Firma bozor iqtisodiyoti sub'yekti sifatida


Savdo korxonasining tijorat-tadbirkorlik faoliyati



Yüklə 52,83 Kb.
səhifə2/5
tarix16.12.2023
ölçüsü52,83 Kb.
#181854
1   2   3   4   5
Iroda

Savdo korxonasining tijorat-tadbirkorlik faoliyati


1-rasm. Savdo korxonasining tarkibi
Savdo korxonasining huquqiy shaxs deb tan olinishiga xizmat qiluvchi to‘rtta asosiy belgini ko‘rsatish mumkin: tashkiliy birlik, mulkning alohidaligi, mustaqil fuqarolik-huquqiy javobgarlik, fuqaroilk va huquqiy ishlarda o‘z nomidan ishtirok etish.
Huquqiy shaxs bu davlat tomonidan huquqiy subyekt sifatida tan olingan tashkilot bo‘lib, alohida mulkka egalik qiladi, o‘z mulki bilan majburiyatlari bo‘yicha mustaqil javob beradi hamda fuqarolik ishalrida o‘z nomidan ishtirok etadi.
Korxona tarkibiga mulkiy majmuas sifatida yer maydonlari, bino va inshootlar, asbob-uskunalar, tovarlar, inventar, pul mablag‘lari, qarzlar va talab huquqlari, mulkiy huquqlar (tovar belgilari, firma nomlari, namunalar), shuningdek, nomoddiy aktivlarni (mualliflik huquqlari va litsenziyalar, nou-xau, ishbilarmonlik nufuzi va hokazo) kiritish mumkin.
Savdo korxonalarining o‘ziga xosligini maksimal darajada ular faoliyatining tarmoq jihati yordamida ochib berish mumkin.
Savdo korxonasi aniq belgilangan maqsadli yo‘nalishga ega bo‘lib, yagona moddiy, savdo-texnologik va tashkiliy-iqtisodiy tarkibi bilan xarakterlanadi.
Moddiy tarkib deganda moddiy resurslarning umumiyligi, bir xil tipdagi inshootlar va savdo-texnologik uskunalardan foydalanish tushuniladi.
Savdo-texnologik tarkib sotilayotgan tovarlarning nimaga mo‘ljallanishi va ularni sotish usullarining umumiyligi, yagona texnologik jarayn va xizmat ko‘rsatish, bir xil turda joylashtirish va savdo, ombor, ishlab chiqarish va yordamchi inshootlarning funksional o‘zaro aloqalari belgilab beradi.
Tashkiliy-iqtisodiy tarkib korxonaning alohida xo‘jalik faoliyati, uning yuridik huquqlar va o‘z faoliyati uchun javobgarlik bilan ta’minlanishi, yagona hisob va hisobot tizimi, savdo faoliyatini tahlil qilish va rejalashtirishning bir xilligi bilan tavsiflanadi.
Savdo korxonasining asosiy vazifasi tovarlarni sotish hisoblanadi. Bu vazifani klassik nazariyaga asosan ikki jihatdan ko‘rib chiqish mumkin:

  1. iste’mol qiymatini sotish, ya’ni muayyan tovarni ishlab chiqaruvchidan iste’molchigacha yetkazib berish;

  2. tovarning qiymatini sotish, buning natijasida muayyan tovar jamiyat tomonidan tan olinadi.

O‘z faoliyati davomida savdo korxonasi boshqa bir qator vazifalarni ham bajaradi. Bu vazifalar ko‘pincha qo‘shimcha vazifalar deb atalib, ular qatoriga tovarga bo‘lgan iste’molchilik talabini o‘rganish, tovar assortimentini shakllantirish, tovar va xizmatlarni reklama qilish, ularni savdo zallarida namoyish etish, xarid qilingan tovarlarni xaridorning uyiga yetkazib berish bo‘yicha qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatish, sotuvda bo‘lmagan tovarlar uchun buyurtma olish va hokazolarni kiritish mumkin.

2.Savdo korxonasi ijtimoiy-iqtisodiy tizim sifatida. Savdo korxonasi faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlari


Tizim deganda birgalikda butun bir yaxlitlikni tashkil etuvchi o‘zaro aloqa qiluvchi elementlar yig‘indisi tushuniladi.


Tizimlar turli xil shakllarga ega bo‘lib, ularni shartli ravishda uch turga bo‘lish mumkin: texnik, biologik va ijtimoiy-iqtisodiy.
Ijtimoiy-iqtisodiy tizimninng asosiy xususiyati uning asosida odamlarning manfaati yotishi hisoblanadi, chunki ularning eng asosiy elementi insondir. Ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarga ishlab chiqarish-xo‘jalik majmualari, birlashmalar, korxonalar, tarmoqlar, mintaqalar va mamlakat xo‘jaligini misol qilib keltirish mumikn.
Tizimlarni alohida ajraitb ko‘rsatish quyidagilarningm avjud bo‘lishini talab qiladi:
qandaydir bir yaxlitlikka birlashgan ko‘plab elementlardan tashkil topgan obyekt;
obyektga ta’sir ko‘rsatuvchi kuzatuvchi-subyekta;
kuzatuvchining obyektga bo‘lgan munosabatini tavsiflovchi kuzatuv maqsadlari.
Belgilangan maqsadga asosan kuzatuvchi tizimni atrof-muhitdan ajratib kuzatadi. Natijada ikkita muhit – tashqi va ichki muhit vujudga keladi. Tizim tashqi muhit bilan ikkiyoqlama bog‘liq bo‘ladi: tashqi muhit tizimga kirish orqali ta’sir ko‘rsatadi, tizim esa tashqi muhitga chiqish orqali ta’sir ko‘rsatadi.
Savdo korxonasini tizim sifatida ko‘rib chiqish mumkin. Savdo korxonasi o‘z xususiyatlariga ko‘ra murkkkab ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarga mansub hisoblanadi.
Savdo korxonasi ochiq tizimdir, chunki u muntazam ravishda tashqi muhit bilan axborot almashinib turadi, unga kirish va chiqishni nazorat qiladi hamda ikkita mustaqil va o‘zaro aloqa qiluvchi tarkibiy qism – obyekt va subyekdan iborat bo‘ladi.
Savdo korxonasi tizimida ta’sir ko‘rsatuvchi obyekt sifatida moddiy sharoitlar, texnologik, texnik, tashkiliy jarayonlar, shuningdek, korxona aholiga xizmat ko‘rsatayotgan paytda xodimlar o‘rtasidagi munosabatlarning yig‘indisi ko‘rib chiqiladi.
Maxsus guruh (boshqaruv apparati) esa subyekt bo‘lib, u iqtisodiy ta’sir ko‘rsatish yo‘li bilan obyektning maqsadli yo‘nalgan faoliyat yuritishini amalga oshiradi.
Savdo korxonasi tizimida subyektning obyektga ta’sir ko‘rsatishini faqat axborot harakatlanishi shartlari bajarilganda kuzatish mumkin (3-rasm).

Obyekt

Subyekt

Kirish Chiqish


Axborotlar



Yüklə 52,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin