Fiskal siyosat, davlаt byudjeti va uning taqchilligi



Yüklə 265,52 Kb.
səhifə10/20
tarix09.06.2023
ölçüsü265,52 Kb.
#127856
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20
Fiskal siyosat, Asalxon G\'ulomova

To‘rtinchidan, soliq to‘lov jarayoni soliq to‘lovchilarga oddiy, tushunarli va qulay, soliq yig‘uvchi tashkilotlar uchun tejamli bo‘lishi zarur;
Beshinchidan, soliq tizimi iqtisodiyotda yaratilgan YaMMning samarali qayta taqsimlanishini ta’minlashi kerak.
O‘zbekistonda byudjet va soliq tizimini takomillashtirish mamlakatda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar maqsadi va vazifalariga mos kelishi zarur.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida umumiqtisodiy barqarorlikka erishish, moliyaviy barqarorlikni ta’minlash shu jumladan davlat byudjeti barqarorligini mumkin bo‘lgan darajada ushlab turish vazifasini ham o‘z ichiga oladi. SHunga muvofiq moliya siyosati Respublika davlat byudjetidagi taqchillikni yo‘l qo‘yilgan eng kam daraja doirasida ushlab turishga qaratiladi. Hozirgi davrda ham moliya siyosatining asosiy vazifasi byudjet taqchilligini cheklash hisobiga iqtisodiyotni barqarorlashtirishga qaratilgan. Bunga erishish uchun Respublika iqtisodiyotida zarur tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish orqali ishlab chiqarishning paspayishiga barham berish va iqtisodiy o‘sishga erishish eng asosiy maqsad deb qarab kelindi.
Bunda soliq tizimi– xazinani to‘ldirish, qayta taqsimlash va rag‘batlantirish vazifalarini to‘la darajada bajarishi zarur. Soliqlarning birinchi vazifasi, davlat byudjeti daromad qismining eng muhim umumdavlat vazifalarini xal etish uchun zarur bo‘lgan miqdorda shakllanishini ta’minlashga qaratilishi lozim. Uning ikkinchi vazifasi, YaMMning bir qismini qayta taqsimlash va shu orqali iqtisodiyot tuzilishini o‘zgartirish, aholini ijtimoiy ximoyalash kafolatini ta’minlashda bevosita ishtirok etishdan iborat. Soliqlarning uchinchi vazifasi ishlab chiqarishni rivojlantirishga, moddiy xom ashyo, moliyaviy va mehnat resurslaridan samarali foydalanishga rag‘batlantiruvchi ta’sir ko‘rsatishdir.
Bu vazifalarni real bajarishi uchun amaldagi soliq tizimi bosqichma - bosqich isloh qilish talab qilinadi.
Soliq tizimini isloh qilishga asos qilib olingan asosiy tamoyil-korxonalar zimmasidagi soliq yukini kamaytirishdir. Bu ularning o‘z mablag‘larini ishlab chiqarishini rivojlantirish, texnika bilan qayta qurollantirish va aylanma mablag‘larni to‘ldirishga sarflash imkoniyatini beradi
Korxonalar zimmasidagi soliq yukini kamaytirishda daromad solig‘idan foydadan undirilgan soliqqa o‘tish ko‘zda tutiladiki, bu ishlab chiqarish va tadbirkorlik faoliyatini rag‘batlantirish imkoniyatini beradi. Foydaning ishlab chiqarishni kengaytirishga qaratilgan umumiy miqdori ko‘payishi bilan birga, ayni vaqtda ishlovchilar ish xaqini oshirish imkoniyati ham yaratiladi. Natijada faol mehnatni rag‘batlantiruvchi iqtisodiy muhit qaror topadi.
Korxonalar zimmasidagi soliq yukini engillashtirishga erishishda qo‘shilgan qiymatdan olinadigan soliq stavkasini kamaytirishga ham e’tibor qaratiladi.
Respublikada soliq tizimini isloh qilishda uning tarkibini tubdan o‘zgartirish, resurslar, mol-mulk solig‘ining rolini oshirish, jismoniy shaxslardan soliq undirishning progressiv tizimini joriy etish vazifasi qo‘yiladi.
Tabiiy resurslarni qayta tiklash imkoniyatini yaratish va ulardan ehtiyotkorona foydalanish maqsadini amalga oshirish uchun er osti boyliklari, suv va qayta tiklanmaydigan boshqa resurslarga to‘lov o‘rnatish soliq siyosatining navbatdagi yo‘nalishidir.
Respublika ahamiyatiga ega bo‘lgan soliqlar bilan mahalliy soliqlar o‘rtasida aniq chegarani belgilash soliq tizimini takomillashtirishning eng muhim yo‘nalishidir.
Bunda davlat byudjeti daromadining katta qismini joylarga berish, mahalliy byudjetlarni mustahkamlashga asosiy e’tibor qaratiladi.
Davlat byudjeti mutanosibligini kuchaytirish maqsadida, soliq tizimini takomillashtirish bilan bir qatorda, korxonalarning moliya intizomini mustahkamlash, to‘lov majburiyatlarini bir meyorga keltirish, qarzlarning salbiy oqibatini tugatish muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.

Yüklə 265,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin