2-rasm. Fizika fanining noan’anaviy o‘qitish sxеmasi.
Biz taklif qilayotgan sxеmada «Kompyutеrda modеllashtirish» mashg‘uloti va “Virtual laboratoriya” ishlari bilan to‘ldirilsa, yuqorida kеltirilgan kamchiliklar bartaraf etiladi. Bu talabadan o‘rganilayotgan muammoning mohiyatini chuqur his qilishni va fizik jarayonning mohiyatini chuqur tushunishga yordam bеradi. Bunday mashg‘ulotlarni tashkillashtirish uchun ta’lim tizimida inqilobiy o‘zgarishga olib kеlgan Crocodile Clips Ltd tomonidan yaratilgan dasturiy ta’minotlardan foydalanishni tavsiya qilamiz.
Hozirgi vaqtda simulyatorlar o‘quv jarayoning qariyb barcha jabhalarida: boshlang‘ich ta’limdan boshlab oliy o‘quv yurtlarigacha qo‘llanilishi mumkin. Keyingi vaqtlarda xattoki meditsina sohasida ham simulyatorlardan foydalanilmoqda. Simulyatorlardan foydalanishning asosiy sabablaridan biri ularning real ob’ektlarga nisbatan juda ham arzon alternativ ekanligidadir.
Simulyatorlar esa shunday haqiqiy asbob-uskuna va jihozlarsiz virtual holatda biror bir fizik jarayonni modellashtirish hamda virtual laboratoriya ishlarini o‘tkazishga imkoniyat yaratadi. Bu o‘z-o‘zidan nafaqat katta miqdorda mablag‘lar tejalishiga, balki ularga umuman ehtiyoj ham tug‘dirmaydi. Simulyatorlarning qariyb hech qanday moliyaviy mablag‘lar talab etmasligi ma’lum tajribalarni namoyish etishda o’quvchilar tomonidan yuzlab, kerak bo‘lsa minglab marotaba qayta-qayta amalga oshirishga imkoniyat yaratadi.
Simulyatorlardan foydalanishning yana bir afzallik tomoni ularning xavfsiz ekanligidadir. Ba’zi tajribalarni amalga oshirish inson hayoti uchun xavf tug‘diradi, masalan, yadro fizikasiga oid bo‘lgan hodisalarni o‘rganish. Bunday tajribalar katta miqdorda moliyaviy xarajat talab etibgina qolmasdan, balki inson hayotiga xavf ham tug‘diradi.
Simulyatorlardan foydalanish jarayonida o’quvchilar nazariy o‘rgangan bilimlarini virtual bo‘lsada hayotga tadbiq qiladilar. Ushbu tajribalar jarayonida bilimlarini yanada mustahkamlash bilan bir qatorda nazariya hamda hayotiy tadbiqotlarning rivojlanishiga bevosita xissa qo‘shadilar. Bundan tashqari o‘sha simulyatorlarning ham yanada rivojlanishiga, yanada haqiqiy hayotiy tadqiqotlarga yaqin natijalar beradigan darajaga chiqarishda o‘z xissalarini qo‘shishlari mumkin. Bu esa o‘z navbatida o’quvchilarda Shaxs sifatida o‘z-o‘zini rivojlantirish kompetensiyasini o‘qish va tadqiqotlarga bo‘lgan qiziqishlarini yanada ortishiga olib keladi.
Tabiiy fanlar yo‘nalishida 2001 yildagi Nobel mukofotining laureati K. Viman tomonidan «Physics Education Technology» (PhET) sayti yaratilgan. PhET saytida har xil mavzularga oid modellar mavjud bo‘lib, ular Java va Macromedia flash dasturlarida yaratilgan.
PhET saytida taqdim etilayotgan modellar Open Sourse bo‘lib, xohlagan foydalanuvchi bepul foydalanishi mumkin. PhET dagi modellar soni 100 dan ortiq bo‘lib ular fizika, matematika, kimyo fanlariga oid namoyish tajribalarini o‘tkazish, virtual laboratoriya ishlarini
Dostları ilə paylaş: |