13- amaliy mashg’ulot: Sintaksonomiya va taksonomiya. Dominantlar bo‘yicha klassifikatsiyalash
Reja
1. O’simliklar qoplamini klassifikatsiyalash. Taksonomiya va sintaksonomiya
2. Dominantlar bo‘yicha klassifikatsiyalash
Tayanch so’z va iboralar: o’simliklar qoplami, klassifikatsiya, dominantlik, ekologo-floristik, Braun-Blanke, Mirkin, sintaksonomiya, ilmiy maktablar, Garbiy Evropa, Rossiya, assosiatsiya, formatsiya, tip, fatsiya, ittifoq, tartib, sinf
1. O’simliklar jamoalarini o’rganish va qoplamni klassifikatsiya qilish muxim nazariy va amaliy ahamiyatga ega. O’simliklar qoplamini klassifikatsiyalash (sintaksonomiya) – gebotanikaning eng asosiy bo’limlaridan biri hisoblanadi. Sintaksonomiya atamasi faqat o’simliklar jamoalarini tartibga solish uchun qo’llanildi.
Klassifikatsiya yoki sintaksonomiya – muayyan bir aniq xududdagi barcha xilma-xil o’simliklar jamoalarini bir-biriga bo’ysinuvhi ierarxik klassifikatsion mezonlarga asosan taqsimlanish jarayonidir. Unga ko’ra muayyan xududdagi barcha o’simliklar jamoalari tur tarkibi, morfologik va floristik jihatdan tartibga solinadi. Bunda jamoalarni tartibga solishda jamoalarni ifodalovchi sintaksonlardan foydalaniladi. Geobotanikada jamoalarni belgilovchi eng kichik strukturaviy birlik sifatida – assosiatsiyalar qabul qilingan.
O’simliklar qoplamini klassifikatsiyalashda rus olimlaridan V.N.Sukachev, P.D.Yaroshenko, A.P.Shennikov, B.B.Alyoxinlarning xizmati katta.
Assosiatsiya – bir xil yashash joyida o’xshash sharoitga, dominant o’simliklarning oxhshash tashqi qiyofasiga (hayotiy shakl) ega, muayyan floristik tarkibga ega bo’lgan o’simliklar jamoasi hisoblanadi. Avval ta’kidlanganidek, assosiatsiya eng asosiy strukturaviy birlik hisoblanib, katta sintaksonlar aynan uning xususiyatlari, tuzilishi va tarkibiga qarab aniqlanadi. O’simliklar jamoalarini klassifikatsiyalash muxim nazariy va amaliy ahamiyatga ega. Assosiatsiyalar tarkibida barcha yaruslarda o’xshash dominantlar uchraydi, oxshash tarkibga ega bo’ladi. O’xshash assosiatsiyalar assosiatsiyalar guruxini tashkil qiladi. Ular esa o’z navbatida formatsiyalarni, formatsiyalar guruxini, formatsiyalar sinfini hamda eng yirik sintakson o’simliklar tipini shakllantiradi. Demak, o’simliklar qoplamini klassifikatsiyalash ma’lum sintaksonlarni qo’llash orqali amalga oshiriladi. Assosiatsiyalarga nom berishda ana shu jamoaning sodiq turlariga e’tibor beriladi. Turning sodiqligi bu muayyan jamoaga bog’liqlik darajasi ko’rsatkichi hisoblanadi. Bu belgi ilk bor Braun-Blanke tomonidan taklif qilingan.
O’simliklar qoplamini tasniflash bo’yicha rus, skandinaviya, anglo-amerika, franko-shveytsar maktablari mavjud.
Taksonomiya esa o’simlik turlarini morfologik belgilariga asoslangan xoda tizimga solish jarayoni hisoblanadi. Taksonomiya o’simliklar sistematikasining ajralmas bo’g’ini hisoblanadi. O’simliklar florasi tur, turkum, oila, sinf, tartib va bo’limlar kabi taksonomik birliklardan iborat. Masalan, biror xududda tarqalgan o’simliklar turlarining soni 100 ta bo’ladigan bo’lsa, demak, xudud florasi 100 taksondan tashkil topgan bo’ladi. Bu turlar ma’lum turkum, oila va sinflarga birlashadi.
2. O’simliklar qoplamini klassifikatsiyalash yani tasniflash bo’yicha ko’plab tadqiqotlar olib borilgan. Bu borada Yer sharining barcha qit’alarida o’ziga xos tasniflar ishlab chiqilgan va hozirga qadar ularning bir qanchasi muvaffaqiyatli qo’llanilib kelinmoqda.
O’simliklar qoplamini klassifikatsiyalash masalalariga ko’plab evropalik va rus olimlari e’tibor qaratganlar. O’simliklar qoplamini klassifikatsiyalashda bir qancha yo’nalishlar mavjud. Klassifikatsiyani asosini tashkil qiluvchi prinsiplarga asosan, hozirda geobotanikada ularni asosan shartli ravishda guruxlarga ajratiladi va o’sha yo’nalishlarda tadqiqotlar olib boriladi.
Lekin oxirida o’simliklar qoplamini klassifikatsiyalashda faqat ikkita metod ustunligi ko’zga tashlandi. Bu metodlar dominantlar (fizionomik) va ekologo-floristik metodlardir
Doninantlar (fizionomik) metod eng ko’p va keng qo’llaniladigan klassifikatsion metod hisoblanadi. Bunda o’simliklar jamoasidagi aloxida yaruslardagi dominant turlarga aloxida e’tibor beriladi va shu asosda jamoaga nom beriladi. Eng asosiy sintakson bu metodda formatsiyalar hisoblanadi. Bu metodda asosiy sintaksonlar sifatida assosiatsiya, formatsiya sinfi va o’simlik tipi kabilar qo’llaniladi. Formatsiya bu bitta dominantga ega bo’lgan o’simliklar jamoasi hisoblanadi. Assosiatsiyalar har xil yaruslardagi dominant turlar asosida aniqlanadi. Ushbu metodni boreal, subboreal, subtropik o’rmon o’simliklar qoplamida butunicha va osongina qo’llash mumkin. Bunda jamoa tarkibida kuchli edifikatorlik xususiyatiga ega bo’lgan bir nechta yaqqol dominantlar mavjud bo’ladi va qoplam o’zining yuqori diskretlik darajasi (barqarorlik) bilan ajralib turadi. Lekin ushbu metodni o’tloq va ruderal o’simliklar qoplami uchun umuman qo’llash maqsadga muvofiq emas. Chunki bunday qoplamlarda dominantlar va edifikatorlar bir mavsum davomida tez-tez o’zgarib turishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |