Har bir o’simlik turining tabiatda, ya’ni qaysidir o’simlik jamoasida tutgan o’z o’rni bo’ladi, bu tasodifiy bo’lmaydi, aksincha, aniq qonuniyatlarga bo’ysungan bo’ladi. Bu qonuniyatlarni bilganimizdagina biz har bir o’simlikning o’zini tushuna olishimiz va undan oqilona foydalana olishimiz mumkin. Aks xolda tabiatga qattiq salbiy ta’sir o’tkazib qo’yish mumkin. Fitotsenozlarni, ularda borayotgan har qanday jarayonlarni esa fitotsenologiya o’rganadi.
Fitotsenologiya fani tabiiy o’simliklar jamoalarini o’rganishdan tashqari, sun’iy fitotsenozlarni, ya’ni inson tomonidan yaratilgan agrofitotsenozlarni ham o’rganadi. Ulardan unumli foydalanish va maxsuldorligi oshirish choralarini ishlab chiqadi.