Fitosenologiya


Klassifikatsiyalashning ahamiyati. Taksonomiya va sintaksonomiya



Yüklə 329,85 Kb.
səhifə66/157
tarix17.05.2022
ölçüsü329,85 Kb.
#58293
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   157
“FITOSENOLOGIYA”

1. Klassifikatsiyalashning ahamiyati. Taksonomiya va sintaksonomiya

2. Asosiy sintaksonlar haqida tushuncha

3. Fitosenotik kontinuum

Tayanch so’z va iboralar: klassifikatsiya, takson, sintakson, taksonomiya, sintaksonomiya, kontinuum, assosiatsiya, formatsiya

1. Klassifikatsiyalashning ahamiyati. Taksonomiya va sintaksonomiya

O’simliklar jamoalarini o’rganish va qoplamni klassifikatsiya qilish muxim nazariy va amaliy ahamiyatga ega. O’simliklar qoplamini klassifikatsiyalash (sintaksonomiya) – gebotanikaning eng asosiy bo’limlaridan biri hisoblanadi. Sintaksonomiya atamasi faqat o’simliklar jamoalarini tartibga solish uchun qo’llanildi.

Klassifikatsiya yoki sintaksonomiya – muayyan bir aniq xududdagi barcha xilma-xil o’simliklar jamoalarini bir-biriga bo’ysinuvhi ierarxik klassifikatsion mezonlarga asosan taqsimlanish jarayonidir. Unga ko’ra muayyan xududdagi barcha o’simliklar jamoalari tur tarkibi, morfologik va floristik jihatdan tartibga solinadi. Bunda jamoalarni tartibga solishda jamoalarni ifodalovchi sintaksonlardan foydalaniladi. Geobotanikada jamoalarni belgilovchi eng kichik strukturaviy birlik sifatida – assosiatsiyalar qabul qilingan

Assosiatsiya – bir xil yashash joyida o’xshash sharoitga, dominant o’simliklarning oxhshash tashqi qiyofasiga (hayotiy shakl) ega, muayyan floristik tarkibga ega bo’lgan o’simliklar jamoasi hisoblanadi. Avval ta’kidlanganidek, assosiatsiya eng asosiy strukturaviy birlik hisoblanib, katta sintaksonlar aynan uning xususiyatlari, tuzilishi va tarkibiga qarab aniqlanadi. O’simliklar jamoalarini klassifikatsiyalash muxim nazariy va amaliy ahamiyatga ega. Assosiatsiyalar tarkibida barcha yaruslarda o’xshash dominantlar uchraydi, oxshash tarkibga ega bo’ladi. O’xshash assosiatsiyalar assosiatsiyalar guruxini tashkil qiladi. Ular esa o’z navbatida formatsiyalarni, formatsiyalar guruxini, formatsiyalar sinfini hamda eng yirik sintakson o’simliklar tipini shakllantiradi. Demak, o’simliklar qoplamini klassifikatsiyalash ma’lum sintaksonlarni qo’llash orqali amalga oshiriladi.

Taksonomiya esa o’simlik turlarini morfologik belgilariga asoslangan xoda tizimga solish jarayoni hisoblanadi. Taksonomiya o’simliklar sistematikasining ajralmas bo’g’ini hisoblanadi. O’simliklar florasi tur, turkum, oila, sinf, tartib va bo’limlar kabi taksonomik birliklardan iborat. Masalan, biror xududda tarqalgan o’simliklar turlarining soni 100 ta bo’ladigan bo’lsa, demak, xudud florasi 100 taksondan tashkil topgan bo’ladi. Bu turlar ma’lum turkum, oila va sinflarga birlashadi.


Yüklə 329,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   157




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin