Firma va ularning tashkiliy-iqtisodiy asoslari-hozir.org
Uchinchi bosqich - restruktrizasiya. Restruktrizasiyaga reorganizasiyaning bir shakli sifatida qarash mumkin. Restruktrizasiya deganda korxonaning tarkibiy bo‘limlarini (sexlari) huquqiy shaxs maqomisiz, mustaqil balans va xisob raqami bilan alohida ajratilishiga tushuniladi. Bundan asosiy maqsad ishlab chiqarish samarasini oshirish bo‘lib, korxona bo‘limi (sexi) tijorat hisob-kitobiga o‘tkaziladi. Ularga mulk ajratiladi, foyda va harajatlari aloxida hisob-kitob qilinadi.

Sanatsiya - iqtisodiy nochor korxonalarni bankrotligining oldini olish maqsadida qarzdor korxona-huquqiy shaxsning muassislari (qatnashchilari), qarzdorning kreditorlari va boshqa shaxslar, shu jumladan, davlat tomonidan qarzdor korxonaning to‘lov qobiliyatini tiklash bo‘yicha o‘tkaziladigai chora-tadbirlarni tashkil qiladigan faoliyat.Qarzdor korxona sanasiyalash ob’ekti hisoblanadi. Faoliyatni davom ettirish uchun qarzdor korxonaning to‘lov qobiliyatini tiklanishining aniq imkoniyatlari asoslansa, bunday iqtisodiy nochor korxonalar sanasiya qilinadigan ob’ektlar qatoriga kiritiladi.O‘zbekiston Respublikasida korxonalarni sanasiyalash jamg‘armasi tuzilgan.
Korxonalarni sanasiyalash uchun mablag‘lar qatoriga keltirilgan jamg‘armalardan tashqari, korxonalar egalari, kreditorlar, birlashmalar (xo‘jalik uyushmalari), boshqa huquqiy va jismoniy shaxslarning moliyaviy ajratmalari ham kiradi.Sanatsiyalash korxonaning moliyaviy barqarorligini ta’minlash uchun o‘tkaziladigan chora-tadbirlardan biri hisoblanadi.Keyingi bosqich bu korxonani bankrotligi.Korxona bankrotligi uning iqtisodiy nochorligining oqibati.Bankrotlik deganda sud tomonidan ehtirof etilgan yoki qarzdorni ixtiyoriy ravishda o‘zini bankrot deb ehlon qilgan qarzdorning moliyaviy majburiyatlarini bajara olmasligi, qisqa qilib aytganda moliyaviy qobiliyatsizlikka tushuniladi.Korxona yashashining oxirgi bosqichi uni tugatilishi. Iqtisodiy nochorlik yoki bankrotlik asosida sud qarori bilan yoki mulkdorning o‘z ixtiyori bilan korxona faoliyati to‘xtatilishi mumkin.Korxona tugatilishi uning faoliyatini to‘xtalishi va davlat reestriga qarzdor tugatilganligi to‘g‘risidagi yozuv kiritilgan paytdan boshlanadi, korxona esa tugatilgan deb hisoblanadi.