Firma va uning taskiliy-iqtisodiy asoslari


TADBIRKORLIK SUBYEKTLARINI RO’YXATDAN



Yüklə 45,27 Kb.
səhifə2/6
tarix01.06.2023
ölçüsü45,27 Kb.
#121540
1   2   3   4   5   6
Doniyorbek aka

TADBIRKORLIK SUBYEKTLARINI RO’YXATDAN
O’TKAZISH VA HISOBGA QO’YISH TARTIB

Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o ‘tkazish uchun davlat boji yoki ro‘yxatdan o ‘tkazish yig‘imi undiriladi. O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va viloyatlar Adliya boshqarmalarida ro‘yxatdan o‘tkaziladigan tadbirkorlik subyektlaridan ro‘yxatdan o‘tkazish uchun davlat boji undiriladi. Uning razmeri quyidagicha belgilangan:


-auditorlik va sug‘urta tashkilotlari, birjalar va bozorlami ro‘yxatdan o‘tkazish uchun eng kam oylik ish haqining to ‘rt barobari miqdorida;
- xorijiy investitsiyali korxonalami ro‘yxatdan o ‘tkazish uchun eng kam oylik ish haqining besh barobari va 500 AQSh dollari miqdorida;
- ustav jamg‘armasi to‘liq xorijiy investitsiyalardan iborat bo‘lgan korxonalami ro‘yxatdan o‘tkazish uchun 2000 AQSh dollari miqdorida. Undiriladigan davlat bojining 20 foizi sudlar va adlya organlarini rivojlantirish jam g‘armasiga, qolgan qismi esa tegishli budjetlarga o ‘tkaziladi.
Tuman va shahar inspeksiyalarida ro‘yxatdan o ‘tkaziladigan tad birkorlik subyektlari ro‘yxatdan o‘tkazish yig‘imi to‘laydilar. Uning miqdori Qoraqalpog‘iston Respublkasi Vazirlar Mahkamasi, viloyat va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan belgilanadi. Ro‘yxatdan o‘tkazish yig‘imining cheklangan stavkalari har yili O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlanadi. Hozirgi paytda mazkur yig‘im eng kam oylik ish haqining 5 barovari miqdorida belgilangan. Bu yig‘imlar tuman va shaharlardagi Tadbirkorlik subyekt larini ro‘yxatdan o ‘tkazish inspeksiyalarini moliyalash uchun ishlatiladi.
Tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatdan o ‘tkazish hamda ularni soliq va statisktika organlarida hisobga qo‘yish ishlari bir tashkilot tomoni dan bir vaqtda amalga oshiriladi. Bu ishlarni bajarish uchun juda qisqa vaqt ajratilgan-ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ariza taqdim etilgandan boshlab to subyektni ro‘yxatdan o ‘tkazilganligi to ‘g‘risidagi guvohnoma topshirilishigacha ketadigan vaqt 2 ish kunidan, soliq va statistika organlarida hisobga qo‘yish bilan 3 ish kunidan oshmasligi kerak. Ro‘yxatdan o‘tkazish rad etilgan taqdirda, asoslangan rad javobini ariza taqdim etilgan paytdan 3 ish soati ichida arizachiga topshirish lozim.
Tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun taqdim etilgan hujjatlar ularda rad qilish asoslari bori - yo‘qligini aniqlash maqsadida o ‘rganib chiqiladi. Bunday asoslar ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to ‘g ‘risidagi nizomlarda aniq ko‘rsatilgan va ulardan tashqari boshqa asoslar bo‘yicha ro‘yxatdan o ‘tkazishni rad qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatdan o ‘tkazishni rad qilish uchun quyidagilar asos bo‘lishi mumkin.
1. Yuridik shaxslar bo‘yicha:
- talab qilinadigan hujjatlarni toTiq taqdim etmaslik;
- ta’sis hujjatlarida, muhr va tamg‘a eskizlarida ko‘rsatilgan firma nomining statistika organi bergan ma’lumotnomada ko‘rsatilgan nomga mos kelmasligi;
- ta’sis hujj atlarida, muhr va tamg‘ a eskizlarida ko‘ rsatilgan korxona tashkiliy-huquqiy shaklining O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida ko‘rsatilgan tashkiliy-huquqiy shakllari aniq turiga mos kelmasligi;
- ta’sis hujjatlarida belgilangan ustav jamg‘armasi miqdorining o’zbekiston Respublikasi qonunchiligida tegishli tadbirkorlik subyektlari uchun belgilangan miqdoriga mos kelmasligi.
2. Xorijiy investitsiyali korxonalar bo‘yicha (yuqoridagi asoslarga qo‘shimcha ravishda):
- xorijiy investitsiya ulushining O’zbekiston Respublikasi qonun chiligida belgilangan miqdoriga mos kelmasligi;
- ta’sischilar tarkibida xorijiy yuridik shaxsning bo‘lmasligi.
3. Bozorlar bo‘yicha (yuqoridagi 1-bandda keltirilgan asoslarga qo‘shimcha ravishda):
- ta’sis hujjatlarida belgilangan ustav jamg‘armasining 30 foizidan kam bo‘lmagan miqdori kiritilmagani;
- ta’sischilar tarkibida ustav jam g‘armasining 51 foiziga ega botgan davlat mahalliy hokimiyati organining bo‘lmasligi.
Tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun taqdim etilgan hujjatlarda yuqorida sanab o‘tilgan rad qilishga asos botadigan holatlar uchramasa, u ro‘yxatdan o ‘tkaziladi. Buning uchun birinchi navbatda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ yuridik shaxsga tegishli statistik kodlarini beradi. Bunday kodlar belgilab qo‘yilgan kvota bo‘yicha statistika organi tomonidan ro‘yxatdan o ‘tkazuvchi organga taqdim etib turiladi. Ro‘yxatdan o ‘tkazuvchi organ navbati bilan tadbirkorlik subyekti - yuridik shaxsga korxonalar va tashkilotlar umum respublika tasnifchisi (KTUT) bo‘yicha kod beradi. Undan so‘ng mazkur organ ro‘yxatga olingan korxonaga soliq toTovchining identifikasiya raqami (STIR) berish uchun tuman (shahar) soliq inspeksiyasiga talabnoma yuboradi. Bu organ esa soliq to ‘lovchilar identifikatsiya raqam larining Respublika markazlash-tirilgan bazasi orqali korxonaga soliq to‘lovchining identifikatsiya raqamini beradi va uni mazkur bazaga kiritib qo‘yadi. Soliq organi bu ishlarni 8 ish soatida bajarishi kerak. Ro‘yxatdan o ‘tkazuvchi organ muhr va tamg‘a eskizlari talablarga mos bo‘Isa (mos bo‘lmagan taqdirda esa ularni moslashtirib) muhr va tamg‘a tayyorlash uchun ruxsatnoma rasmiylashtiradi. Ro‘yxatdan o‘tkazish ishlari tugagach, ro‘yxatdan o ‘tkazuvchi organ tadbirkorlik subyektini tegishli ma’lumotlari bilan maxsus davlat reyestriga kiritadi va ariza bergan shaxsga va tegishli organlarga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi.
1. Yuridik shaxslarga:
- davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnoma;
- “ro‘yxatgaolindi” degan belgi qo‘yilgan v a ro ‘yxatdan o‘tkazuvchi organ muhri bilan tasdiqlangan ta’sis hujjatlari;
- ruxsat beruvchi hujjatlar (bunday hujjatlar zarur bo‘lgan korxonalar uchun);
- muhr va tamg‘a tayyorlash uchun ruxsatnoma - ularning eskizlari bilan birgalikda.
2. Yakka tadbirkorlar va yuridik shaxs boMmagan dehqon xo‘jaliklariga:
- davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to ‘g‘risida guvohnoma;
- muhr va tamg‘a tayyorlash uchun ruxsatnoma - ularning eskizlari bilan birgalikda (tadbirkorga muhr va tamg‘a kerak bo‘lsa).
3. Soliq organiga:
- tadbirkorlik subyektining davlat reyestriga kiritilgan ma’lumotlaridan ko‘chirma;
- ariza (ariza-xabamoma) nusxasi.
4. Statistika organiga:
- tadbirkorlik subyektlari - yuridik shaxslaming davlat reyestriga kiritilgan ma’lumotlaridan ko‘chirma;
- ariza (ariza-xabamoma) nusxasi.
5. Ichki ishlar organiga:
- tadbirkorlik subyektlari-yuridik shaxslarining davlat reyestriga kiritilgan ma’lumotlaridan ko‘chirma;
- muhr va tamg‘adan foydalanadigan yakka tadbirkorlaming davlat reyestriga kiritilgan ma’lumotlardan ko‘chirma;
- muhr va tamg‘a tayyorlash uchun ruxsatnoma nusxasi;
- muhr va tamg‘a eskizlari.
Ro‘yxatdan o ‘tkazish inspeksiyasi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar va hujjatlarni olgandan so‘ng 2 ish kuni ichida:
- soliq organi-tadbirkorlik subyektini soliq to'lovchi sifatida hamda budjetdan tashqari Pensiya jamg'armasi, Bandlikka ko‘maklashish jamg’armasi, Respublika yo‘l jamg'armasiga badal to‘lovchi sifatida hisobga qo‘yadi;
- statistika organi - ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan berilgan statistik kodlarning tadbirkor (ta’sischi) ning arizasi (ariza-xabarnomasi) da ko‘rsatilgan ma’lumotlarga mosligini tekshiradi va ular to‘g ‘ri bo‘lsa, korxonalar va tashkilotlar yagona davlat reyestiriga kiritadi. Statistik kodlar yoki soliq to‘lovchining identifikatsiya raqamiga xatolar mavjudligi aniqlangan taqdirda soliq va statistika organi bu to ‘g ‘rida bir ish kuni ichida ro‘yxatdan o ‘tkazgan organga xabar berishi, mazkur organ esa shu muddatda xatolami tuzatib, ro‘yxatdan o ‘tkazilganlik to‘g ‘risida yangi guvohnoma berishi lozim.
Yuridik shaxslar o‘z ta’sis hujjatlariga o‘zgarishlar va qo‘shimchalar kiritsalar, bu to‘g ‘rida 7 ish kuni ichida tegishli hujjatlarni rasmiylashtirib, ro‘yxatdan o‘tkazgan organga taqdim etishlari kerak. Bunday o‘zgarishlar va qo‘shimchalar 2 ish kuni ichida ro‘yxatdan o‘tkazilishi va zarur bo‘lsa yangi guvohnoma berilishi kerak. Ularning pochta yoki yuridik manzili o‘zgarganda, bu to‘g ‘rida 10 kun ichida yozma ravishda xabar qilishi, ro‘yxatdan o ‘tkazuvchi organ esa mazkur o ‘zgarishlar haqida 2 kun ichida soliq va statistika organlariga bildirishi zarur. Yuridik shaxs bo‘lgan tadbirkorlik subyektining faoliyat turi va ishlovchilarining o ‘rtacha yillik soni o‘zgarganda tadbirkor yoki uning vakilining ishtirokisiz statistika organi korxonalar va tashkilotlar yagona davlat reyestriga taqdim etilgan statistika hisobotiga asosan tegishli o ‘zgartirishlar kiritadi va bu haqda ro‘yxatdan o ‘tkazgan va soliq organlariga hamda tadbirkorlik subyektiga xabar qiladi.
Yakka tadbirkorning faoliyat ko‘rsatish joyi o‘zgarganda bu haqda 10 kun ichida ro‘yxatdan o‘tkazgan organga xabar berishi kerak. Ro‘yxatdan o ‘tkazuvchi organ bu o ‘zgarishlar to ‘g‘risida 2 kun ichida soliq organiga bildiradi. Ro‘yxatdan o ‘tkazuvchi va soliq organlari tadbirkordan xabar kelgan paytdan boshlab 3 kun ichida ro‘yxatdan o ‘tganligi qayd qilingan reyestrga va hisobga qo‘yish hujjatlariga te gishli o‘zgartirishlar kiritib, bu to ‘g‘rida tadbirkorga yozma ravishda xabar berishlari kerak.


Yüklə 45,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin