2. Asosiy sintaksonlar haqida tushuncha
Sintaksonomiya – muayyan bir aniq xududdagi barcha xilma-xil o’simliklar jamoalarini bir-biriga bo’ysinuvhi ierarxik klassifikatsion mezonlarga asosan taqsimlanish jarayonidir. Unga ko’ra muayyan xududdagi barcha o’simliklar jamoalari tur tarkibi, morfologik va floristik jihatdan tartibga solinadi. Bunda jamoalarni tartibga solishda jamoalarni ifodalovchi sintaksonlardan foydalaniladi. Geobotanikada jamoalarni belgilovchi eng kichik strukturaviy birlik sifatida – assosiatsiyalar qabul qilingan
Assosiatsiya – bir xil yashash joyida o’xshash sharoitga, dominant o’simliklarning oxhshash tashqi qiyofasiga (hayotiy shakl) ega, muayyan floristik tarkibga ega bo’lgan o’simliklar jamoasi hisoblanadi. Avval ta’kidlanganidek, assosiatsiya eng asosiy strukturaviy birlik hisoblanib, katta sintaksonlar aynan uning xususiyatlari, tuzilishi va tarkibiga qarab aniqlanadi. O’simliklar jamoalarini klassifikatsiyalash muxim nazariy va amaliy ahamiyatga ega. Assosiatsiyalar tarkibida barcha yaruslarda o’xshash dominantlar uchraydi, oxshash tarkibga ega bo’ladi. O’xshash assosiatsiyalar assosiatsiyalar guruxini tashkil qiladi. Ular esa o’z navbatida formatsiyalarni, formatsiyalar guruxini, formatsiyalar sinfini hamda eng yirik sintakson o’simliklar tipini shakllantiradi. Demak, o’simliklar qoplamini klassifikatsiyalash ma’lum sintaksonlarni qo’llash orqali amalga oshiriladi.
O’simliklar qoplamini turli metodlar yordamida taniflash amalga oshiriladi. Ular orasida eng ko’p qo’llaniladigan metodlarda sintaksonlar ham farqlanadi. Masalan, bir xil metodda asosiy sintakson sifatida assosiatsiya qabul qilingan bo’lsa, boshqasida asosiy sintakson deb formatsiya e’tirof etiladi.
Dostları ilə paylaş: |