Fitosenologiya


O‘simliklar qoplami dinamikasining asosiy formalari



Yüklə 329,85 Kb.
səhifə117/157
tarix17.05.2022
ölçüsü329,85 Kb.
#58293
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   157
“FITOSENOLOGIYA”

2. O‘simliklar qoplami dinamikasining asosiy formalari Iqlim omillarining keskin o’zgarishi natijasida o’simliklar qoplamida sifat va miqdor jihatidan o’zgarishlar bo’lishi tabiiy. Yog’in miqdorining ko’p bo’lishi, o’simliklar qoplamining sifat jihatidan o’zgarishiga olib keladi. Masalan mavjud turlarning bo’yining baland bo’lishi, sershox va ko’p hosil qilishi kuzatilsa, jamoadagi turlar individ jihatidan ham ko’p bo’ladi. Aksincha, yog’ingarchilik mikdori juda kam bo’lganda jamoadagi ko’plab namsevar o’simlik turlari nobud bo’lib ketishi mumkin. Ular o’rniga qurg’oqchilikka chidamli boshqa turlar kirib keladi. Bundan tashqari o’simliklar qoplamining o’zgarishida tuproq omillarining ham roli katta. Bunga tuproqning mexanik va ximiyaviy tarkibi ta’sir ko’rsatadi. Misol uchun tuproq tarkibining sho’rlanishi natijasida mavjud jamoaning turlar tarkibi keskin o’zgaradi. Uzoq tarixiy taraqqiyotga ega bo’lgan turlar o’rniga boshqa sho’rga chidamli turlar kirib keladi. Bunday holni Orol dengizi atrofida, Qarshi va Mirzacho’liing o’zlashtirilgan maydonlarida ko’rish mumkin. Qarshi cho’lida bugungi kunda sho’rga chidamli sho’radoshlar oilasining vakillari hamda qamish, yulg’un (Tamarix hispida Willd), kabi turlar keng tarqalgan. Har bir jamoa aslida asrlar davomida shakllanadi. Unga tuproq tarkibidagi oziq moddalar miqdori ham katta tasir ko’rsatadi. Yerda oziq moddalar miqdori yetarli yoki ko’p bo’lganda turlar soni ham, individlar soni ham ko’p bo’lib, efemer va efemeroid turlar ko’plab o’sadi. Tuproqda oziq moddalar miqdori kam bo’lganda jamoada o’simliklarning turlar soni ham anchagina kam bo’lish bilan birga individlar miqdori ham son jihatidan kam bo’ladi.

Har qanday muhitga tez moslashgan o’simlik turlari shu jamoaning xo’jayin turi bo’lib hisoblanadi. Misol uchun, shuvoq (Artemisia) bilan yantoq (Alhagi sparsifolia Shap) bir jamoada juda kam hollarda birga o’sadi. Sababi shuki, yantoq muhitga tez moslashadi. Ildiz sistemasi yerga chuqur kirib, namga to’liq yetib boradi. Bu esa shuvoqning o’sib rivojlanishiga salbiy ta’sir etib, shuvoqni jamoadan siqib chiqaradi yoki aksincha tog’li zonalarda, yerosti suvlari kam bo’lgan joylarda shuvoq yantoqni jamoadan siqib chiqaradi. Jamoaning o’zgarib turishida bundan tashqari antropogen omillarning, hayvonot dunyosining va tabiiy ofatlarning ham roli va o’rni juda katta.

Qumli cho’l sharoiti uchun o’simliklar qoplamida, asosan, quyonsuyak va saksovul (Haloxylon aphyllum) asosiy o’rinni egallar edi. Hozirgi kunda esa inson ta’siri natijasida bu o’simliklar keskin kamayib ketgan. Inson ta’siri natijasida O’zbekistonda juda ko’plab tur o’simliklar sifat va son jihatidan inqirozga uchragan. Juda katta maydonlarni egallagan jamoalar ham yo’q bo’lish darajasiga kelib qoldi. Tabiiy bodomzorlar, yong’oqzorlar, pistazorlar, bodomchazorlar maydoni keskin kamayib ketdi. O’zbekistonning noyob boyligi bo’lgan archazorlar o’tgan asrning boshlarida katta inqirozni boshidan kechirdi.

CHorva mollarining doimiy ravishda yaylov almashinib boqilishi natijasida tog’ va adir mintqasidagi ko’plab yovvoyi o’simlik turlari cho’l mintaqasida ham keng tarqaldi. Cho’l mintaqasida esa isiriq (Peganum harmala L) zorlar keng maydonlarni ishg’ol etib jamoa hosil qilib o’smokda. O’simlik turlarining bunday tarqalishida hayvonot dunyosining, jumladan, chorva mollarining o’rni katta.

O’simliklar jamoasi sindinamikasining asosiy shakllari flyuktuatsiya va suksessiyalar deb ataladi.

Ma’lumki har bir jamoada o’ziga xos o’zgarishlar mavjud bo’ladi. Har bir jamoa sutka davomida ham o’zgarib turadi. Jamoaning sutkalik o’zgarishi deganda har bir individda sutka davomida bo’ladigan o’sish, rivojlanish, g’unchalash, gullash, urug’ va meva hosil qilish holatlari tushuniladi. Jamoada bo’ladigan mavsumiy o’zgarish ham son va sifat o’zgarishidan iboratdir. Ma’lum bir fitotsenozda turlar tarkibiga ko’ra har xil o’zgarish bo’ladi. Fitotsenozdagi bir yillik efemer turlar yillik yog’ingarchilik miqdoriga havo haroratita qarab o’zgaradi. Jamoadagi har bir tur urug’ hosil qilib, vegetatsiya davrini tugatayotgan davrda ikkinchi bir tur gullayotgan, uchinchi bir tur endi unib chiqayotgan bo’ladi. Bu hol jamoaning sifat o’zgarishini keltirib chiqaradi. Jamoadagi turlarning ba’zilari yil davomida o’sib rivojlansa, boshqa bir turlar juda qisqa muddatda o’z vegetatsiyani tugatadi. Fitotsenozda turlar son jihatidan ancha kam bo’lib qoladi. Jamoadagi har qanday o’zgarish jamoa yashab turgan muhitga-ekologik omillarga bog’liq bo’ladi.



3. O’simliklar qoplami tarkibi har doim sifat va miqdoriy jihatdan o’zgarib turadi. O’simlikjamoalarining tashqi morfologik jihatdan o’zgarishlari yig’indisi uning sinmorfologiyasini tashkil qiladi. O’simliklar jamoasi tarkibidagi o’simlik turlari o’zining turli mavsumlardagi aspektlari, hayotiy shakllari, vertikal va gorizontal tuzilishi va taqsimlanishi bilan doimo farqlanib turadi. Bahorgi aspekt ayniqsa juda yaqqol ko’zga tashlanadi. Bunda o’simliklar jamoasining rang-barangligi, turlar xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Aspektlar yil fasllari va mavsumga mos ravishda o’zgarib yangilanib turadi.


Yüklə 329,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   157




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin