18-ma’ruza: Ekologo-floristik klassifikatsiyalash (Braun-Blanke sistemasi)
Reja
1. O’simliklar qoplamini klassifikatsiyalashdagi qarashlar
2. Ekologo-floristik klassifikatsiyalash
Tayanch so’z va iboralar: o’simliklar qoplami, klassifikatsiya, dominantlik, ekologo-floristik, Braun-Blanke, Mirkin, sintaksonomiya, ilmiy maktablar, Garbiy Evropa, Rossiya, assosiatsiya, formatsiya, tip, fatsiya, ittifoq, tartib, sinf, diagnostik, xarakterli, differensial, constant turlar
1. O’simliklar qoplamini klassifikatsiyalashdagi qarashlar
O’simliklar qoplamini klassifikatsiyalash masalalariga ko’plab evropalik va rus olimlari e’tibor qaratganlar. O’simliklar qoplamini klassifikatsiyalashda bir qancha yo’nalishlar mavjud. Klassifikatsiyani asosini tashkil qiluvchi prinsiplarga asosan, hozirda geobotanikada ularni asosan shartli ravishda bir necha guruxga ajratiladi va o’sha yo’nalishlarda tadqiqotlar olib boriladi. Rus olimi A.A.Nitsenkoning (1959) ta’kidlashicha, bu qarashlarga quyidagilar kiradi:
1. Morfologo-floristik
2. Floristik
3. Genetik
4. Ekologo-floristik
5. Ekologik
6. Ekologo-fiziologik
7. Ho’jalik
Ushbu qarashlar va yo’nalishlarning barchasi ham muvaffqiyatli qo’llanilib kelinadi deb bo’lmaydi. Ularning orasida sobiq ittifoq davlatlarida eng ko’p qo’llanib kelinadigan metod bu floristik metod hisoblansa, garbiy Yevropa davlatlarida ekologo floristik metod ko’proq qo’llaniladi. Turning sodiqligi tushunchasi jamoalarni aniqlashda juda muxim. Turning sodiqligi bu muayyan jamoaga bog’liqlik darajasi ko’rsatkichi hisoblanadi. Bu belgi ilk bor Braun-Blanke tomonidan taklif qilingan va hozirda o’simliklar qoplamini tasniflashda keng qo’llanilib keladi. Braun-Blanke turlar sodiqligining 3 ta daraja va 5 ta ballini taklif qilgan.
Xarakterli turlar
Yo’ldosh turlar
Tasodifiy turlar
Dostları ilə paylaş: |