Molekulyar fizikadan masalalar yechish namunalari (2)
14. Zichliklari va o‘rtacha kvadratik tezliklari bir xil bo‘lgan kislorod va vodorod gazi bosimlarining nisbatini aniqlang.
A) 16 B) 1 C) 1/16 D) 1/32
15. Ideal gaz molekulalarining konsentratsi- yasi 4 marta ortib, o‘rtacha kvadratik tezligi 4 marta kamaysa, gaz bosimi necha marta o‘zgaradi?
A) 2 marta kamayadi B) 2 marta ortadi
C) 4 marta kamayadi D) 4 marta ortadi
16. Ideal gazning zichligi 3 kg/m3 va bosimi 360 kPa bo‘lsa, gaz molekulalarining o‘rtacha kvadratik tezligi qancha bo‘ladi (m/s)?
A) 100 B) 300 C) 600 D) 900
17. Berk idish ichidagi ideal gaz molekulalarining o‘rtacha kvadrat tezligi 30% ga ortsa, gaz bosimi qanday o‘zgarishini toping.
A) 25% ga ortadi B) 69% ga ortadi
C) 10% ga ortadi D) 20% ga ortadi
18. Agar gaz molekulalarining konsentratsi- yasi va o‘rtacha kvadratik tezligi 2 martadan oshsa, bosimi qanday o‘zgarishini toping.
A) o‘zgarmaydi B) 8 marta oshadi
C) 2 marta oshadi D)4 marta oshadi
19. Zichligi 1,5 kg/m3, bosimi esa 45 kPa bo‘lgan gaz molekulalarining o‘rtacha kvadratik tezligini hisoblab toping (m/s).
A) 300 B) 600 C) 3000 D) 1500
20. Zichligi 1 kg/m3, bosimi 270 kPa, bo‘lgan gaz molekulalarining o‘rtacha kvadratik tezligi aniqlansin (m/s).
A) 450 B) 900 C) 9 D) 5196
21. Agar zichligi =0,09 kg/m3 bo‘lgan gaz bosimi 1,2·105 Pa bo‘lsa, gaz molekulalarining o‘rtacha kvadratik tezligini hisoblab toping (m/s).
A) 1·103 B) 3·103 C) 200 D) 2103 22. Molekulalar konsentratsiyasi va o‘rtacha kvadratik tezliklari teng bo‘lgan neon va geliy gazlarining bosimlarini taqqoslang. MNe=20 g/mol, MHe=4 g/mol
A) neon bosimi 5 marta ko’p
B) geliyniki 2 marta kam
C) geliyniki 4 marta kam
D) neoniiki 3 marta ko‘p
23. Ideal gazning zichligi 3 kg/m3 va bosimi 10 kPa bo‘lsa, gaz molekulalarining o‘rtacha kvadratik tezligini toping (m/s).
A) 100 B) 300 C) 600 D) 30