13-ma’ruza: Sindinamikaning rivojlanish tarixi. O‘simliklar qoplami dinamikasining
asosiy formalari
Reja
1. Sindinamika haqida tushuncha va uning tarixi
2. Sindinamikaning asosiy formalari
Tayanch so’z va iboralar: dinamika, sindinamika, mavsum, ritm, suksessiya, birlamchi, ikkilamchi
1. Sindinamika haqida tushuncha va uning tarixi
Tabiatda har qanday tirik organizmlar jamoasi tuzilish, tarkib, sifat, son va miqdoriy jihatdan o’zgarishlarga uchraydi. Bunday o’zgarishlar fanda dinamika deb ataladi. Fitosenologiya fanida esa o’simliklar jamoasining bunday o’zgarishlar yig’indisi sindinamika deb yuritiladi.
Dastlab fitosenozlarning o’zgarishini 1942 yilda Sukachev fitosenoz dinamikasi deb atashni taklif qilgan. Bir fitosenozning boshqa fitosenozga almashinuvini esa o’simliklar qoplami dinamikasi deb atagan. Biz yuqorida avvalgi ma’ruzalarda ko’rib o’tganimizdek o’simlikdar qoplami doimiy ravishda u yoki bu darajada o’zgarib turadi. Bunday o’zgarishlarning asosiy tiplari (Aleksandrova,1964) qo’yidagilardir: sutkalik, mavsumiy, yillik va har xil yillik bo’ladi.
Sutkalik o’zgarishlar fitosenozni tashkil qilgan o’simliklar hayot faoliyatining sutkalik ritmi bilan bog’liq.
Mavsumiy o’zgarishlar fitosenozdagi o’simliklarning rivojlanish ritmidagi ayrim mavsumiy xususiyatlarga bog’liq.
Yillik va har xil yillik o’zgarishlar (flyuktuatsion) yil davomidagi iqlimiy nuqtai-nazardan meteorologik holatga bog’liq. O’simliklar qoplamining o’zgarishida bir qancha ekologik omillarning o’ziga xos o’rni bor. Jumladan, iqlim omillari, edafik omillar, antropogen omillar. Shuningdek jamoalarning almashinishida turlarning alohida almashinishi, aksincha yoppasiga almashinishi hamda jamoa evolyutsiyasiga bog’liqlik bor.
Dostları ilə paylaş: |