Reja
1.Fenologiya haqida tushuncha
2. O’simlik jamoasining fasliy o’zgarishlari
3. Flyuktuatsiayalar
Tayanch so’z va iboralar: fenologiya, fenofaza, mavsumiy o’zgarishlar, flyuktuatsiyalar, fitoparazitar, zoogenetik, ekotopik, antropogen
1.O’simliklarning morfologiyasidagi mavsumga xos o’zgarishlarni o’rganuvchi fan fenologiya deb yuritiladi. Fenologiya bo’yicha ilk ma’lumotlar Rossiya podshoxi Pyotr I bilan bog’liq. U bepoyon Rossiya xududining qaysi qismlarida bahorning ertaroq kelishini bilish maqsadida Menshikov degan olimni ilmiy ekspeditsiyaga yuboradi va u qayerda o’simliklarning ertaroq rivojlanishini va uyg’onishini o’rganadi.
Jamoadagi har bir tur ma’lum vaqtda gullaydi, ikkinchisi esa ayni shu vaqtda meva va urug’ hosil qilgan bo’ladi. Natijada bir vaqtning o’zida o’simlik turlarining fenologik fazalari almashinadi. Aspekti navbatlashib o’zgaradi. Aspekt nima? Aspekt shu fitotsenozni tashkil etishda qatnashib ko’p uchraydigan, ko’proq ko’zga tashlanadigan turlarning yig’indisidir.
Gulli o’simliklarning turi bir vegetatsiya davrida bir qancha fazalarni boshidan kechiradi.
1. Ko’karib chiqishdan to g’unchalashgacha 2. Gullash 3. Meva hosil qilish 4. Qurish 5. Qishki tinim davri.
O’simlik fazalarini V. V. Alyoxin taklif etgan sistema-tizim bo’yicha belgilash maqsadga muvofiq.
Dostları ilə paylaş: |