtatilganda suv orqaga quyilmasligi va kukunni namlamasligi uchun sharsimon klapan o‘rnatilgan. Kukun namlansa va qotib qolsa, ko‘pik generatorini ochib tozalash kerak bo‘ladi. Suvning bosimini nazorat qilib turish uchun shtutser yaqiniga manometr o‘rnatiladi. PG-100 ni ikki kishi boshqaradi: biri ta’minlovchi bunkerga ko‘pik hosil qiluvchi kukun solib, generatorni ishga tushirib yuboradi, ikkinchisi esa hosil bo‘layotgan ko‘pikni alanga ustiga yo‘naltiradi va shlanglarning burilib qolmasligini nazorat qilib turadi. Shtutserdagi suvning bosimi manometr bo‘yicha ish bosimi (4-6 atm.b.) qiymatiga yetgach, ta’minlovchi bunkerga kukun olinadi. Shu ish bosimi ostida ko‘pik 15 m. yuqoriga yetkazib beriladi. O‘t o‘chiruvchi shlangning diametric 75 mm. bo‘lganda ko‘pik paydo bo‘lish jarayoni yaxshi bo‘lishi uchun uzunligi 60 m. dan kam bo‘lmasligi kerak. PG-100 ning ish unumdorligi sekundiga 100 litrni, og‘irligi 24 kg. ni tashkil qiladi. Bu generator yonuvchi suyuqlik saqlanuvchi bir necha idishlarni ko‘pik bilan ta’minlay olishi mumkin.
Hozirgi paytda ko‘pik hosil qilish unumdorligi katta bo‘lgan ko‘pik generatorlari (GPS-200, GPS-600 va GPS-2000) qo‘llanilmoqda. Ko‘pik hosil qiluvchi qorishma markazdan qochma purkagichga uzatiladi. Qorishmaning tomchilari qobiqda konfuzor orqali tashqaridan kelayotgan havo bilan aralashadi. Bu aralashma metall to‘r kataklaridan o‘tib karraligi 80 ga teng bo‘lgan ko‘pik hosil qiladi va yonayotgan yuzalarga yo‘naltiriladi [11].
XULOSA
Men o`zimning bitiruv malakaviy ishimda skanerlangan ma`lumotlarni Fine Reader dasturi yordamida aniqlash va tahrirlashni o`rgatuvchi virtual ko`rgazma yaratdim.
Ushbu bitiruv malakaviy ishni bajarish jarayonida olingan bilim va ko`nikmalarimdan foydalandim hamda zamonaviy dasturlash tili sanalgan Micromedia Flash dasturlash muhiti imkoniyatlarini chuqurroq o`rganib, virtual ko`rgazmalarni ishlab chiqdim. Virtual ko`rgazmalar to`plamini yaratishda dastlab kerak bo`ladigan asosiy ma`lumotlar to`plandi, har bir tasvir, ya`ni oyna ko`rinishlari alohida ishlab chiqildi va ularga harakat (animatsiya) o`rnatildi.
Bitiruv malakaviy ishni bajarish mobaynida olgan bilimlarimni mustaxkamlashga erishdim. Xususan zamonaviy dasturlarda ishlash va virtual ko`rgazmalar yaratish bo`yicha ishlash ko`nikmalarimni ancha oshirdim.
Virtual ko`rgazmalar to`plamini oliy o`quv yurtlari va kasb-xunar kollejlari o`quv jarayonida va skanerlar bilan ishlashni o`rganuvchilar uchun qo`llash mumkin.
Dostları ilə paylaş: |