6.Byudjet taqchilligi va ortiqchaligi.
Iqtisodiyotning o`rnatilgan barqarorligi darajasi davriy byudjet taqchilligi va ortiqchaligi miqdorlariga bog’lik. Davriy taqchillik (ortiqchalik) iqtisodiy faollik pasayishi (oshishi) sharoitida soliq tushumlarining avtomatik kamayishi (oshishi) va davlat xarajatlarining avtomatik oshishi (kamayishi) natijasida yuzaga keladigan davlat byudjeti taqchilligi (ortiqchaligi)dir.
T=Ta+tY
Byudjetning
davriy G=cont
takchilligi Byudjetning
davriy profitsiti
G=Ga-γY
Byudjet taqchilligi va ortiqchaligi
Davriy pasayish bosqichida soliqlar avtomatik pasayishi, davlat transfertlarining oshishi natijasida byudjet taqchilligi kelib chiqadi.
Davriy yuksalish bosqichida soliqlar avtomatik ko`payishi va davlat xarajatlarining kamayishi natijasida byudjet ortiqchaligi paydo bo`ladi. Davlat xarajatlari o`zgarmas bo`lgan sharoitda xam byudjet taqchilligi va ortiqchaligi mavjud bo`lishi mumkin. Davriy taqchillik va ortiqchalik miqdorlari soliq va byudjet funktsiyalari grafiklarining «tikligiga» bogliq. Soliq funktsiyasi T ning egilish burchagi chegaraviy soliq stavkasi t ning mikdoriga boglik. t qancha yukori bo`lsa T chizigi shuncha tik bo`ladi. Davlat byudjetidan beriladigan transfertlar xajmi o`zgarishining daromadlar o`zgarishiga bog’liqligini xarakterlovchi γ koeffitsent qancha kichik bo`lsa, G chizig’i xam shuncha tik bo`ladi. Demak daromad oshgani sari byudjetga soliq to`lovlari oshaveradi, byudjetdan transfert to`lovlari esa kamayadi.
Davlat xarajatlari daromadga bog’liq bo`lmagan o`zgarmas miqdor bo`lganda t qanchalik katta bo`lsa T chizigi shuncha tik va iqtisodiyotning o`rnatilgan barqarorligi darajasi xam shunchalik yuqori bo`ladi. Ammo iqtisodiy o`sishning ta`minlash vazifasi T va G chiziqlarini yotiqroq bo`lishini taqozo etadi.
O`rnatilgan barqarorlashtirgichlar muvozanatli YAM xajmini, uning potentsial xajmi darajasi atrofida tebranishi sababini to`liq tugatmaydi va ishlab chiqarishning xar qanday darajasida mavjud bo`lishi mumkin.
To`liq bandlikni ta`minlagan diskret fiskal’ siyosat yuritilishi natijasida davlat byudjetining tarkibiy taqchilligi (ortiqchaligi), ya`ni to`liq bandlik sharoitida byudjet xarajatlari (daromadlari) va daromadlari (xarajatlari) o`rtasidagi farq yuzaga keladi.
Davriy taqchillik ko`pincha davlat byudjetining xaqiqiy taqchilligi va tarkibiy taqchillik farqi sifatida baxolanadi.
Dostları ilə paylaş: |