Fizika 8-sinf Kondensatorlar



Yüklə 98,78 Kb.
səhifə3/10
tarix16.12.2022
ölçüsü98,78 Kb.
#75494
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
8 sinf fizika. kondensatorlar

Mashg‘ulotning borishi
Asosiy atamalar va tushunchalar:
-kondensator;
- elektr sig‘im;
- elektr doimiysi;
- dielektrik singdiruvchalik.


I. Darsning tashkil etilishi:
a) sinfga kirishda o`quvchilar o`qituvchi tayyorlagan emblemalarini olib, o`z joylarini egallaydilar;
b) salomlashib, davomat aniqlanadi;
c) o`quvchilarning darsga hozirligi ko`rib chiqilib, guruhlarga bo`linadi:
I- guruh ,, Doira”
II-guruh ,,To’rtburchak”
III-guruh ,,Uchburchak”


II. Uy vazifasini so‘rash va baholash:
Test kompyuterga yozilgan bo‘lib, ekranga proyektor orqali proyeksiyalanadi. Bunda 2 ta variant ham ekranga sig‘ishi ta’minlanishi shart. ( Kompyuter, proyektor, ekran bo‘lmasa test qog‘ozda ham berilishi mumkin) Test uchun 5 minut vaqt berilib, vaqt tugagach qatorlar bir biri bilan variantlarini almashadi va o‘quvchilar bir birlarinngi testlarini tekshiradi. O‘quvchilar tekshirgan testlarini bir biriga uzatish orqali o‘qituvchiga yetkazishadi va o‘qituvchi test natijalarini o‘qib eshittiradi. ( Bunda vaqt qolsa videoglaz orqali o‘quvchilar testlarini ekranda namoyish qilib, analiz qilishi ham mumkin)


1 – variant.
1. Zaryadlangan jism atrofidagi maydonga ………….. maydon deyiladi?
A) elektr B) magnit C) elektrostatik D) gravitatsion
2. Qo‘zg‘almas zaryad maydoniga ……………. maydon deyiladi?
A) elektr B) magnit C) elektrostatik D) gravitatsion
3. Elektr maydon kuchlanganligi formulasini ko‘rsating?
A) E=F/qo B) E=mgh C) U=IR D) U=A/q
4. 1mN/C necha N/C ga teng?
A) 0,1 N/C B) 1000 N/C C) 0,001 N/C D) 1 N/C
5. 5 C zaryadga 0,5 N kuch ta’sir qilsa, maydon kuchlanganligi qanday?.
A) 0,1 N/C B) 5 N/C C) 0,001 N/C D) 10 N/C


II – variant.
1. Elektr maydon tushunchasini qaysi olim fanga kiritgan?.
A) Faradey B) Amper C) Gilbert D) Ersted
2. Musbat zaryaddan chiqqan kuch chiziqlari qayerda tugaydi?
A) manfiy zaryadda B) neytronda C) atomda D) protonda
3. Nuqtaviy zaryad maydoni kuchlanganligi formulasini ko‘rsating.
A) E=kq/r2 B) E=F/qo C) U=IR D) U=A/q
4. Elektr maydon kuchlanganligi birligini ko‘rsating?
A)1 N/C B)1N C) 1 W D)1C
5. 5 C zaryad kuchlanganligi 0,1 N/C bo‘lsa, unga qanday kuch ta’sir qiladi?
A) 0,5N B) 1N C) 0,1N D) 50N

Yüklə 98,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin