12-ma’ruza: Strategiya tiplarini o‘zaro qiyoslash
Reja
1. Hayotiy strategiyalar bo’yicha Macliod hamda Makartur va Uilson tasnifi
2. Hayotiy strategiyalar bo’yicha Ramenskiy va Graym tasnifi
Tayanch so’z va iboralar: tasnif, Macliod, Makartur, Uilson, Ramenskiy, Graym, Graym uchburchagi
Hayotiy strategiyalar bo’yicha Macliod hamda Makartur va Uilson tasnifi
O’simliklar olami vakillarini ingliz olimi Dj. Macliod ham o’ziga hos ekologik strategiyalarga ajratgan. U hayvonlar singari o’simliklar jamoalarini ham r- va k-strateglarga bo’la turib, ularni muxit sharoitlariga nisbatan moslanishlarini hisobga olgan holda ikkita ekologo-senotik strategiyalarga ajratgan va ularni “kapitalistlar” va “proletarlar” deb nomlagan.
“Kapitalist” o’simliklar o’zlarining asosiy energiyalarini ular takibidagi katta yoshdagi tuplar uchun sarflaydi va ular qishlash uchun o’z kapitali, yani fitomassaning ko’p yillik to’qimalari bo’lgan - daraxt tanalari va shox-shabbasi, ildizpoyalari, tugunaklari, piyozboshlari bilan tayyorgarlik ko’radilar. Bu guruh o’simliklari daraxtlar, butalar, yarim butalar, ko’p yilliklar va ikki yilliklardan iborat.
“Proletar” o’simliklar esa aksincha qish mavsumiga kapitalsiz, lekin o’zlarining ko’p sonli urug’lari bilan qishlaydilar. Chunki ularning asosiy kuchi va energiyasi ko’payish va nasl qoldirish uchun sarflanadi. Bu ekologik strategiya vakillari barcha bir yillik o’tsimon o’simliklar hisoblanadi.
P.Mak-Artur va Ye.Uilsonlar 1967 yilda tirk organizmlarning 2 ta ekologo-senotik tiplarini o’rganganlar. O’rganish natijasida R-tanlanish va K-tanlanishga ega bo’lgan organizm guruxlarini ajratganlar.
R-tanlanish – bu organizmlarning ko’payishga qaratilgan evolyutsion yo’nalishi hisoblanadi. Bunday tanlanishga ega bo’lgan turlar r-strateglar deb nomlangan. R-strateglar asosan mayda hayvonlardan iborat bo’lib, ulardagi ko’payish imkoniyatlari, yani biotik potensiali nixoyatda yuqori bo’ladi. Ularga uy sichqoni, suvarak, uy pashshasi kabilar kiradi. R-strateglarning ontogenezi juda qisqa bo’ladi va noqulay shart-sharoitlargacha o’zidan ko’plab nasl qoldirib ulguradi.
K-tanlanish – bu katta yoshdagi organizmlarni saqlab qolishga qaratilgan evolyutsiya yo’nalishi hisoblanadi. Bunday tanlanishga ega bo’lganorganizmlarga k-strateglar deb nom berilgan. K-strateglarlarga asosan yirik o’txo’r va yirtqich hayvonlar kiradi. K-strateglar asosan aniq tashqi muxit sharoitlarida hayot kechiradilar. Ular miqdoriy jihatdan barqaror ko’rsatgichga ega. Yirik individlar o’rtasida kuchli raqobat ketadi va buning uchun organizmlar butun resurslarning asosiy qismini safarbar qiladilar.
Dostları ilə paylaş: |