70. Agar ballondagi gazning bir qismi ishlatilganda bosimi 75% ga kamaygan bo‘lsa, uning massasi necha marta kamaygan? T=const.
A) 1,4 B) 1,33 C) 4 D) 2
71. Ideal gaz absolyut temperaturasining 3 marta ko‘tarilishi bosimning 2 marta ortishiga olib kelgan bo‘lsa, hajm birligidagi molekulalar soni qancha marta o‘zgargan?
A) o‘zgarmagan B) 2 marta kamaygan
C) 2 marta oshgan D) 1,5 marta kamaygan
72. Maxsus idishda 4,8 atm. bosim ostida gaz bor. Agar idishdagi gazning 3/8 qismi chiqarib yuborilsa, unda qanday bosim (atm) qaror topadi? Harorat o‘zgarmas.
A) 3 B) 1,8 C) 2 D) 3,8
73. Ballondagi gazning bir qismi chiqib ketishi natijasida bosim 2,1 marta, temperatura 1,4 marta pasaygan bo‘lsa, ballondagi gaz massasi necha marta kamaygan bo‘ladi?
A) 2,1 B) 1,4 C) 2,94 D) 1,5
Ideal gazning holat tenglamasi.