Fizik adreslarni ip adresda aks ettirish. Reja



Yüklə 1,29 Mb.
səhifə4/5
tarix12.10.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#64953
1   2   3   4   5
6-Maruza. Fizik adreslarni IP adresda aks ettirish

Teredo. IPv4 Internet orqali bir adresli uzatishda oxirgi nuqtalar o‘rtasida IPv4 protokolning NAT translyatsiyasi foydalanilganida ishlatiladi.

  1. IP-adreslar kategoriyalari




    1. Maxsus IP-adreslar

IP protokolida IP-adreslarni maxsus talqin qilish bo‘yicha bir necha shartnomalar mavjud:

  • Agar IP-adres faqat ikkilik nollaridan iborat bo‘lsa, u ushbu paketni generatsiyalagan tugun adresini bildiradi, bu rejim ba’zi ICMP xabarlarida ishlatiladi;

  • agar tarmoqning nomer maydonida faqat nollar bo‘lsa, qabul qilish tuguni va paketni uzatgan tugun bir tarmoqqa tegishli deb hisoblanadi;

  • agar IP-adresning barcha ikkilik razryadlari 1 ga teng bo‘lsa, bunday adresli paket ushbu paketning manbai joylashgan tarmoqning barcha tugunlariga uzatilishi kerak. Bunday uzatish chegaralangan keng eshittirishli xabar deb ataladi (limited broadcast);

  • Agar qabul qilish tugunining nomer maydonida faqat 1 lar turgan bo‘lsa, bunday adresli paket tarmoqning berilgan nomeri bilan tarmoqning barcha tugunlariga uzatiladi. Masalan, 255.255.255.0 maskali 192.190.21.0 tarmoqda 192.190.21.255 adresli paket ushbu tarmoqning barcha tugunlariga uzatiladi. Bunday uzatish keng eshittirishli xabar deyiladi (broadcast).




    1. Dinamik IP-adreslar

Agar IP-adres qurilma tarmoqqa ulanishi bilan avtomatik tarzda belgilansa va chegaralangan vaqt mobaynida, odatda, ulanish seansi tugallanguncha ishlatilsa, bunday IP-adres dinamik deb nomlanadi (1.5-rasm).

1.5-rasm. Ichki interfeys bilan ta’minlangan ofis tarmog‘ining Internetga chiqish namunasi.
MAC-adres
MAC-adres (Media Access Control - muhitga kirishni boshqarish) - barcha aktiv qurilmalarga yoki ularning Ethernet kompyuter tarmoqlaridagi ba’zi interfeyslariga beriladigan unikal identifikator.
Ethernet standartini loyihalashda barcha tarmoq kartalari ishlab chiqarish mobaynida o‘rnatilgan unikal 6 baytli nomer (MAC-adres) ga ega bo‘lishi kerakligi ko‘zda tutilgan. Ushbu nomer freymni uzatuvchi/qabul qiluvchini identifikatsiya qilish uchun foydalaniladi va tarmoqqa yangi kompyuter (yoki tarmoqda ishlaydigan boshqa qurilma) ulanganida tarmoq administratorining MAC-adresni sozlash zaruriyatini bartaraf qilishni nazarda tutadi.
MAC-adreslaming unikalligi har bir ishlab chiqaruvchining IEEE Registration Authority koordinatsiya qo‘mitasidan 16 million (224) adreslardan diapazon olishi bilan ta’minlanadi va belgilangan adreslarning tugashi bilan yangi diapazon beriladi. Shuning uchun MAC-adresning katta baytlari bo‘yicha ishlab chiqaruvchini aniqlash mumkin. Ishlab chiqaruvchini MAC-adres bo‘yicha aniqlash imkonini beruvchi jadvallar mavjud; xususan, ular arpalert kabi dasturlarga kiritilgan.



Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin