2. O’simlik qoplamini dominantlar metodi bo‘yicha klassifikatsiyalash
Doninantlar (fizionomik) metod eng ko’p va keng qo’llaniladigan klassifikatsion metod hisoblanadi. Bunda o’simliklar jamoasidagi aloxida yaruslardagi dominant turlarga aloxida e’tibor beriladi va shu asosda jamoaga nom beriladi. Eng asosiy sintakson bu metodda formatsiyalar hisoblanadi. Bu metodda asosiy sintaksonlar sifatida assosiatsiya, formatsiya sinfi va o’simlik tipi kabilar qo’llaniladi. Formatsiya bu bitta dominantga ega bo’lgan o’simliklar jamoasi hisoblanadi. Assosiatsiyalar har xil yaruslardagi dominant turlar asosida aniqlanadi. Ushbu metodni boreal, subboreal, subtropik o’rmon o’simliklar qoplamida butunicha va osongina qo’llash mumkin. Bunda jamoa tarkibida kuchli edifikatorlik xususiyatiga ega bo’lgan bir nechta yaqqol dominantlar mavjud bo’ladi va qoplam o’zining yuqori diskretlik darajasi (barqarorlik) bilan ajralib turadi. Lekin ushbu metodni o’tloq va ruderal o’simliklar qoplami uchun umuman qo’llash maqsadga muvofiq emas. Chunki bunday qoplamlarda dominantlar va edifikatorlar bir mavsum davomida tez-tez o’zgarib turishi mumkin.
Sobiq ittifoq davlatlarida uzoq vaqtlardan beri dominantlar (fizionomik) yoki floristik metoddan keng foydalanib kelingan. Hozir bir qator tadqiqotlarda ushbu metod bo’yicha tasniflash ishlari olib boriladi. Jumladan O’zbekistonda bu metodning ttarafdorlari va qo’llovchilari ko’pchilikni tashkil qiladi.
Dostları ilə paylaş: |