Fitoterapiya shifobaxsh o‘simliklar bilan davolash usuli (grekcha «fiton»), o‘simliklarni davolash maqsadida ishlatish, «terapiya» davolash so‘zlaridan olingan



Yüklə 36,5 Kb.
tarix01.01.2022
ölçüsü36,5 Kb.
#50544
Fitoterapiya —-WPS Office


Fitoterapiya — shifobaxsh o‘simliklar bilan davolash usuli (grekcha «fiton»), o‘simliklarni davolash maqsadida ishlatish, «terapiya» — davolash so‘zlaridan olingan.

Insoniyat o‘simliklar olami bilan uzviy bog‘langan. Usimliklar olami insonni yediribichiradi, kiyintiradi, havoni poklab beradi, go‘zal manzaralar yaratadi. Usimliklarning serxosiyat tomonlarini sanab intihosiga yetish qiyin. Usimliklarning eng ajoyib xossalarndan biri — shifobaxshligidir. Insoniyat qadimkadim zamonlardan buyon o‘simliklarning shifobaxsh xususiyatlaridan bahramand bo‘lib kelgan. Ibtidoiy jamoa davrlarida odamlar o‘z dardlariga davo izlab, avvalo o‘simliklar olamiga hamda hayvonot mahsulotlariga intilar edilar. Dastlab inson uchun o‘simlik mevalari, ildiz, ildiz mevalari, shuningdek hayvon mahsulotlari oziqovqat vazifasini o‘tagan. Ilgari o‘simliklarning shifobaxshligi tasodifan topilgan bo‘lsa, keyinchalik ular hayotiy sinov va kuzatishlardan o‘tgach, xalq tabobatida qo‘llanila boshlagan.

Eramizdan II asr oldin «Tananing hamma bo‘limlariga ta’sir etuvchi moddalarni tayyorlash» degan asar yozilgan, unda qadimgi Ebers papirusida o‘sha davr o‘simliklarining shifobaxshligi to‘g‘risida ma’lumot berilgan. Qadimgi Misrda har xil o‘simliklardan tayyorlangan xushbo‘y moylar, balzamlar, aloy, bargizubning shifobaxsh ta’siri ma’lum bo‘lgan. Xitoyda jenshen hamda bug‘u shoxidan olinadigan pantlarga katta ahamiyat berilgan. Qadimgi budda tibbiyotining ajoyib rivoyatlarida shunday deyilgan: «Darmon izlagan tabib nigohi bilan olamga nazar solinsa, doridarmonlar olamida hayot kechirayotganimizni bilish mumkin». Olamda dori sifatida ishlatib bo‘lmaydigan bironta moddaning o‘zi yo‘q desa bo‘ladi. Mashhur yunon tabibi Buqrot (eramizdan oldingi 460—377 yillar) o‘zining «Qorpus Xippokratikum» asarida tib ilmiga, jumladan doridarmonlarga oid ko‘p ma’lumotlar keltirgan, uning asarlarida dorivor o‘simliklarning 236 tasi tasvirlanib, ularning xususiyatlari bayon etilgan.

Rimning eng mashhur tabibi va tabiiy fanlar bilimdoni Galen (Jolinus hakim, eramizning 130—200 yillarida yashagan) ajoyib falsafiy iborani aytgan: «Usimlik va hayvonot olamidan olingan har bir moddaning foydali tarafi bor — uni ishlatish lozim hamda zararli tarafi bor — uni olib tashlash lozim». Galen o‘z davrida o‘simliklar to‘g‘risida 2 ta kitob yozgan, bu kitob lotin, arab, fors va qadim Ovrupo tillariga tarjima qilingan.

Qadimgi hind tabibi Sushruta (IV asr) o‘zining olamshumul «Ayurveda» asarida 700 dan ortiq shifobaxsh o‘simliklarni keltirgan, ularning ko‘pchiligi hozirgi kunda ham hind tibbiyotida qo‘llanib kelinmoqda (LIV52, rumalayya tabletkalari «Ayurveda» yozuvi bilan chiqariladi). Uz davrining mashhur tabiblari Abu Ali ibn Sino, Abu Bakr Muhammad ibn Zakariya arRoziy, Arabmuhammad o‘g‘li Abdulg‘ozixon, Ismoil alJurjoniy va boshqalar bemorlarni davolashda dorivor o‘simliklardan keng ko‘lamda foydalanganlar.

Abu Ali ibn Sino 900 xil shifobaxsh o‘simliklardan dorilar tar^yorlab tabobatda qo‘llagan.

Abu Rayhon Beruniyning «Saydana» nomli qomusiy kitobida o‘sha davrda (XI asr) qo‘llaniladigan hamma shifobaxsh o‘simliklar fani — farmakognoziya tabobat ilmini egallashda eng birinchi bosqich hisoblangan. Keyingi yillarda Markaziy Osiyodagi o‘simliklarni o‘rganishga olimlardan S. YU. Yunusov, S. S. Sahobiddinov, H. X. Xolmatov, I. E. Akopov, I. Ibragimov, T. A. Abdurahmonov, YU. M. Mamadov va boshqalar dorilarni amaliyotga tatbiq qilish ishiga katta hissa qo‘shdilar.

Shifobaxsh o‘simliklarni tayyorlash, quritish va saqlash. Shifobaxsh o‘simliklar o‘z tarkibida inson organizmiga kiritilganda fiziologik ta’sir ko‘rsatadigan biologik faol (hayotiy zarur) moddalar saqlaydi. Bu biofaol moddalar o‘simliklarning turli a’zolarida turli miqdorda to‘planadi. Shuning uchun fitopreparatlar tayyorlashda o‘simlikning biofaol ko‘p to‘plangan qismi yig‘iladi. Usimlikning bu a’zolarini dorivor mahsulot xom ashyosi deyiladi. Usimlikning bu qismlari yilning ma’lum bir oylarida (fasllarida) yig‘iladi va zudlik bilan soyada quritiladi, chunki o‘simlik tarkibidagi biofaol moddalar namlik va isskqda qizib, turli fermentativ o‘zgarishlar natijasida tezda buziladi va shifobaxshlik xususiyatlarini yo‘qotadi.

Dorivor xom ashyo o‘simliklarning barglari, gullari, yer ustki qismi (ko‘kati), kurtagi, po‘stlogi, meva, urug‘lari va ildizlaridan iborat.

Usimliklarning guli, bargi, yer ustki qismi va kurtaklari soyada, shamol yurib turadigan ochiq joylarda kuritiladi; mevasi, urug‘i, po‘stlog‘i, ildizpoyasi va ildizi, tuganagi, piyozi ochiq joyda, oftobda quritiladi.

Uy sharoitida dori tayyorlash usullari. Usimlik xom ashyosidan uy sharoitida ko‘proq damlama va qaynatmalar tayyorlanadi. Bular Davlat Farmakopeyasida keltirilgan maxsus ko‘rsatmalar asosida tayyorlanadi (DF XI, 1987):

Odatda o‘simliklarning bargi, yer ustki qismi, guli barglaridan va ba’zi meva hamda urug‘laridan qaynatma 1:10 nisbatda, ya’ni 10 qism maydalangan xom ashyo 100 qism suv bilan damlanadi; ildizidan, meva va urug‘laridan, po‘stlog‘idan qaynatma ham yuqoridagi nisbatlarda sovuq va issiq usullarda tayyorlanadi.

Sovuq usulda tayyorlanganda maydalangan xom ashyo emallangan yoki farfor, shishadan yasalgan idishlarda sovuq suv quyish yo‘li bilan 6—8 soat davomida saqlangach dokadan o‘tkaziladi.

Issiq usulda esa xom ashyo qaynagan suvda 15—20 daqiqa davomida saqlangach dokadan o‘tkaziladi.

Damlamalar zaharsiz o‘simliklardan 1:10 yoki 1:20 nisbatda, kuchli ta’sir qiluvchi o‘simliklardan esa 1:40 nisbatda tayyorlanadi.

Damlamalar tayyorlash uchun xom ashyo 1—2 soatga sovuq suvga qo‘yib qo‘yilgach 20—30 daqiqa davomida past olovda qaynatiladi, vaqtivaqti bilan aralashtirilib turiladi.

Damlamalar ko‘proq 1:10 nisbatda, zaharli o‘simliklardan 1:400 yoki 1:500 nisbatda tayyorlanadi.

Damlamalar va qaynatmalar tez buzilganligi sababli iloji bo‘lsa, kuniga yoki 3 kunga yetadigan miqdorda tayyorlanadi.

Damlama va qaynatmalar o‘simliklar yig‘malari (choylar)dan tayyorlanadi, ba’zan ularga mineral moddalar ham qo‘shish mumkin.

DavOlash vannalari uchun 30—50 g xom ashyoni 1—2 litr suvda tayyorlanib, dokadan o‘tkazilgach 37—38°S vannaga qo‘shib, 10—15 daqiqa davomida yopiladi, davolash kursi 5 dan 10 tagacha.

Bolalar uchun oq qayin, xvoy, qoraqiz (ittikanak), eman po‘stlog‘idan tayyorlangan davolovchi vannalar ishlatiladi.

Tindirmalar o‘simliklardan 1:5, kuchli ta’sir qiluvchi o‘simliklardan esa 1:10 nisbatda 70% etil spirtida qorong‘i joyda saqlash yo‘li bilan tayyorlanadi,

Keyingi paytlarda o‘simliklar sharbatidan keng foydalanilmoqda, chunki sharbatlarda ta’sir qiluvchi modda kompleks ko‘rinishida bo‘ladi va mineral tuzlar, mikroelementlar bo‘ladi, shuning uchun sharbatlar ta’siri kimyo yo‘li bilan olingan dorilarga nisbatan faol hisoblanadi. Sharbatlar bolalarga 1 choy qoshiq dan 2 osh qoshiqqacha miqdorda beriladi. Sharbatlar aralashmasi ham keng qo‘llaniladi.

Bolalar amaliyotida dorivor o‘simlik malhamlar ko‘rinishida ham ishlatilishi mumkin. Malham tayyorlash uchun maydalangan o‘simlik xom ashyosi 1:4 lanolin, vazelin yoki cho‘chqaning ichki yog‘i, eritilgan mol yog‘ida tayyorlanadi.

Bolalar kasalliklari (pediatriya)da fitopreparatlarni ishlatishning asosiy qoidalari

1. Shifobaxsh o‘simliklarni bolalarga o‘simlikning shifobaxshligini hisobga olib individual tavsiya etiladi.

2. Shifobaxsh o‘simliklarni tavsiya etishda asosiy kasallikdan tashqari, yo‘ldosh kasallikni ham hisobga olish kerak.

3. Davolashni bitta yoki 2—3 ta o‘simlikdan tashkil topgan choylardan boshlab, keyinroq esa (ayniqsa surunkali kasalliklarda) yanada murakkabroq choylar tavsiya etish mumkin.

4. Choylarni yig‘ishda o‘simliklarning terapevtik ta’siriga asoslaniladi. Murakkab klinik holatlarda bitta o‘simlik emas, balki ularning o‘zaro ta’siri ta’minlanadi, chunki bir o‘simlik ta’sir qiluvchi moddasi boshqa o‘simlik ta’sir qiluvchi moddasining ajralib chiqishini kuchaytirishi mumkin.

5. Usimliklar bilan davolash davomiylikni talab qiladi, ya’ni uzoq vaqt kerak bo‘ladi.

6. Surunkali kasalliklarni davolashda kasallik avj olishining oldini olish maqsadida xam berib turish kerak (ayniqsa o‘gkir respirator va yuqumli kasalliklarda).

7. Fitoterapiya o‘tkazishda (allergik kasalliklar) allergologik anamnezga e’tibor berish lozim. Fitoterapiya samaradorligini va xavfsizligini nazorat qilish kerak.

8. Dorini ko‘tara olmaslik belgilari (ko‘ngil aynishi, qayt qilish, teri qichishi beltilari, ich ketish) paydo bo‘lganda o‘simliklar berishni to‘xtatish kerak.

9. Kuchli ta’sir qiluvchi va zaharli o‘simliklar tavsiya qilinmaydi.

Fitopreparatlarni (pediatriyada) miqdorlash. Bo

lalarga 1%, 3%, 5% li damlama va qaynatmalar ishlatiladi. fitopreparatlarni mikdorlash bola yoshiga, o‘simliklarning farmakologik faolligiga, kasallikning rivojlanish davriga va tabiatiga bog‘liq. Ko‘proq 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarga 1—3% li, katta yoshdagi bolalarga 3—5% li damlama va qaynatmalar tavsiya etiladi.

Kasallikning o‘tkir davrida ko‘proq miqdorda, kasallikning oldini olish maqsadida esa kamroq miqdorlarda tavsiya qilinadi. Dorining sutkalik miqdori 3—4 marta qabulga bo‘lib beriladi.

Damlama va qaynatma ko‘rinishida ko‘proq suyuqlik kiritish bolalar o‘tkir respirator, yoki siydik va oshqozonichak tizilmasi yuqumli kasalliklarida tavsiya qilinadi.

Yurakqon tomirlari kasalliklarida va glomerulonefritda suyuqlik miqdori chegaralanadi.

Dorilarni bolalarga miqdorlashda quyidagi sxemadan foydalanish mumkin.

Kattalarga to‘liq miqdor, 7—14 yoshdagi bolalyrga kattalar miqdorining 1/2 qismi, 4—7 yoshli bolalarga—1/3 qism, 3:—4 yoshli bolalarga — 1/6—1/4 kism, 2 yoshli bolalarga — 1/4—1/10 qism, 1 yoshli bolalarga esa kattalar miqdorining 1/18 qismi tavsiya qilinadi.

Qaynatmalar uchun xom ashyoning sutkalik miqdori ko‘proq 6—10 g ni tashkil qiladi.

Magistral yo‘l bilan tayyorlangan damlama va qaynatmalarning xom ashyo sutkalik miqdori bolalar uchun quyidagilarni tashkil qiladi: 1 yoshgacha — 1/2—1 choy qoshiq; 1—3 yoshli bolalarga— 1 choy qoshiqdan, 3—6 yoshli bolalarga 1 desert qoshiqdan, 6—10 yoshli bolalarga 1 osh qoshiqdan, 10 yoshdan oshgan bolalarga va kattalarga 1—2 osh qoshiqdan xom ashyo olinadi. Qurigan xom ashyoni gullar, barglar, ko‘katlar uchun 1 osh qoshiq og‘irligi 4—5 g ga, ildiz, po‘stloq, mevalarniki esa 6—8 g ga to‘g‘ri keladi.

Usimlik tindirmalari bolalarning yoshi qancha bo‘lsa, o‘shancha tomchidan, 10 yoshdan katta bo‘lgan bolalarga 10—20 tomchi tavsiya etiladi.



Fitoterapiyaning afzalliklari. Qeyingi yillarda kimyo fanining rivojlanishi, sintez yo‘li bilan yangi kimyoviy birikmalar hamda o‘ta kuchli kimyoterapevtik moddalar olinishi tufayli o‘simliklarns qo‘llash ikkinchi darajali bo‘lib qoldi. Tabobatda o‘ta faol kimyoviy moddalar ko‘plab qo‘llanishi oqibatida «dori kasalligi» paydo bo‘ldi, bunday bemorlar soni kundankunga ortib bormoqda. Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti keltirgan raqamlarga ko‘ra, kasalxonadagi bemorlarning 2,5—5% ini dori moddalarning nojo‘ya ta’siridan azob chekkanlar tashkil etadi. Shuning uchun hozirgi kunda shifobaxsh o‘simliklar bilan davolashga katta ehtiyoj tug‘ilgan, bu borada izlanishlar olib borish shu kunning dolzarb muammolaridan biri bo‘lib qoldi. Dorivor o‘simliklar bilan davolash — fitote.rapiyaning afzalligi quyidagilardan iborat.
Yüklə 36,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin