Fitosenologiya


Reja 1. Jamoalardagi turlar xilma-xilligi



Yüklə 329,85 Kb.
səhifə29/157
tarix17.05.2022
ölçüsü329,85 Kb.
#58293
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   157
“FITOSENOLOGIYA”

Reja

1. Jamoalardagi turlar xilma-xilligi

2. “Turlar soni/maydon” egri chizig‘i

Tayanch so’z va iboralar: tur, sistematika, jamoa, turlar soni, maydon, egri chiziq, gradiyent, gipoteza



1. Jamoalardagi turlar xilma-xilligi

O’simliklar qoplami xilma-xil o’simliklar jamoalari va uning tarkibidagi ko’p sonli turlar yig’indisidan iborat. Har qanday o’simliklar jamoasida turlar soni turlicha miqdorda bo’ladi. Turlar soni turli tik mintaqalar bo’ylab tarqalgan o’simliklar jamoalarida bir-biridan keskin farqlanadi. Bu alfa xilma-xillikning eng oddiy ko’rinishi hisoblanadi. Margalef fikricha, turlar xilma-xilligi har qanday xolatda ikkita jarayon oralig’ida turadi.

Akademik Q.Z.Zokirov O’zbekistonda 4 xil tik mintaqalarni ajratgan. Har mintaqa o’ziga xos o’simliklar qoplami va turlar xilma-xilligiga ega.

Cho’l mintaqasi o’zining ekstremal sharoitlari bilan boshqa mintaqalardan keskin farq qiladi. Shuning uchun ham bu mintaqadagi o’simliklar turlar tarkibi va jamoalar xilma-xilligi bo’yicha boshqa mintaqalardan ancha orqada. Bu mintaqa maydon jihatidan respublika yer fondining 60 foizdan ortig’ini tashkil qiladi, ammo turlar soni bo’yicha juda past ko’rsatkichga ega. Bu mintaqada efemer o’simliklar, butazor o’simlik jamoalari ustunlik qiladi. Bu jamoalar tarkibida sho’radoshlar, bug’doydoshlar va qoqio’tdoshlar oilasi vakillari ancha ustunlik qiladi. Galofitlar, psammofitlar, gipsofit o’simlik tiplari ushbu mintaqaning asl jamoalari hisoblanadi.

Adir mintaqasida xilma-xil o’simlik jamoalari tarqalgan. Turlar xilma-xilligi bo’yicha bu mintaqadagi o’simlik jamoasi cho’lga qaraganda ancha boy hisoblanadi. Bu mindaqada ham O’zbekiston florasida turlar soni bo’yicha ustunlik qiluvchi qo’qio’tdoshlar, burchoqdoshlar, bug’doydoshlar, ziradoshlar, ayiqtovondoshlar oilalari va lolasimonlar sinfi ayrim oilalari vakillari ustunlik qiladi. Bu mintaqada har xil o’tli o’tsimon o’simliklar, efemerlar, kserofil daraxt va butazor o’simlik jamoalari ko’p tarqalgan.

Tog’ mintaqasi o’simlik jamoalari va turlariga eng bo’y mintaqa hisoblanadi. Bu mintaqada alfa xilma-xillik va beta xilma-xillik eng yuqori darajada bo’lib, butun o’simlik turlarining 80 foizga yaqini aynan shu mintaqa xissasiga to’g’ri keladi. Bu mintaqada nafaqat turlar soni ko’p, balki, ularning senopopulyatsiyalari, individlar zichligi ham eng yuqori darajada hisoblanadi. Tuproq yuzasining o’simliklar bilan qoplanish darajasi eng kamida 60-70 foizni, ko’p xollarda 90-100 foizni tashkil qilishi mumkin. Bu mintaqada ko’p yillik polikarp o’simliklardan tashkil topgan jamoalar, keng bargli va ignabargli daraxtlar va ko’plab butalarni o’z ichiga olgan jamoalar keng tarqalgan. Ularning vegetatsiyasi ham uzoq davom etadi. Bu mintaqada qulay iqlim va tuproq sharoitlarining mavjudligi aynan bu yerda yuqori darajadagi alfa va beta xilma-xillikka sabab bo’ladi.

Yaylov mintaqasida pastaklik xodisasi, yani deformatsiyaga uchragan o’simliklar ko’p tarqalgan. Bu xodisa torondoshlar, yalpizdoshlar, govzabondoshlar, ayiqtovondoshlar oilalari uchun xos jarayon. O’tsimon o’simliklardan bug’doydoshlar, qoqio’tdoshlar, qiyoqdoshlar, burchoqdoshlar oilalari vakillari nisbatan ustunlikni ushlab turadi.


Yüklə 329,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   157




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin