Regressiv tipdagi populyasiya generativ ko`payish xususiyatini yo`qotgan populyasiyadir. Ular odatda gullamaydi yoki gullasa ham urug’lari unuvchanlik xususiyatini yo`qotgan bo`ladi. Bu holat populyasiyani Fitosenozdan chiqib ketayotganligidan dalolat beradi.
Normal tipdagi populyasiyada jamoada o`simlik taraqqiyot davrining barcha bosqichlarini to`liq o`tkazadi. Unda spora yoki urug’laridan tortib to voyagayetgan o`simliklarni uchratish mumkin. Senotik jihatdan olganda ular o`simliklar jamoasining asosiy populyasiyasi hisoblanadi. Fitosenozni xarakterlash vaqtida undagi o`simlik senopopulyatsiyalarining umumiy holati ham hisobga olinadi.
Turlarning hayotiy holati quyidagi shkala bo`yicha ifodalanadi:
3-to`liq hayotiy holatda sharoit qulay bo`lib o`simlik o`sish, rivojlanish va taraqqiyotini to`liq o`tkazadi, ya’ni gullaydi va meva hosil qiladi.
2-o`rtacha hayotiy holatda o`simlikning generativ organlarining rivojlanishi uchun sharoityetarli bo`lmaydi, u faqat vegetativ fazada qoladi, gul va mevalar hosil qilmaydi.
susaygan hayotiy holatda o`simlik zararlanganligi va kuchsiz o`sishi kuzatiladi.