Mexanikada saqlanish qonunlari mavzusining mazmunini tahlili
Fizik bilimlar sistemasida ―Mexanikada saqlanish qonunlari mavzusi o’z ahamiyatiga ko’ra alohida o’rin tutadi. Bunga fizikaning butun kursi uchun umumiy bo’lgan ”impuls”, ”ish”, ”energiya” kabi tushunchalar o’rganiladi. Shu mavzuning mohiyatida o’quvchilarning ilm olishlari va dunyoqarashlarini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega bo’lgan, fizika qonunlarining maxsus ko’rinishi hisoblangan saqlanish qonunlari bilan tanishadilar. Ushbu mavzuni o’rganishning asosiy ilmiylik darajasi shundan iboratki, saqlanish qonunlariga tayangan holda o’quvchilar saqlanish xususiyatlarini yorqin ko’rsatadigan ayrim kattaliklarning mohiyatini tushunishlari lozim bo’ladi.
O’rta umumiy ta‘limda (VII sinf) mexanika kursida impuls va energiyaning saqlanish qonunlarini o’rganiladi. Bulardan birinchisi vektor kattalikdir. U yopiq sistemada jismlar o’zaro ta‘sirlashganda ularning har biri impulsi o’zgarganda ham, sistemaning umumiy impuls vektori o’zgarmaydi, degan xulosaga kelish mumkin. O’zgarmas saqlanadigan kattaliklariga jism impulsidan tashqari skalyar kattalik-energiya ham tegishlidir. Albatta bu mavzular haqida o’quvchida to’g’ri tasavvurni shakllantirish nafaqat mexanika kursi uchun balki, fizikaning barcha kurslarini o’rganishda poydevor bo’lib xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: |